Hamzabonlik dilni-dilga band etar,
Oshno-begonani payvand etar.
Turli tilda so‘zlashuvchi millatlar o‘zaro do‘st boisalar, o‘rtada
vositachiga hojati yo‘q, deb biladi:
0 ‘rtada «1 nutqi biyron ne karak,
Tarjima qilmoqqa qodirdir gorak...1
Alloma rivoyatida Hudhud tilidan hasadni qoralaydi, zog‘
xususiyatiga ega boigan hasadgo‘ylar haq hukmiga mahkumdirlar,
deydi.
Jaloliddin Rumiyning
«Ichindagi ichindadir» asarida do‘stlik,
axloq-odob haqida bildirgan fikrlari g‘oyat muhimdir. Bu asariga kirgan
va «Bittasi», deb boshlanadigan hikoyatida do‘stlik va inoyatni
ulugiab, uning sodir boiishini misollarda bayon etadi, haqiqiy do‘st
bamisoli ko‘zgu boiishini uqtiradi: «Bittasi: «Biz nuqsonlimiz!» dedi.
Boshqasi esa, kishida qanday holdaman, nimalar qilyapman, deya o‘z-
o‘zini tergash tuyg‘usining uyg‘onishi do‘stlik va inoyat dalilidir.
Chunki «Sevgi bor joyda sitam ham bo‘ladi». Begonalarga emas,
do‘stlariga sitam qilinadi. Ammo sitamda ham sitam bor. Sitam undan
muxtasar boiganga, uning o‘zi uchun yaxshilik va sevgi ekanligini
bilganga qilinadi. Shu bilan birga, hech ta’sir qilmaydigan borki, bu
sevgi alomati emas. Masalan, gilamni changdan tozalamoq uchun
kaltaklashadi. Aqllilar bunga tanbeh berish demaslar. Ammo bir sevgan
kishisini yoxud bolasini ursalar, bunga sitam derlar. Shuning uchun
modomiki, sen o‘zingda bir dard yoki pushaymonlik his etarkansan,
bilgilki, bu senga Allohning inoyati va sevgisidan bir dalildir. Agar sen
og‘a-iningda bir qusur ko‘rsang, bu sendagi nuqsonning aksidan
iboratdir. Olam ham xuddi shunday oynadir.
«Mo ‘min mo ‘minning
oynasidir» (Hadisdan). Sen o‘sha qusumi o‘zingdan uzoqlashtir. Chunki
undan hosilboigan sendagi iztirob o‘zingdan.
Rumiy boshqa bir hikoyatida qanoatsizlik ko‘ngilsiz holatlar
keltirishini aytib, kishilami sabr-qanoatli boiishga chaqirib, mol-
dunyoda ham maium oichov borligini ko‘rsatadi.
U deydi: «... attor do‘koniga borishing bilan u yerda shakaming
juda ko‘p ekanini ko‘rasan. Biroq attor sening pulingga yarasha shakar
beradi... Xuddi shunday, odam borki, dengizlarga qonmaydi, odam
boiadiki, bir tomchi suv bilan kifoyalanadi, ortiqchasi unga zarar
keltiradi. Bu faqat ma’no olamida, ya’ni ilm va hikmatda emas, balki
hamma narsada shunday.
1 Jaloliddin Rumiy. Uchmoqqa qanot yo‘q vale uchgayman. - T., 1994,12-bet.
637
Dunyodagi mol-mulklar, oltinlar, qimmatbaho toshlar koniari
so‘ngsiz o‘lchovdadir. Biroq ular insonga bahosi miqdorida keladi.
Ortiqchasini esa ko‘tarolmay, aqldan ozadi».
Jaloliddin Rumiy odamlarga murojaat qilib, ulami bu dunyoda
hamjihat, hamkor bo‘lishga da’vat etadi: «Odamlar, - deydi shoir, - biz
bu dunyo uyida birga edik, deyishlari va bir-birlari bilan go‘zal bir
tarzda kelishib, bog‘lanishlari kerak... odamning yaxshi va yomonligini
bir. chetga qo‘yib, uning shaxsiyatiga, asliga e’tibor bermoq kerakki,
ko‘ramiz, ul zotning qanday o‘zligi va javhari bordir. Ko‘rmoq va
bilmoq mana shunaqa bo‘ladi».'
Demak, do‘st tanlashda inson shaxsiyatini, uning kimligini ko‘rish
va bilish — muhimdir.
Jaloliddin Rumiy aql haqida so‘z yuritar ekan, uni inson vujudida
bir amr deb biladi. Uning ta’kidlashicha, «Mabodo vujud raiyatlari unga
bo‘yinsunsa, barcha ishlar tekis ketadi. Agar aksincha esa, hammasi
izdan chiqadi. Sarxushlik kelishi bilan bu qo‘lu oyoqdan va vujudning
barcha a’zolaridan har xil noma’qullikni kutsa bo‘ladi.
Rumiyning fikricha, inson ana shunday holatga tushmasligi uchun,
vujud raiyatlari aqlga bosh egishlari zarur. «Chunonchi, tikuvchilik
do‘koniga ishga berilgan yosh bola ustaga itoat qilishi lozim. Modomiki
bolaning maqsadi ushbu kasbni o‘rganmoq ekan, demak, u o‘z
tasarrufidan voz kechib, ustaning amriga «labbay» deb javob berishi
shart. (Xuddi shunday biz ham) Ulug‘ Tangridan faqat Uning inoyati
asirlari hisoblangan yuz ming zahmat va riyozatdan ustunroq bo‘lgan
inoyat so‘raymiz».2
Rumiy o‘z pedagogik qarashlarida amal va ilm hamda ikkisiga ega
bo‘lgan insonning hayotda tutgan mavqeiga alohida e’tibor beradi, ilmni
hamma narsadan ustun qo‘yadi, odamlami ilmli bo‘lishga da’vat etadi.
«Amal hamda ilm mavjuddir, — deydi Rumiy. Ba 'zilaming amali
bor-u, ilmi yo ‘q. Ba 'zilarda esa, aksincha. Agar insonda ham amal, ham
ilm bo ‘Isa, u o ‘ta muvaffaqiyatli zotdir».3
Rumiyning inson ruhiyati, unga xos xususiyatlar haqidagi fikrlari
ham pedagogik-psixologik ahamiyatga ega. Alloma odamlami o‘z
umrlarini behuda o‘tkazmay, g‘ofillikni tashlab, insonlar uchun foydali
ish qilishga chorlaydi. Buni «Fasl» hikoyatida ko‘rish mumkin.
Hikoyatda «Insonda, -deydi Rumiy, - shu qadar ulkan ishq, hirs, orzu va
Do'stlaringiz bilan baham: