(«Ta 'limi alifbe yoxud rahbari maktab») darsligini yozadi. Bu kitobni
tuzish va tahrir etishda Sadriddin Ayniyning xizmati katta boigan.
Darslik ko‘p yillar davomida arab alifbosi bilan tojik, o‘zbek tilida
savod chiqarishda yaxshi va mazmunli darslik sifatida xizmat qildi.
«Alifbe ta ’limi» 46 betdan iborat boiib, 90 soat darsga
moijallangan. Tarbiyashimos olim M.Fattayev bu darslik haqida
shunday deb yozadi: «Alifbe» o‘zlashtirilishi oson boigan tovush va
harflar bilan boshlanadi, keyin murakkabroq materiallar beriladi.
«Alifbe» uch qismdan iborat. Dastlab harf elementlarini yozish
mashqlari, keyin harflaming turli ko‘rinishlari va nihoyat, taiim-
tarbiyaviy ahamiyatga ega boigan hikoya va she’rlar beriladi.
Kitob betlarida harflaming yolgiz yoziladigan va so‘zning boshida
yoziladigan shakllari o‘rgatiladi. Bulardan ayrim so‘z va kichik-kichik
gaplar tuziladi.
Har bir darsning boshida harflaming yolg‘iz yoziladigan va
so‘zning boshida yoziladigan shakli berilib, uning «a» harfi bilan
qo‘shilgan shakli ko‘rsatiladi.
Maiumki, arab alifbosida «v» harfi «v» tovushini va boshqa harflar
bilan qo‘shilganda «u» yoki «o‘« unli tovushlarini ifodalaydi. Bu yerda
muallif shu simi o‘quvchilarga tushuntiradi. «v» («vov») shakli o‘zbek
va tojik tillarida «u» hamda «o‘« tovushlarini bildirib, ulaming
577
birinchisi «vovi majhul» va ikkinchisi «vovi mamdud» (chosziq) deb
ataladi. Kitobda bu, pu, tu hamda o‘sh, sho‘r kabi misollami keltirish
asosida «z» harfining shu xususiyati o‘quvchilarga tanishtiriladi. «E»
harfi ham shu usul bilan tushuntirilib, uning I, I, E, E kabi tovushlami
bildirib kelishi bayon qilinadi.
Keyingi darslarda harflaming so‘z o‘rtasida, oxirida yozilishi
ko‘rsatiladi. Shu asosda arab alfavitining «sir»lari o‘quvchilarga ochila
boradi. Keyin arab alfavitida yozuvda ifodalanmaydigan «harakatlar»
va izofat haqida ma’lumot beriladi. Masalan, «bod tund», «mard dono»
yozilsa ham «bod tund», «mardi dono» deb o‘qiladi va shu kabilar.
Shundan so‘ng bir necha darsda alohida-alohida so‘zlar, qisqa-qisqa
gaplar keltirilib, bu harflaming turli kombinatsiyalari va ulaming
qoidalari beriladi. Har bir dars uchun ayrim kichik matnlar keltiriladi.
Jumladan, «ob» (suv) sarlavhali matndan 10-12 kichik gap orqali suv-
ning hayot uchun, qishloq xo‘jaligi va umuman obodonchilik uchun
ahamiyati tushuntiriladi:
«Suvni ichamiz va u bilan yuvinamiz. Tegirmonlami suv yurgizadi.
Sabzavotchilik va dehqonchilik suv orqali hosil qilinadi. Suv
obodonchilik vositasidir».
Shuningdek, bilim. va tarbiyaviy ahamiyatga ega boigan «Chor
fasl» («To ‘rt fasl») maqolasi ham shu usulda yozilgan.
«Biryil to ‘rtfasldan iborat — bahor, yoz, kuz, qish. Haryil o ‘n ikki
oydan iborat. Bir oy 30 kun yoki 4 haftadan iborat. Bir hafta yetti
kundir, bir kecha-kmduz 24 soat, bir soat 60 daqiqadan iborat. Har bir
daqiqani animat bilib o ‘qish va o ‘rganish kerak».
Shu asosda bolalar o‘qish jarayonida hayotiy zamr bilimlarga ega
boiadilar.
Maiumki, arab alifbosida har xil aytilib, har xil yoziladigan bir
qancha undosh harflar mavjud. Masalan, «z» tovushi aytilishi bir-biriga
juda yaqin boigan to‘rt xil shaklda (harf) yoziladi. 0 ‘zbek va tojik
tillarida asosan bu harflaming birinchisi qoilanilib, qolganlari esa faqat
ayrim arabcha so‘zlarda uchraydi. Shuningdek, «s» undoshi ham uch
shaklga ega.
Kitobning 32-betidagi 60-darsda arab yozuvining mazkur
xususiyatlari haqida maiumot beriladi, bu harflaming qanday so‘zlarda,
qachon ishlatilishi tushuntiriladi. Kitobning alifbe qismi shu bilan tugab,
terma asarlar qismi boshlanadi. Terma badiiy kitob sodda, tushunarli
tilda yozilgan kichik-kichik hikoyalar, matnlar va she’riy parchalardan
578
tashkil topgan. Bu hikoya va she’rlar taiim-tarbiyaviy xususiyatga ega.
Misol tariqasida bir-ikkitasini keltiramiz:
«Bekorchilik ishlarning eng yomonidir. Men bekorchilikdan
bezorman. Tirik bekorchidan - o ‘lik yaxshi. Dunyoda har bir jondor
biror xizmatga va har bir kishi ma ’lum vazifaga ega. Biz shogirdlarning
vazifasi o ‘qish va ilm o ‘rganishdan iborat. Maktabning har bir shogirdi
yaxshi xat-savodga ega bo‘lishi kerak. Hushyor va g ‘ayratli shogirdlar
hech vaqt bekor o ‘tirmaydilar».
Bundan tashqari, bir qancha hikmatlar, iboralar - hikoyachalar ham
keltirilgan:
Yalqovdeydi:
— Bugun o ‘ynayman, ertaga o ‘qiyman.
G ‘ayratli deydi:
— Ertaga o ‘ynayman,
bugun o ‘qiyman va shu kabilar.
Bu kitobda axloq, odob? tarbiya va dunyoqarashni tarkib toptirishga
xizmat qiluvchi materiallar bilan bir qatorda nafosat tarbiyasiga doir
ayrim maiumotlar (tabiat manzaralarining go6zalligi, yirik shaharlar
haqida maiumot va shu kabilar) ham beriladi.
qish kitobining 37-betidan boshlab bolalar uchun 10 tacha kichik-
kichik she’rlar beriladi. Ular ifodali, tushunarli sodda tilda yozilgan
boiib, katta axloqiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega:
Faridun ko ‘p yaxshi bola erdi, yig ‘lab otasiga shundayin derdi:
— Ey, otajon, meni maktabga bergin,
Sargardon ko ‘chada kezishdan tiygin.
Maktab liboslarim tezda tayyor et,
Kitoblar keltirgin, bo ‘Isin bari but.
Ber alifbe-yu, daftar, qalamni,
Jildimga solib, bag ‘rimga olayin.
Otasi dediki:
—
Ey, Faridunjon,
Hali yoshsan, quvvating kamroq,
Biryildan so ‘ng borsang bo ‘lur yaxshiroq.
—
Toqatim toq bo‘ldi, azizotajon,
Hamma dono bo ‘Isa-yu, men qolaymi nodon,
Otasi oxiri maktabga berdi,
Bundan Faridun shodlikka to ‘Idi.
Kitobdagi bunday hikoyalarda ham, she’riy asarlarda ham qish,
bilim olishga muhabbat, muallim, ota-onalar va umuman, o‘zidan
kattalarga hurmat, do6stlik, birodarlik, sadoqat, to6g6rilik kabi axloqiy
579
sifatlami tarbiyalash, o‘quvchilaming ma’naviy qiyofasi masalalari
yoritilgan»'.
Shunday qilib, Turkiston o‘lkasida yangi usuldagi maktab va
maorifning jonkuyari boigan Ismatulla Rahmatullayev o‘zining o‘qish-
o‘qitish va tarbiya uslubida boy xalq tarbiyashunosligiga tayangan holda
bolalarda insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik fazilatlarini
tarbiyalashga munosib hissa.qo‘shgan murabbiylardan biridir.
ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR
Komil - kamolotga erishgan.
So‘fiy — tasawuf yoiini tutmoq demakdir.
Padarkush-otasini oidiruvchi.
Dorulaytom - yetimlar o‘yini.
Ib rat - Ishaqxonning o‘ziga «Ibrat» taxallusini olishning boisi
shundaki, u ijodining dastlabki yillaridan boshlab ma’rifatparvar shoir,
olim sifatida
nom chiqardi va kishilami zamon ilmidan, ilg‘or
madaniyatdan, taiim-tarbiya tizimidan rnak olishga chaqirdi.
Jadid — arabcha so‘z boiib, «yangi», «jadidizm» esa «yangilik
tarafdorlari» degan ma’noni bildiradi.
Fitrat — Abduraufning adabiy taxallusi boiib, bu so‘z «tug‘ma
tabiat, tug‘ma iste 'dod» degan ma’noni anglatadi.
0 ‘Z -0 ‘ZINI TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Ahmad Donishning «Navodirul - vaqoe» asarida qanday ijtimoiy-
pedagogik g‘oyalar ifodalangan?
2. Zokirjon
Xolmuhammad
o‘g ii
Furqatning
pedagogik
qarashlarini tushuntirib bering?
3. Berdaqning qaysi asarlarida ma’rifatparvarlik g‘oyalari ilgari
surilgan?
4. Muhammad Rahimxon Feruzning ma’rifiy-axloqiy qarashlarini
tushuntirib bering?
5. Komil Xorazmiy va Muhammad Rasul Mirzoning ma’rifiy-
axloqiy qarashlarini tushuntirib bering?
6. Ilyos Mulla Muhammad o‘g‘li So‘fiy va Ahmadjon Tabibiyning
ma’rifiy-didaktik qarashlarini tushuntirib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |