Karam xalqni qilg‘usi nek nom,
Karam hosil etgusi maqsud kom.
Tabibiy ma’rifiy-didaktik fikrining mantiqiy xulosasi sifatida,
Sa’diyning «Hotami Toyi» hikoyatini keltirib, shunday deydi:
Tabibiy, senga himmat gar boisa yor,
Boiur Hotam oldingda xizmatguzor.
«Yetti ravza»ning ikkinchi bobi asosan ilm-ma’rifat va didaktikaga
bagishlanadi. Bu haqda shoir shunday deb yozadi:
Tabibiy, mudom ayla tahsili Om,
Na tahsil bil, ayla takmili ilm,
Nasib o ig ‘usi toki izzat sanga,
Ikki olam ichra saodat sanga.
Tabibiy o‘zining ma’rifiy-didaktik qarashlarida ilm o‘rganishni
tashviq qilish bilan birga, ularda yaxshi fazilatlami tarkib toptirishda
ota-onaning oiladagi tarbiyaviy roliga va burchiga, muallimning
faoliyatiga alohida e’tibor beradi. Shu munosabat bilan shoir bolani
qanday tarbiyalash kerakligi, ulaming ilm va kasb-hunar egallashlarida
ustodning mehribon, qattiqqo‘1 va saxovatli boiishi lozimligini alohida
ta’kidlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |