Toshkent moliyainstituti n. Atayeva, F. Rasulova, M. Salayeva, S. Hasanov



Download 20,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/679
Sana31.12.2021
Hajmi20,47 Mb.
#271115
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   679
Bog'liq
umumiy pedagogika

Yana u  fikrini  davom ettirib: 

«Solih amallar qilmagan 

kishi  urug‘siz  ekuvchiga  o ‘xshaydi,  chunki  (vaqtida)  ekin  ekkanlarning 

omborlari to ‘labo ‘lur,  ekmaganniki bo ‘sh bo ‘lur»

, -  deydi.

Uning  odamlarga  qo6ygan  talabi  ko6p  so6zlamaslikdir.  Zero, 

mahmadonagarchilik  o 6zgalarga  yoqmaydi: 

«Ko‘p   so ‘z  va  takabburlik 

kechirilmas

,  -   deb  ta’kidlaydi  az-Zamaxshariy,  -  ya’ni 

ko‘p  so ‘zlashuv 

sababli eshituvchi ranjir,  oni hech kim  avf qilmas»

.  Shuning  uchun  har 

bir  odam  boshqalar  oldida  o 6zini  tuta  bilishi,  ular  oldida  teran  fikr-

299


mulohaza  yuritib,  ko‘p  gapirishdan  o‘zini  tiya  bilishi  zarur:  «Agar 

tilingni  saqlay  olmasang  tizginingni  uchini  shaytonga  topshirgan 

blursan.  Tilingni  saqla,  ortiq  so ‘zlama»,  deydi  mutafakkir.  Ko‘p 

gapirishlik,  safsatabozlik  inson qadrini  yerga uradi,  noxush  oqibatlarga 

olib  keladi.  Mutafakkiming  pand-nasihat  qilishicha,  tan  jarohatini 

tuzatsa bo‘ladi, lekin til jarohatini tuzatib boimaydi.

Az-Zamaxshariy to‘g‘rilik  va  poklikni  ulugiaydi,  ulami  insonning 

eng yaxshi fazilatlari sirasiga kiritadi. U Muhammad alayhissalomni eng 

to‘g‘ri  va  pok  inson  deb,  kishilami  unga  imon  keltirishga  undaydi. 

Halollik  va  poklik  inson  xulqini  bezaydi,  uni  kamolot  sari  yetaklaydi. 



«Halol,  pokiza  kishi,  —  deydi  olim,  —  doimo  xotirjamu  tinchlikdadir, 

birovga  xiyonatu yomonlik  qiladigan  kishi  esa  halokatga  giriftordir». 

Uning  uqtirishicha,  to‘g‘ri  va  pok  yoidan  bomvchi  hech  nimadan 

qo‘rqmaydi,  haybat bilan  yuradi.  Rostgo‘y  kishi  doimo  va’dasiga vafo 

qiladi.  Yolg‘onchilik,  firibgarlik  esa  insonning  eng  yomon  illatidir. 



«Aldamchilik  va  hiylakorlik  bilan,  — deydi  az-Zamaxshariy,  —  bursaq 

degan  yirtqich  hayvondan  ham  ko 'ra  ba ’zi  Bani  odamlar  kproq 

aldamchiroqdir».  O ‘zaro  muomala  munosabatining  asoslaridan  biri 

rostgo‘ylikdir.  Olim  rostgo‘ylikni  insonning  eng  yaxshi  fazilatlaridan 

biri,  deb tushunadi.  Agar kishi rostgo‘y boisa,  hayotda ko‘p narsalarga 

erishishi, xato va zalolatlardan qutula olishi mumkin. Yuqorida ta’kidlab 

o‘tganimizdek, az-Zamaxshariy zamonasidan, podshohlaming adolatsiz- 

ligidan  zorlanib,  ko‘pchilik  fisqu-fasod,  yolg‘onchilik,  chaqimchilik va 

bo‘hton bilan mashg‘ul ekanligini alam-iztirob bilan yozadi. Mutafakkir 

ilm  va  kasb-hunar  egallash,  go‘zal  insoniy  fazilatlar  va  yuksak  xulq- 

odobli,  barkamol  insonni  tarbiyalash  to‘g‘risidagi  g‘oya  bilan  bir 

qatorda  jamiyatdagi  salbiy  illatlami  va  adolatsizliklami  qoralovchi 

fikrlami  ham  ilgari  suradi.  Olimning  fikricha,  odamning  botini-yu 

zohiri, dili-yu tili bir boiishi kerak, shundagina u saxiy va salim boiadi. 



«Odamlar  ichidagi  eng  yaramasi  xasisidir,  ulaming  ichidagi  eng 

yalqovi  pastkashidir»,  -  deydi  mutafakkir.  Ayniqsa,  az-Zamaxshariy 

nopok,  gerdaygan,  bilimsiz,  takabbur  odamlami  tanqid  ostiga  oladi. 



«Takabburlik hech bir kimsaning qadr-qimmati va uluvorligini ziyoda 

qilmaydi,  u bor yi dovul ichidagi shamoldan boshqa narsa emas», - 

deb  az-Zamaxshariy  kibr  sohiblarini  haqiqiy  insonlarga  loyiq  ishlami 

bajo keltirishga da’vat etadi.

Az-Zamaxshariy  odamlardagi  tuban  va  jamiyatga  xilof  odatlami 

fosh  qilar  ekan,  ulami  boylik  va  mol-mulkka  hirs  qo‘ymasdan  eng 

yaxshi savob va solih ishlami qilishga undaydi: «Ezgulik, xayrli ishlarga



300


astoyd.il kirish,  ulami paysalga solih, keyin qilarman,  deb ylardan voz 

keeh,  shayton  yldan  uradigan  shoshma-shosharlik  bilan  emas, 

tafakkur va idrok bilan ish tut».

Xullas, az-Zamaxshariyning ma’rifiy-axloqiy qarashlari tahlili shuni 

ko‘rsatadiki,  u o‘z davrining  insonparvar mutafakkiri bo‘lgan,  ijtimoiy- 

siyosiy,  huquqiy,  ma’rifiy-axloqiy  ta’limotida jamiyat,  inson  shaxsi  va 

fazilatlarini,  inson  huquqlarini  yuksakka  ko‘targan,  milliy  va 

umuminsoniy  qadriyatlarga  katta  o‘rin  bergan.  Uning  adolatli jamiyat, 

yuksak  axloqiy  fazilatlar,  komil  inson,  ta’lim-tarbiya,  xulq-odob 

to‘g‘risidagi  ibratomuz  so‘zlari,  pand-nasihatlari,  o‘gitlari,  mustaqil 

0 ‘zbekistonimizda  barkamol  va  har  tomonlama  yetuk  insonni 

tarbiyalashga yordam berishi shubhasizdir.

Movarounnahrda  fikh  ilmi  sohasida  katta  martabaga  ega  bo‘lgan 

buyuk  faqih  olim Abui  Hasan  Ali  ibn Abu  Bakr ibn  Abdul  Jalil  al- 

Farg‘oniy  ar-Rishtoniy  al-Marg‘inoniy  (1123-1197)  o‘zining  «A1- 

Hidoya» va boshqa asarlarida komil  insonni  tarbiyalash,  pokiza hayot 

kechirish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.

Al-Marg‘inoniy  o‘z  hayoti  davomida  «Nashr  ul-maz-hab» 



(«Mazhabning  tarqalishi»),  «Kitob  ut-tajnis  va-l-ma-zid»  («Fuqarolik 

huquqini  berish  va  ko'paytirish»),  «Kitob  ul-faroiz»  («Meros  taqsimi 

haqida  kitob»),  «Majma ’  un-navozil»  («Nozil  bo ‘Igan  narsalar 

majmuasi»),  «Manosik  ul-Haj»  («Haj  marosimlari»),  «Kitob  ul- 

mubtadiy»  («Boshlov-chilarga  ilk  kitob»),  «Kifoyat  ul-muntahiy» 

(«Tugallovchilarga  tugal  kitob»),  «Kitob  ul-Hidoya»  («Tori  yl 

ko ‘rsatuvchi kitob») kabi asarlami yozdi.1

Al-Marg‘inoniy  boshqa  fanlarga  qaraganda  fiqh  sohasida  ko‘proq 

shug‘ullandi  va  bu  borada  shayx  ul-islom  laqabini  olishga  muvaffaq 

bo‘ldi.  Fiqh  bu  islom  qonunshunosligi  va  huquqshunosligi  bo‘lib,  fiqh 

so‘zining  o‘zi  «chuqur  bilim»  ma’nosini,  fiqh  esa  shu  fan  bilan 

shug‘ullanuvchi  olim  ma’nosini  bildiradi.  Islom  shariatida  fiqh  ilmini 

o‘rganish  ulug‘  ishlardan  sanalgan.  Shuning  uchun  ham,  fiqh  olim 

Maqsudxo‘ja  ibn  Mansurxo‘ja:  «Ilmi  fiqhning  boshqa  ilmlardan 

afzalligiga  hadislar  ko‘pdir  va  uning  o‘zga  ilmlardan  behroq  va 

yaxshiroqligiga  dalillar  mashhurdir.  Ilmi  fiqhdan  ta’lim  olmoq 

Qur’onning  hammasini  o‘rganmoqdan  afzaldir,  chunonchi,  «Xulosa» 

kitobida mazkurdir», deb yozgan edi.2




Download 20,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   679




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish