Mijozning fe’l-atvori deganda uning yuridik shaxs, yoxud menejer sifatida o‘zini ko‘rsata olish, qarzni o‘z vaqtida qoplashdagi mas’uliyati, kreditni olishdan maqsad va uning bank kredit siyosatiga mosligini aniq bilishi kabilar tushuniladi. Yuridik shaxs sifatida o‘zini ko‘rsata olishi esa mijozning yuritayotgan faoliyatini mukammal bilishi, o‘z korxonasidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mazkur tarmoqning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga mos kelishi, ishbilarmonlar (ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, kreditorlar) doirasidagi bilimdonligi kabilar bilan belgilanadi. Menejer sifatida o‘zini ko‘rsata olishi mijozning quyidagi jihatlarida namoyon bo‘ladi:
o‘z kasbini mukammal bilishi (ma’lumoti, ish tajribasi);
axloqi;
shaxsiy va oilaviy moliyaviy holati;
bank bilan rahbarlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardagi o‘rni.
Mijozning qarz olish qobiliyati uning kredit olish bo‘yicha buyurtmaga va kredit shartnomasiga imzo qo‘yish huquqiga yoki vakolatiga ega ekanligi, o‘zaro kelishuv va bitimlarni tuzish yoshiga yet-ganligida namoyon bo‘ladi.
Mijoz kapitalini baholashda quyidagi ikkita mezonga e’tibor beriladi:
ustav fondining minimal darajasiga (aksionerlik kapitaliga) nisbatan qo‘yiladigan talabga mijoz kapitalining javob bera olishi, uning yetarliligi va moliyaviy leveraj koeffitsiyentlari darajalari;
kreditlanayotgan operatsiyaga o‘z kapitalini qo‘yish darajasi. Bu ko‘rsatkich bank bilan qarz oluvchi o‘rtasida riskning taqsimoti to‘g‘risida dalolat beradi.
O‘z kapital qanchalik ko‘p qo‘yilsa, shunchalik qarz oluvchini kredit riski omillarini sinchkovlik bilan kuzatishga majbur etadi.
Kreditning ta’minlanganligi deganda qarz oluvchi aktivining qiymati va qarzni uzish bo‘yicha aniq ikkilamchi manbalar (garov, kafolat, sug‘urta kabilar)ning kredit shartnomasida o‘z aksini topganini tushunamiz. Agar aktiv qiymati va qarz majburiyatlarining nisbati qarz oluvchi bankrot bo‘lganligi to‘g‘risida xabar qilgan holda bank ssudasini uzish uchun ahamiyatli bo‘lsa, aniq ikkilamchi manbalarning sifati esa moliyaviy tanglik holatida mijozning o‘z majburiyatlarini bajarish kafolatini ta’minlaydi. Garov sifati, kafolatning puxtaligi, sug‘urta ham bank mijozlari va pul oqimi kamayib ketganda, bank balansida likvidlik muammosi tug‘ilganda yoki kapitalning taqchilligi sezilgan hollarda o‘ta muhimdir.
Kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlarga mamlakatdagi va uning mintaqalaridagi, shuningdek, tarmoqdagi iqtisodiy holat va siyosiy omillar kiradi. Bu sharoitlar bankning tashqi riski darajasini belgilaydi. Aynan shularga asoslanib pul oqimi, balansning likvidligi, kapitalning yetarlilik darajasi, qarz oluvchining menejerlik mahorati kabilarga baho beriladi.
Nihoyat, mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi so‘nggi mezoni, ya’ni qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi bankirni quyidagi savollarga javob olishga undaydi:
qarz oluvchining kredit olishi va kredit tadbirlarini amalga oshirishi uchun huquqiy va me’yoriy asoslari mavjudmi?
qonunchilikda kutiladigan ehtimoliy o‘zgarishlar (masalan, soliqda) qarz oluvchining faoliyati natijalariga qanchalik ta’sir o‘tkazadi?
qarz oluvchining ssuda, kredit olishi bo‘yicha tuzgan biznes-rejasida, shartnomada ko‘rsatgan talabnomasi qanchalik darajada kredit siyosatiga mos keladi?
Qayd etilgan mezonlar mijozning kreditga layoqatliligi va uning mohiyatini baholash usullarini aniqlashga yordam beradi. Bunday usullar qatoriga quyidagilar kiradi:
riskni baholash;
menejmentni baholash;
moliyaviy koeffitsiyentlar asosida mijozning moliyaviy barqa-rorlik darajasini baholash;
pul oqimini tahlil qilish;
mijoz to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish;
mijozning ish faoliyatini kuzatish va h.k.
Garchi baholash usullari va mezonlar yagona tarzda qo‘llanilsa-da, yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda ularning kichik, o‘rta va yirik ekanliklariga alohida e’tibor beriladi. Shunga binoan u yoki bu usullarni kompleks holda qo‘llash zaruriyati tug‘iladi.
YURIDIK SHAXSLARNING KREDITGA LAYOQATLILIGINI BAHOLASH USULLARI.
Qarz oluvchining likvidligi deganda uning pul majburiyat-larini o‘z vaqtida bajara olish qobiliyati tushuniladi. Likvid mablag‘lar o‘zining pulga tez aylanishi darajasiga qarab uch guruhga bo‘linadi (44-jadval).
Balans qatorlariga asoslanib, quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash mumkin:
Pul mablag‘lari = 170+180+190
Tez sotiladigan talablar
|
=
|
200+220+230+240+250+260+270+280+290
|
Qisqa muddatli
majburiyatlar
|
=
|
420+430+440+450+460+470+480+490+500+
+510+530+(400+410 o‘zgartirishlar bilan)
|
Agar mijozning likvid aktivlari uning qisqa muddatli maj-buriyatlaridan 2 baravar va undan ortiq bo‘lsa, mijoz moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi (44-jadvalga qarang).
44-jadval.
Likvid mablag‘larning turlari
№
|
Likvid mablag‘larning turlari
|
Balans
qatori
|
I
|
Birinchi guruh likvid mablag‘lari:
|
|
| |
170
|
|
shu jumladan
|
|
|
a) hisob-kitob va valuta schyotidagi pul mablag‘lari
|
180
|
|
b) boshqa schyotlardagi va kassadagi pul mablag‘lari
|
190
|
II
|
Ikkinchi guruh likvid mablag‘lari, ya’ni pulga tez aylanadigan talablar:
|
|
|
a) muddati 3 oygacha bo‘lgan avans to‘lovlar
|
230
|
|
b) budjet bilan hisob-kitoblar
|
240
|
|
v) ishonchli debitorlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblar
|
200-220
|
|
g) korxonalar bilan qisqa muddatli xarakterga ega bo‘lgan boshqa operatsiyalar bo‘yicha xizmatchilar bilan hisoblashishlar
|
250-270
|
|
d) ta’sischilar hamda boshqa debitorlar bilan hisob-kitoblar
|
280-290
|
III
|
Uchinchi guruh likvid mablag‘lari, ya’ni tez sotiladigan tovar-moddiy qimmatliklarining zaxiralari bo‘yicha talablar:
|
|
|
a) ishlab chiqarish zaxiralari va kelgusi davr xarajatlari
|
120
|
|
b) tayyor mahsulot
|
140
|
|
v) tovarlar
|
150
|
|
g) boshqa zaxiralar
|
|
|
Qisqa muddatli majburiyatlarni aniqlashda:
|
|
|
a) o‘zgartirishlar kiritmasdan olinadigan ko‘rsatkichlar:
|
|
| |
420
|
| |
430
|
|
buyurtmachilardan tushgan avanslar
|
440
|
|
Kreditorlar:
|
|
|
mol yetkazib beruvchilar oldidagi qarzlar
|
450
|
| |
460
|
|
ish haqi bo‘yicha qarzlar
|
470
|
|
ijtimoiy sug‘urta va ta’minot bo‘yicha qarz
|
480
|
|
mulkiy va shaxsiy sug‘urtalash bo‘yicha qarz
|
490
|
|
budjetdan tashqari to‘lovlar bo‘yicha qarz
|
500
|
|
sho‘ba korxonalar bo‘yicha qarzlar
|
510
|
|
uyushma korxonalar bo‘yicha qarzlar
|
520
|
| |
530
|
|
b) o‘zgartirishlar kiritib olinadigan (yaqin uch oy muddatga) ko‘rsatkichlar:
|
|
| |
400
|
| |
410
|
Kql =
|
1 va 2 guruh likvid mablag‘lar
|
Qisqa muddatli qarz majburiyatlari
|
Mijoz balans va boshqa moliyaviy hujjatlarga asosan kreditga layoqatlilikning quyidagi ko‘rsatkichlarini hisoblash mumkin:
Likvidlik koeffitsiyenti qarz oluvchi o‘z mablag‘lari hisobidan qarzning qancha qismini to‘lay olish qobiliyatini ko‘rsatadi, ya’ni bu koeffitsiyentdan mijozning yaqin kelajakda tezkor ravishda bank qarzini to‘lab borish qobiliyatini prognoz qilish uchun foydalaniladi. Likvidlik koeffitsiyenti qancha yuqori bo‘lsa, kreditga layoqatlilik shuncha yuqori bo‘ladi.
Qoplash koeffitsiyenti (Kqp) barcha likvid mablag‘larining yig‘indisini qisqa muddatli qarz majburiyatlariga bo‘lish yordamida hisoblanadi:
Kqp
|
=
|
1, 2 va 3 guruh likvid mablag‘lar
| Qisqa muddatli qarz majburiyatlari |
Qoplash koeffitsiyenti mijozning qisqa muddatli majburiyatlarini to‘lash uchun barcha turdagi aylanma mablag‘larning yetarli darajasini aniqlashga imkon beradi.
[219]. Aylanma mablag‘larning aylanish koeffitsiyenti (KAMA) joriy aktivlarning aylanish tezligini aniqlash maqsadida hisoblanadi. U muayyan davr ichida aylanma mablag‘larning necha marta aylanganligini ifodalaydi:
Bu yerda:
RQM – realizatsiya qilingan mahsulot qiymati;
– aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldig‘i.
Bu koeffitsiyentni hisoblash aylanma mablag‘larning aylanishini prognoz qilish va kreditlash muddatini aniqlash imkonini beradi. Bu ko‘rsatkichning teskari qiymati korxona aylanma mablag‘larining bir marta aylanishiga necha kun ketganligini ifodalaydi (Kmk):
Aylanma mablag‘larning aylanishiga kunlar soni qanchalik kam bo‘lsa, shunchalik korxonaning foyda olishi, binobarin, kreditni bankka to‘lashi tez amalga oshadi.
[220]. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti (Kmb) mijozning o‘z mablag‘lari bilan moliyalashtirish manbalari tarkibida necha foiz tashkil qilishini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, bu ko‘rsatkich korxona faoliyatining qaysi bir qismi o‘z kapital hisobidan moliyalashtirilgan degan savolga javob beradi va quyidagicha hisoblanadi:
Bu yerda:
QK – korxonaning o‘z kapitali;
BS – balans summasi.
O‘z mablag‘lari manbalari va uning miqdori qanchalik katta bo‘lsa, mijozning qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lash qobiliyati shuncha yuqori bo‘ladi. Korxonani kreditlash uchun uning o‘z mablag‘lari manbalari bilan ta’minlanganligi 30 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
Agar korxonaning asosiy vositalari va aylanmadan tashqari aktivlari o‘z mablag‘lari manbalaridan yuqori bo‘lsa, u holda korxona balansi nolikvid ekanligini ko‘rsatadi. Nolikvid balansga ega bo‘lgan korxonalar bank kreditlaridan foydalanish huquqiga ega emasdirlar.
Korxonalarning kreditga layoqatliligini baholashda yuqorida qayd qilingan kreditga layoqatlilikni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni quyidagi davrlar bo‘yicha hisoblanishi, ya’ni hisob-kitob qilinishi lozim (45-jadval).
Hisoblangan ko‘rsatkichlar me’yoriy talablar bilan taqqoslanadi va korxonaning moliyaviy holatiga baho berilib kredit berish mezonlari belgilanadi. Kredit berish bo‘yicha mijozlar sinflarga ajratiladi (46-jadval).
Jadvalda keltirilgan mezonlar bo‘yicha birinchi sinfga kiruvchi mijozlar umumiy talablar asosida kreditlanishi mumkin. Lozim bo‘lganda ularga ishonch kreditlari (ta’minlanganlik talab qilmasdan) beriladi yoki boshqa yengilliklar berilishi mumkin.
45-jadval.
Korxonalarning kreditga layoqatliligini
baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
D a v r l a r
|
1 kv.
|
0,5 yil
|
9 oy
|
1 yil
|
1
|
Likvidlik koeffitsiyenti
|
|
|
|
|
2
|
Qoplash koeffitsiyenti
|
|
|
|
|
3
|
Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti
|
|
|
|
|
4
|
O‘z aylanma mablag‘larining dinamikasi
|
|
|
|
|
5
|
Samaradorlik (foydalilik) darajasi
|
|
|
|
|
6
|
To‘lanmagan qarzlar:
bank ssudalari bo‘yicha
hisob-kitoblar bo‘yicha
|
|
|
|
|
7
|
Aylanma mablag‘larining aylanishi:
aylanish koeffitsiyenti
kunlarda aylanishi
|
|
|
|
|
46-jadval.
Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlariga qarab mijozlarni sinflarga ajratish bo‘yicha talablar
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
I sinf
|
II sinf
|
III sinf
|
1.
|
Likvidlik koeffitsiyenti
(Kl) yoki1
|
Kl 1,5
Kl 2,0
|
1,5 > KL 1,0
2,0 > KL 1,25
|
1,0 > KL
1,25 > KL
|
2.
|
Qoplash koeffitsiyenti Kq
|
Kq 2,0
Kq 7,0
|
2,0 > Kq 1,0
7,0 > Kq 2,0
|
1,0 > Kq
2,0 > Kq
|
3.
|
Moliyaviy barqa-rorlik koeffitsiyenti Kmb
|
Kmb 60%
Kmb 60%
|
60% > Kmb 30%
60% > Kmb 5%
|
Kmb < 30%
Kmb < 25%
|
Agar mijoz 2-sinfga taalluqli bo‘lsa va uning boshqa qo‘shimcha ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lsa, unga umumiy asosda kredit berilishi, ba’zi yengilliklar qo‘llanilishi mumkin. Agar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kamchiliklar bo‘lsa, uning moliyaviy ahvoli nobarqaror deb topilishi va uni yaxshilash uchun choralar ko‘rishni talab qilish, kredit bo‘yicha garovni mustahkamlash, foiz stavkalarini oshirish, ssudaning summasini va muddatini cheklash choralarini ko‘rish mumkin.
III sinfga kiruvchi mijozlar aniq garov va yuqori foiz stavka asosida kredit oladi.
«A» korxonaning balansi bazis va joriy davrlarda quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi (47-jadval).
Hisob-kitoblar asosida quyidagi xulosalarni yasash mumkin:
Korxona balansi likvidligi ijobiy, chunki bazis davrda balans likvidligi 46 foiz bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy davrda 55 foizni tashkil qilgan, ya’ni shu davr ichida balans likvidligi 9 punktga oshdi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning likvid mablag‘lari qisqa muddatli majburiyatlaridan kamida ikki barobar ortiq bo‘lgan taqdirdagina uning moliyaviy ahvoli yaxshi deb hisoblanadi. Bu yuqori mezon chegarasidir. Bizning misolimizda bu nisbat bazis davrda 2,1 baravarni (1:2a, ya’ni, 109627:51107) joriy davrda esa 2,3 baravarni tashkil qilgan.
Xo‘jalik subyektlarining likvid mablag‘lari uning qisqa muddatli majburiyatlari hajmiga teng bo‘lgan hollarda (1 = 2a) gi ko‘rsatkich quyi chegara sifatida olinadi.
Likvidlik koeffitsiyenti joriy majburiyatlarning nafaqat naqd pulning o‘zi bilan, balki jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan tushishi kutilayotgan mablag‘lar hisobidan ham qoplanishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Qoplash koeffitsiyenti bazis davrda 2,15 ni, joriy davrda esa 2,27 ni tashkil qilib mijozning birinchi sinfga taalluqliligini ifodalayapti (47-jadvalga qarang). Likvidlik koeffitsiyenti tegishli davrlarda 0,55 va 1,2 ni tashkil qilib bazis davrda mijozning uchinchi sinfga mansub ekanligini ifodalasa, joriy davrda u ikkinchi sinfga ko‘tariladi. Bunday hollarda mijozning sinfi bo‘yicha aniq bir xulosaga kelish uchun faqat bir yillik davr emas ko‘proq davrni, shu bilan bir qatorda boshqa qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni ham tahlilga jalb qilish zarur.
Korxonaning qarz olish manbalariga muhtoj emasligi uning o‘z mablag‘lari bilan qanday ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘lib uning darajasi moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti darajasi bilan belgilanadi.
Ma’lumki, korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari tarkibiga:
ustav kapitali;
qo‘shilgan rezerv kapitali;
taqsimlanmagan foyda;
maqsadli tushumlar va foizlar;
kelgusi davr sarflari va to‘lovlari uchun rezervlar;
kelgusi davr daromadlari kiradi.
47-jadval.
Balans ma’lumotlariga asoslanib mijozning
kreditga layoqatliligini aniqlash tartibi
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
Ming so‘m
|
%
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1.
|
Likvid mablag‘lar
|
109 627
|
138 991
|
126,8
|
a) pul mablag‘lari
|
2474
|
11313
|
457,3
|
b) tez sotiladigan talablar
|
25606
|
62286
|
243,2
|
c) tez sotiladigan zaxiralar
|
81 547
|
65392
|
80,2
|
2.
|
Majburiyatlar - jami sh.j.:
|
236136
|
250464
|
106,1
|
a) Qisqa muddatli majburiyatlar
|
51107
|
61179
|
119,17
|
3.
|
o‘z mablag‘lar manbalari
|
185029
|
189285
|
102,3
|
a) ustav kapitali
|
169181
|
169181
|
100,0
|
b) rezerv kapitali
|
503
|
503
|
100,0
|
c) taqsimlanmagan foyda
|
15345
|
19601
|
127,7
|
4.
|
Uzoq muddatli aktivlar
|
126509
|
111473
|
88,1
|
5.
|
Aylanma mablag‘lar:
|
|
|
|
a) jami, sh.j.
|
109627
|
138991
|
126,8
|
b) o‘z aylanma mablag‘lar (3-4)
|
58520
|
77812
|
132,9
|
c) aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldig‘i
|
54813
|
69496
|
126,8
|
6.
|
Sotilgan mahsulot hajmi
|
234949
|
291256
|
124,0
|
7.
|
Tahlil qilinayotgan davrdagi kunlar
|
360
|
360
|
-
|
Koeffitsiyentlar
|
| |
0,46
|
0,55
|
119,6
|
Qoplash koeffitsiyenti (1:2a)
|
2,15
|
2,27
|
105,6
|
Likvidlik koeffitsiyenti
(1 qatorning a+b)/2
|
0,55
|
1,20
|
2,18
|
Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti (3:2)·100
|
78,3
|
75,5
|
96,4
|
O‘z aylanma mablag‘larining salmog‘i (5b:5a)
|
53,4
|
56,0
|
104,9
| |
|
|
|
a) so‘mda (6:5v)
|
4,3
|
4,2
|
97,7
|
b) kunda (5v · 7:6)
|
84
|
86
|
102,4
|
Korxonaning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi 30 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Agar aylanma mablag‘larning aylanish tezligi ko‘proq bo‘lsa, unday hollarda bu ko‘rsatkichning quyi darajasi (xo‘jalik faoliyatining turiga qarab) biroz pastroq bo‘lishi mumkin. Agar bu koeffitsiyent 60 foiz bo‘lsa, kredit riski minimal darajaga tushirilgan hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti qancha yuqori bo‘lsa, korxona shunchalik moliyaviy barqaror hisoblanadi va bank kreditini o‘z vaqtida qaytarish layoqatliligi yuqori bo‘ladi.
Yuqoridagi misolimizda moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti bazis davrda 78,3 foizni, joriy davrda esa 75,5 foizni tashkil qilib shu davr ichida bu ko‘rsatkich 2,8 punktga kamaygan. Ammo bu kamayish mijozning sinfiga o‘z ta’sirini o‘tkazmagan. Natijada mijoz birinchi sinfdaligicha qolgan.
Mijozni likvid yoki nolikvid balansliligini aniqlash uchun kreditga layoqatlilikning quyidagi ko‘rsatkichlarini hisoblash zarur:
o‘z aylanma mablag‘larining hajmi va dinamikasi;
samaradorlik (foydalilik) koeffitsiyenti;
noto‘lovlar va aylanma mablag‘larining aylanish sur’atlari.
O‘z aylanma mablag‘larining hajmi quyidagicha aniqlanadi:
O‘z aylanma mablag‘lari hajmi
|
=
|
O‘z mablag‘lari manbalari
|
-
|
Uzoq muddatli aktivlar
|
|
47-jadvalda:
5b = 3 - 4
|
|
Bazis davrda o‘z aylanma mablag‘larining hajmi 58520 ming so‘mni, joriy yilda esa 77812 ming so‘mni tashkil qildi. Bu holat mijozning likvid balansga ega ekanligidan dalolat beradi, chunki o‘z aylanma mablag‘lari hajmi shu davr ichida 19292 ming so‘mga ortgan. Uzoq muddatli aktivlar esa shu davr ichida 15036 ming so‘mga kamaygan.
Agar asosiy vositalar o‘z mablag‘lari manbayidan ortiq bo‘lsa, bunday holda mijoz nolikvid balansga ega bo‘ladi.
|
Nolikvid balansli korxonalarga esa kredit berilishi mumkin emas.
Kreditga layoqatlilikni aniqlashda o‘z aylanma mablag‘larning salmog‘ini, ularning aylanish sur’atlarini inobatga olish o‘ta zarurdir. Chunki bu salmoq ortib borsagina yoki oldingi davrga nisbatan o‘zgarishsiz qolsagina mijozning kreditga layoqatliligi ijobiy hisob-lanadi. Mablag‘larning aylanish sur’atlari:
aylanma mablag‘larning aylanish koeffitsiyenti (marta);
aylanma mablag‘larning aylanishi (kunda) ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi.
47-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, kuzatilayotgan korxo-nada aylanma mablag‘larining aylanish koeffitsiyenti bazis davrda 4,3 marta aylangan bo‘lsa, joriy davrda bu ko‘rsatkich 4,2 martani tashkil qilgan. Demak, aylanish sur’ati birmuncha kamaygan. Aylanma mab-lag‘larning kunlarda aylanishi bazis davrda 84 kunni tashkil etgan bo‘lsa, joriy davrda 86 kunga teng bo‘lgan. Demak, aylanma mablag‘-larning aylanishi tezlashgan. Bu, albatta, ijobiy holat. Chunki aylanma mablag‘larning aylanishi qanchalik tezlashsa, shunchalik aylanma mablag‘lari iqtisod qilinadi.
Kredit mutaxassisi kredit oluvchining kredit olish uchun ariza berishga va kredit shartnomasiga imzo qo‘yishga qonuniy jihatdan huquqi borligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shu huquqning borligi mijozning kredit olishga layoqatliligini bildiradi. Agar mijoz yuridik shaxs bo‘lib, yirik korxona yoki uyushma bo‘lsa, uning vakili albatta shu korxona yoki uyushmaning Kengashi tomonidan tayinlangan, tasdiqlan-gan bo‘lishi, uning nomidan muzokaralar olib borib, kredit shartnomasi-ni imzolash huquqini olgan bo‘lishi lozim. Buning uchun mijoz kredit mutaxassisiga Kengash qarorining tasdiqlangan nusxasini topshirishi kerak bo‘ladi.
Mijozning kredit olishga layoqatliligini bildiruvchi ma’lumotlar:
mijoz va kafillarining haqiqiyligi;
mijoz yuridik maqomiga ega ekanligini tasdiqlovchi Nizom, qaror, bitimlar va boshqa hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
mijozning faoliyati, ishlab chiqaradigan mahsuloti, uning mijozlari va xomashyo bilan ta’minlovchilari haqidagi notarial tasdiq-langan hujjatlar to‘plami.
Kredit olish uchun berilgan har qanday arizani tahlil qilish jarayonida kredit mutaxassisi mijoz kreditdan foydalanishi natijasida olgan daromadi orqali kreditni qaytarish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘ladimi, yo‘qmi, degan savolga ijobiy javob olishi lozim.
Mijoz olgan kreditni qoplashi uchun asosan uchta manbaga ega bo‘ladi:
a) naqd pul oqimi;
b) aktivlarni sotish va naqd pulga aylantirish;
c) qimmatli qog‘ozlar yoki majburiyatlar chiqarish orqali mablag‘larni jalb qilish.
Qayd qilingan mablag‘lardan har qaysisi kreditni qoplay oladi. Lekin banklar asosan naqd pul oqimini afzal ko‘radilar. Chunki mijoz aktivlarining sotilishi uning balansi ahvolini yomonlashishiga, chetdan qo‘shimcha mablag‘ jalb qilishi esa bankning kreditor sifatida mavqeyining pasayishiga olib keladi.
Mijozning pul mablag‘lari haqida ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:
a) mijozning o‘tgan davrdagi dividendlari va sotilgan mahsulotlari hajmi;
b) ko‘zda tutilgan naqd pul tushumining yetarliligi;
c) likvid zaxiralarning mavjudligi;
d) debitor-kreditor qarzlarni to‘lash muddati, tovar-moddiy zaxiralarning aylanishi;
e) sarmoyaning tuzilishi va leveraj darajasi, ya’ni o‘z sarmoyasi va jalb qilingan mablag‘lardan foydalanilgan samaradorlik ko‘rsatkichlari;
f) xarajatlar ustidan nazorat;
g) qoplanganlik ko‘rsatkichlari;
h) aksiyalari baholarining o‘sishi;
i) boshqaruv sifati;
j) auditor xulosasi;
k) buxgalteriya hisobidagi so‘nggi o‘zgarishlar.
Mijozning ta’minlanganlik darajasi masalasida kredit mijozi, mijoz kreditni ta’minlashi uchun yetarli sarmoyaga yoki sifatli aktivlarga egami, degan savolga javob bera olishi lozim. Kredit mutaxassisi mijoz aktivlarining xizmat muddati, tuzilishi va ahvolini yaxshilab o‘rganishi kerak. Bunda asosiy omil mijozning texnologiyasi bo‘lib, uning aktivlari texnologiya nuqtayi nazaridan eskirgan bo‘lsa, ularning ta’minlanganlik qobiliyati yuqori bo‘lmaydi, chunki mijoz daromadlari kreditni qoplash uchun yetmay qolganda, bu aktivlarni naqd pulga aylantirish qiyin bo‘ladi.
Mijozning ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagicha:
a) aktivlarga egalik huquqi;
b) aktivlardan foydalanish muddati;
c) ma’naviy eskirish ehtimoli;
d) qoldiq bahosi;
e) aktivlarni muayyan maqsadlarga mos kelish darajasi;
f) majburiyatlar va cheklanishlar;
g) lizing bo‘yicha majburiyatlar va garov hujjatlari;
h) sug‘urta kafolati;
i) bankning kreditor sifatidagi o‘rni;
j) soliq solish bo‘yicha da’volar;
k) kelajakda yuzaga keladigan moliya bilan ta’minlanish ehtiyojlari.
Kredit mutaxassisi mijoz va u bilan bog‘liq bo‘lgan sohadagi va umuman iqtisodiyotdagi so‘nggi o‘zgarishlardan doimo xabardor bo‘lishi lozim. Hujjatlarga ko‘ra, kredit juda ishonchli va daromadli bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin mamlakat iqtisodiyotidagi tanglik tufayli mahsulotlar savdosi hajmining va daromadning kamayishi yoki pulning qadrsizlanishi tufayli foiz stavkalarining ko‘tarilishi natijasida kredit sifati yomonlashishi (pasayishi) mumkin. Kredit oluvchi faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur soha va iqtisodiyotni baholash maqsadida kre-ditor ularga taalluqli ma’lumotlar va axborotlar majmuyini to‘playdi. Bu quyidagilardan iborat:
a) mijozning tarmoqdagi holati va bozordagi ulushi;
b) mijoz faoliyatining natijalari bilan mazkur tarmoqdagi boshqa firmalar faoliyatlari natijalarining taqqoslanishi;
c) mahsulotning raqobatdoshligi;
d) mijoz va tarmoq faoliyatining texnologiyadagi o‘zgarishlarni sezuvchanligi;
e) ish kuchi bozoridagi sharoit;
f) pul qadrsizlanishining mijoz balansi va naqd pullari oqimiga ta’siri;
g) tarmoqning uzoq kelajakdagi faoliyati rejalari;
h) qonunlar, siyosat va atrof-muhitni saqlash bilan bog‘liq omillar.
Mijozning kredit olishga layoqatliligini baholashning eng so‘nggi omili – nazoratdir. Mavjud qonunlar va tartiblarning o‘zgarishi mijozning faoliyatiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi, mijoz arizasi bank andozalariga va kreditni tartibga solib turuvchi organlar talablariga mos kelishi nazorat orqali aniqlanadi. Nazorat quyidagilarni o‘zida mujassamlashtiradi:
a) bank faoliyatiga hamda kreditlarning xususiyati va sifatiga ta-alluqli qonunlar va qoidalar;
b) nazoratchilarga taalluqli hujjatlar;
c) qarzlarning mavjudligi va kredit olish to‘g‘risida mohirona tuzilib, tasdiqlangan hujjat;
d) kredit olish uchun yozilgan arizaning bank kredit siyosatiga muvofiq kelishi;
f) tarafdor kishilar (iqtisodchilar, siyosiy ekspertlar) tomonidan kreditni qoplashga ta’sir etuvchi tashqi omillar haqida axborotlari.
Banklar va tadqiqotchilar mijozlarning moliyaviy ahvoli va kreditning qoplanishini baholash uchun asosan tashqi ma’lumotlarga tayanadilar. Bunda eng avval mijozning moliyaviy hisobotlari, taqdim etgan kredit olish to‘g‘risidagi arizada berilgan ma’lumotlar, ya’ni olinishi mo‘ljallanayotgan kredit hajmi, kredit olishdan maqsad, kredit oluvchining boshqa mavjud majburiyatlari, ta’minlanganlik sifatida mijozning taklif qilinadigan aktivlari tahlil qilinadi.
Bank mijozga avval kredit bergan kreditorlar bilan ham uchrashishi va quyidagi savollarga javob olishi mumkin:
a) mijoz to‘lov muddatlariga rioya qilganmi?
b) mijozning hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ qoldig‘i bo‘lganmi?
c) to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik hollari uchraganmi?
d) mijoz avval inqirozga uchraganmi?
Bank yoki tadqiqotchilar mijozning arizasini tahlil qilganlarida nafaqat uning moliyaviy ahvolini, balki mijoz faoliyat ko‘rsatayotgan ushbu hudud va tarmoqning iqtisodiy ahvoli, agar yirik hajmdagi kredit so‘ralayotgan bo‘lsa, hatto jahon iqtisodiyotining ahvolini ham o‘rga-nadilar. Ko‘pgina mijozlarning iqtisodiy ahvoli mamlakat iqtisodi-yotidagi va hatto, jahon iqtisodiyotidagi beqarorlikni ham juda sezuv-chan bo‘ladi. Sezuvchanligi yuqori bo‘lgan mijozlarga kredit berish kerak emas, degan bank xatoga yo‘l qo‘yadi. Balki bank mijozlarning ana shu xususiyatlarini e’tiborga olib, kredit portfelini shunday beqarorlikdan asrash yo‘lida o‘zlarining kredit qo‘yilmalari tizimini tashkil qilishlari lozim.
JISMONIY SHAXSLARNING KREDIT QOBILIYATINI BAHOLASH TARTIBI.
Кредит олувчи томонидан кредит олиш учун банкка режалаштирган хариди унинг нархини, муддатини ва кредит таъминотини кўрсатган ҳолда ёзма буюртма беради ва қуйидаги ҳужжатларни тақдим қилади:
- ўзининг шахсини тасдиқловчи маълумотлар (паспорти (ёки паспорт ўрнини босувчи ҳужжат) шахсан кўрсатилгач, унинг ксеро нусхаси кредит йиғма жилдига тикиб қўйилади);
- асосий иш жойидан ҳақиқатдан ишлаши тўғрисида маълумотнома;
- асосий ва қўшимча иш жойидан оладиган иш ҳақи тўғрисида иш жойидан берилган маълумотнома;
- яшаш жойи манзили тўғрисида фуқаролар йиғини кенгаши (маҳалла қўмитаси) ёки уй-жойдан фойдаланиш идораси маълумотномаси;
- кредит қайтарилиши таъминоти;
- кредит буюртмасининг камида 20 фоизи миқдоридаги манбага эгалигини тасдиқловчи маълумот;
- харид қилинадиган буюмни (жихозни) сотиб олиш тўғрисида сотувчи билан тузилган шартнома (бу шартнома банк томонидан кредит ажратиш тўғрисида якуний хулосага келиниб кредит шартномаси тузилгунга қадар ҳам тақдим қилиши мумкин).
Банк зарур ҳолларда кредит олувчининг оила аъзоларининг даромадлари тўғрисидаги маълумотларни уларнинг иш жойидан шунингдек, оиланинг иқтисодий аҳволи тўғрисидаги маълумотларни фуқаролар йиғинидан (маҳалла кўмитасидан) олиб келиниши талаб қилиши ёки бу тўғрисида ўзи маълумот олиши мумкин.
Кредит амалиёти бўлими ходими кредит олувчи билан суҳбат ўтказиб, такдим қилинган ҳужжатларни ўрганиб чиқади. Суҳбат якунларига кўра қарздор томонидан анкета сўровнома тўлдирилади.
Истеъмол кредити ушбу Тартибда кўзда тутилган кредит таъминотларининг бири ёки бир нечтаси асосида берилиши ва шунингдек нотариал гувоҳлантирилган икки ва ундан ортиқ жисмоний шахснинг кафиллиги остида берилиши мумкин. Банк ходимларининг берган кафиллиги Ходимлар билан ишлаш бўйича масъул ходим томонидан тасдиқланиши мумкин.
Банк Кредит комиссияси томонидан буюртмани кўриб чиқиш пайтида кредит сўралаётган мақсаднинг қонунийлиги, кредит сўровчининг ва унинг оиласининг молиявий маблағларга эгалиги, кредит қайтарилиш истиқболининг ишончлилиги, маълумотларнинг ўзаро мувофиқлиги, яъни кредит буюртмасида кўрсатилган барча маълумотлар ва бошқа ахборот манбаларидан олинган маълумотларнинг ўзаро мос келиши, кредит маблағи ўтказиб берилаётган сотувчининг шу турдаги маҳсулотларни сотишга (хизмат кўрсатишга) тегишли рухсатномага эга эканлиги ўрганилиши ва таҳлил қилиниши шарт.
Жисмоний шахсга кредит бериш миқдорини аниқлашнинг асосий мезони унинг асосий иш жойидан оладиган иш ҳақи ҳисобланади. Бунда, агар кредит олувчининг 1 йиллик ўртача иш ҳақи солиқ ва мажбурий тўловлардан сўнг оладиган даромади 700 минг сўм бўлса, бу қарз олувчининг йиллик кредитни қайтариш имконияти унинг ярмига ёки 350 000 сўм тенг, деб баҳоланиши лозим. Демак, кўрсатилган жисмоний шахсга 3 йил муддатга 1,0 млн. сўмгача кредит бериш мумкин бўлади. Буюртмачининг барқарор иш ҳақига ёки даромадга эга бўлган бошқа у билан биргаликда яшовчи оила аъзолари даромадига мос ҳолда ҳар бир даромад олувчига бу коэффициент 1,25 фоизга кўтарилиши мумкин. Ушбу шарт кредит қайтарилишига қандай таъминот қўйилаётганлигидан қатъий назар қўлланилиши мумкин.
Истеъмол кредити ажратилиши учун ёши 55 дан ошмаган Ўзбекистон Республикасида муқим яшайдиган ва барқарор даромадга эга бўлган икки ёки ундан ортиқ жисмоний шахслар кафил бўлиши мумкин. Жисмоний шахснинг кафиллиги нотариал тартибда расмийлаштириладиган шартнома асосида амалга оширилади. Шартномада жисмоний шахс ўз иш ҳақи ва мулклари билан банкнинг биринчи талабига кўра кредитни қайтариш мажбуриятини олган бўлиши шарт.
Мазкур Тартибда кўзда тутилган ҳужжатларнинг барчаси тақдим этилгандан кейин банк уларни 5 банк иш кунида кўриб чиқиши лозим. Баъзи ҳолларда тақдим этилган маълумотларни қўшимча текшириш зарурати вужудга келган тақдирда банк томонидан аризаларни кўриб чиқиш муддати 10 банк иш кунигача узайтирилиши мумкин.
Тақдим этилган ҳужжатларни кўриб чиқиб кредит бермасликка қарор қилинган такдирда, банк кредит сўраб мурожаат этган буюртмачига бу ҳақда асослантирилган рад жавобини ёзма равишда бериши шарт.
Кредит шартномаси тузилгандан кейин банк қарз олувчининг қилган хариди учун 3 иш кунида тўловни амалга ошириши шарт.
Истеъмол кредитини бериш қарздорнинг шахсий ссуда ҳисобварағидан унинг топшириғига кўра счетлар, мол юк хатлари ва бошқа ҳужжатлар асосида сотувчининг талаб қилиб олингунча депозит ҳисобварағига нақд пулсиз ўтказиш асосида амалга оширилади. Истеъмол кредитини накд пул билан бериш таъқиқланади.
MIJOZNING KREDITGA LAYOQATLILIGINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI.
Mijozning to’lovga layoqatliligini tahlil qilish deganda mijozga berilgan kreditni ishlata olish va qaytarib bera olish imkoniyatini o’rganish tushuniladi. Dunening ko’p mamlakatlarida mijozning kredit layoqatliligi turlicha aniqlanadi.
AQShda mijozning kreditga layoqatliligini baholash va kredit riskini minimallashtirish maqsadida 5 "S" nomini olgan usuldan foydalaniladi. Bu usul asosida mijoz faoliyatini baholashning quyidagi mezonlari yotadi.
customer character - mijozning obrusi;
capacity to pay - to’lovga layoqatliligi;
capital - kapital;
collateral - ssudaning ta`minlanishi;
current business conditions and goodwill - iqtisodiy holati va uning kelajagi.
Bu usul bo’yicha mijozning obro’si, mas`uliyat darajasi, qarzni to’lashga bo’lgan istagi va tayyorgarligi tekshiriladi. Dastavval bank mijozning: o’tmishda o’z majburiyatlariga qanday munosabatda bo’lganligi; qarzlarni to’lashda kamchiliklar bo’lganligi; kreditlanuvchi subektning iqtisodda, bozorda qanday mavQega ega ekanligini tekshiradi. Bunda bank qarzdor bilan suhbat olib boradi, arxivdan mijoz to’g’risida materiallarni olib, tahlil qiladi, boshqa firma va banklar bilan maslahatlashadi va hokazo.
Qarzdorning to’lov qobiliyatida uning moliyaviy imkoniyatlari, uning kreditni to’lash qobilyati qarzdorning foyda va zararlari hamda kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar puxta tahlil qilish orqali aniqlanadi. Unda bank qarzni to’lash bo’yicha mijoz mablag’larining 3 manbasini chuqur o’rganib chiqadi. Bular:
joriy kassa tushumlari (cash flow);
aktivlarni sotish;
moliyalashtirishning boshqa manbalari (jumladan, pul bozoridagi qarzlar).
"Besh oylar"ga qaytar ekanmiz, shuni ta`kidlab o’tish kerakki, bank asosiy e`tiborini boshqa omillarga ham, jumladan, firmalarning aktsiyador kapitaliga, uning tuzilishiga, aktiv va passivlarning boshqa moddalariga bo’lgan nisbatiga hamda qarzning ta`minlanishiga, uning Yetarlilik darajasiga, sifatiga va qarzni to’lamaslik holida garovni sotish darajasiga qaratadi.
So’ngra, kreditga bo’lgan talabnomani qarab chiqqanda umumiy shart-sharoitlar jumladan; davlatdagi ishbilarmonlik iqlimini aniqlovchi va bank bilan birgalikda qarzdorning holatiga ta`sir etuvchi omillar: iqtisodiy ahvol, monand tovar bo’yicha boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan raqobatning mavjudligi, soliqlar, xom ashyoga narx-navolar va boshqalarga e`tibor qaratiladi.
Angliya banklarida mijozning kreditga layoqatliligini aniqlashda savollar varag’i mavjud. Savollarga javoblar bankka kredit berish karorini qabul qilishga imkon beradi. Quyida shunday savol-varaqning namunasini keltiramiz.
Avvalambor qarz oluvchi (borrower)ga ta`rif beriladi.
Uning oilasi, obro’ - e`tibori, sofdilligi, bankka tanishligi, bank bilan munosabatlari.
Boshqaruv tarkibi malakasi - ma`lumoti, mutaxassislik bo’yicha staji, boshqara olish qobiliyati;
To’lovga qobillik - to’lov intizomiga rioya qilish, biznes talablariga resurslarning mosligiga e`tibor beriladi. Keyin esa quyidagi asosiy ko’rsatkichlar tekshiriladi:
Purpose (kredit maqsadi). Qonuniyligi, bank kredit siyosatiga to’g’ri keladimi va boshqalar;
Amount (kredit summasi) kredit summasini hisoblashda aniqlik. Tasdiqlovchi hujjatlar mavjudmiyo so’ralgan summa Yetarli, kam yoki ko’pligi;
Repayment (qaytarish) kredit kachon qaytariladiyo qaytarilish grafigi mavjudligi qaytarilish manbasi - kelajak daromadlari, qisqa muddatli kreditlar, aktivlarni sotish qarz oluvchi pul okimlarini bashorat qilish;
Viability (kreditlanayotgan loyihaning realligi) mazkur kredit qanchalik zarur texnik - iqtisodiy asoslar bajarilganmi. Mazkur kompaniya hisobvaraqlari tahlil qilinganmiyo qarz oluvchi balansi baholanganmi;
Risks (risklar). Bank va kompaniya uchun risklar manbalarini mujassamlanganligi riskning oldini olish chora - tadbirlarini amalga oshirish mumkinmi;
Security (ta`minlanganlik). Ta`minot taqdim etilmoqdami u mavjudmi. Garovlarni sug’urta polislarini tekshirish. Garov qiymati kanday? Garovni qayta baholash bo’lib o’tadimi, qachon?
Prositability (foydalilik) kredit shartnomasida daromad va xarajatlar aniq ta`riflanishi lozim. Foiz darajasi bank tortilgan riskka mos keladimi? Foiz darajasi, xarajatlarni qoplaydimi?
Yuqoridagilarni o’zida ifoda qiluvchi "Parts" nomli qarz oluvchi qobiliyatini tahlil qilish usuli keng tarqalgan bo’lib, unda:
Purpose - kreditning maqsadi;
Amount - ssudaning hajmi;
Repayment - qarzni to’lash;
Merm - muddati;
Security - ssudaning ta`minlanganligi kabilar tahlil qilinadi.
Mijozlarning kreditga layoqatliligini tekshirishning boshqa usullari ham mavjud. Mijozning kreditga layoqatliligi asosida mijozning faoliyatini xarakterlaydigan zarur axborotlarni yig’ish yotadi. AQSH va boshqa G’arb mamlakatlarida mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda banklar uchun maxsus huquqiy norma va qonunlar mavjud. Mijozlar hisobotlarini banklar tomonidan tahlil qilinishi ikki xil ko’rinishga ega: ichki va tashqi ko’rinishga ega. Tashqi tahlil shu qarz oluvchi faoliyatini boshqalar bilan solishtirishdan iborat. Ichki tahlil esa moliyaviy hisobotlarning turlicha qismlarini ma`lum vaqt oraligida solishtirishdan iboratdir.
Xorijiy davlatlar amaliyotida mijozning pul oqimi chuqur tahlil qilinadi.
Pul oqimi mijozning o’z xarajatlarini qoplash va qarzlarni o’z resurslari hisobidan to’lash qobiliyatining o’lchamidir.
Bunday tahlil turlicha olib boriladi, jumladan, bu maqsadda qarz oluvchining pul mablag’larining harakat hisobotidan foydalanishi mumkin.
Buning uchun mijoz pul mablag’larining harakati haqidagi hisoboti tuziladi va u quyidagi savollarga javob berishiga imkoniyat beradi.
Mijoz kelajakda moliyaviy aktivlarning o’sishi uchun o’zini pul mablag’lari bilan ta`minlay oladimi?
Qarz oluvchi faoliyatining o’sish sur`ati tashqi manbalardan moliyalashtirish zarur bo’lgan darajada tezligi.
Qarz oluvchi keyingi investitsiyalashdan paydo bo’lgan qarzni qoplash uchun ortiqcha pul mablag’lariga egami?
Bank amaliyotida mijozning kreditga layoqatliligini tekshirishning to’g’ri va egri usullari mavjuddir.
To’g’ri usullardan kam foydalaniladi. Bunda mijoz tomonidan to’plangan ballar, u olishga haqli bo’lgan ssuda summasiga tenglashtiriladi.
Egri usullar esa juda keng tarqalgan. Uning mazmuni turlicha baholash ko’rsatkichlariga ma`lum ballar berishdan iboratdir. Buning natijasi bo’lib mijozning kreditga layoqatliligini sinfini aniqlash xizmat qiladi. O’z - o’zidan ayon bo’lib turibdiki, mijozning kreditga layoqatliligini baholashda ballar tizimidan foydalanish - eng ob`ektiv va iqtisodiy asoslangan qarorlarni qabul qilish jarayonidir. Yagona muammo shundan iboratki, bunda mijozning kreditga layoqatliligini baholash bo’yicha axborotlarning yangilanishi talab qilinadi, bu esa o’z navbatida, bank uchun juda qimmatga tushishi mumkin. Shuning uchun uncha katta bo’lmagan banklar odatda axborot bazasining cheklanganligi va ko’p xarajatliligi tufayli mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda "koeffitsiyentlar" usulidan foydalaniladi.
To’lovga layoqatlilikni tahlil qilish asosida mijozning faoliyatini to’laroq aks ettiruvchi ma`lumotni yig’ish yotadi. AQSH va boshqa G’arb davlatlarida to’lovga layoqatlilikni aniqlashda bank tomonidan qo’llaniladigan ma`lumotlarni yig’ish tartibi va ma`lumot hajmiga tegishli maxsus yuridik normalar ishlab chiqilgan. Unda ko’rsatilishicha to’lovga layoqatli bo’lgan ixtiyoriy qarz oluvchiga kredit berish mumkin. AQSH Kongressi "Teng kredit olish imkoniyati to’g’risida"gi (ECOA) -Equal Credit Opportunites Act) qonunni qabul qilgan. Qonunga muvofiq kreditorlar tomonidan kredit qarz oluvchilarning yoshi, oilaviy ahvoli, jinsi, dini va millatiga qarab ajratilmasligi kerak. Kredit haqiqatda mijozning kredit to’lay olish qobiliyatiga qarab ajratilishi lozimligi ko’zda tutilgan.
Mijozni to’lovga layoqatliligini aniqlashda va bank tomonidan anketa to’ldirishda asosiy mezonlarni belgilaydigan boshqa bir yuridik hujjat AQSH FRT tomonidan qabul qilingan "V" yo’riqnomasidir. Bu yo’riqnomada qaysi ma`lumotlar mijozni to’lovga layoqatliligini aniqlashda balli tizim qo’llanilishi mumkinligi ko’rsatilgan; mijozga qarshi ishlatiladigan ma`lumot yig’ishdagi cheklovlar ham ko’rsatib o’tilgan.
Masalan, qarz oluvchi majburiyatlari bo’yicha javobgarligidan qat`iy nazar o’z oilasi haqida anketaga ma`lumot yozishi kerak.
Kreditorlar esa kredit olish uchun arizani olganlaridan keyin 30 kun mobaynida mijozning kredit olish imkoniyati haqida unga xabar qilishi kerak.
Masalan, Buyuk Britaniya Parlamentida 1993 yil mamlakatning yirik banklaridan biri (N) National Westministir Bank ko’p yillar davomida o’z mijozlaridan siyosiy axborotlar va so’rovlar olganligi haqida tortishuvlar bo’lgan.
AQShda qonun qarz oluvchining oilaviy ahvoli va holati, telefoni bor-yo’qligi haqidagi ma`lumotlarni mijozlardan yig’ish imkoniyatini banklar uchun cheklab qo’ygan.
CHet el adabiyotlarida mijozning kuchli va kuchsiz tomonlari, uning imkoniyatlari va riskini aniqlashda "SWOT" (S - strong, W - weak, O-opportunites, T-threat) metodidan foydalanilishi mumkinligi to’g’risida fikr bildirilgan. Bunda mijozning to’lovga layoqatlililigining asosiy mezonlari ; ya`ni:
qarz olish uchun ariza beruvchilarning kuchli tomonlari;
qarzdorning kuchsiz va bo’sh tomonlari;
qarz oluvchining muvaffaqiyati uchun qaysi omillar muhimligini aniqlash;
kredit berishdagi risk darajasi kabi ko’rsatkichlar o’rganib chiqiladi.
Mijozning moliyaviy hisobotining bankirlar tomonidan tahlil qilishning ikki xil shakli bor: Ichki va tashki tahlil. Ichki tahlilda mijoz hisobotining muhim elementlari bir-biriga taqqoslanadi va ma`lum vaqt davomida o’zgarishi tahlil qilinadi. Tashqi tahlilda qarz oluvchi boshqa qarz oluvchilar bilan taqqoslanadi.
Ichki tahlil koeffitsiyentlar tahlili bo’lib, uning ikkita kamchiligi bor: 1) Koeffitsiyentlar mijoz operatsiyalari qanday o’tayotganligi to’g’risida ma`lumot bermaydi; 2) Tahlilda o’tib ketgan ma`lumotlardan foydalaniladi, lekin kredit kelajakdagi faoliyat uchun beriladi.
Ko’pgina g’arb mamlakatlarida mijozlarning to’lovga layoqatliligini baholash quyidagi yunalishlarda olib boriladi:
Personal capacity - qarz oluvchining shaxsiy fazilatlari (odilligi, maqsadining jiddiyligi yaxshi ishchi sifatida tavsifi va boshqalar);
Revenues - mijoz daromadi, oilaning yalpi daromadi tahlili. Bunda mijozning kreditni qoplash xarajatlari uning oylik daromadlarining 1/3 qismidan oshmasligi kerak.
Material capacity - ssudaning ta`minlanishi, mijozning ko’chmas va boshqa mulklari tahlili;
Ko’pincha mijozning pul oqimlari to’g’risida ma`lumot talab qilinadi.
Pul oqimi (cash flow) - bu mijozning xarajatlarini va majburiyatlarini qoplash uchun xususiy resurslarining Yetarliligi yoki yo’qligini o’lchaydi. Xorijiy davlatlarda mijozning kreditga layoqatliligini aniqlashda quyidagi tartibda pul mablag’lari hajmi aniqlanadai:
17 - jadval
Qarz oluvchining pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot.
Ko’rsatkichlar
|
Jami
|
Joriy yil
|
30 kundan ortiq
|
60 kundan ortiq
|
60 kundan ortiq
|
1 yildan ortiq
|
1. Daromadlar:
Maosh;
Mukofot;
Gonorar;
Nafaqa;
Kompensatsiya;
Boshqalar.
|
|
|
|
|
|
|
2. Xarajatlar:
Soliqlar;
Kvartira to’lovlari;
Kommunal to’lovlar;
Bolalar tashkilotiga to’lovlar;
Kredit uchun foiz to’lovlari;
Boshqalar.
|
|
|
|
|
|
|
3. Ssudani qoplash uchun jami (1 - 2); Ortiqcha "q"; Yetishmovchilik "-".
|
|
|
|
|
|
|
Yuqoridagi jadval kelajakda ssudani qoplash imkoniyatini o’rganish uchun ishlatiladi.
Rivojangan mamlakatlarda mijozni kreditlashning muhim jihati kredit berish jarayonining (yuridik va jismoiny shaxslarga) markazida inson turadi. Masalan, Germaniyada qanday kredit olishdan qat`iy nazar, qarz oluvchi o’zining shaxsiy fazilatlari va to’lovga layoqatliligi to’g’risida bir qator hujjatlarni bankka berishi lozim.
Kredit berish jumbog’ini Yechishda nemis bankini qiziqtiradigan muammolar quyidagilardan iborat:
tadbirkorning shaxsiy xarakteri: xulq-atvori, qiliqlari, tashqi ko’rinishi, odati, ta`sirchan talaffuzi, odillik darajasi(iqtisodiy va moliyaviy holati to’g’risida ochiq so’zlashi), yoshi, oilaviy holati, jamoat ishlarida o’rni, mansabi va xobbisi;
umumiy ma`lumoti: o’quv yurtini tugatganligi to’g’risidagi diplom nusxasi, kvalifikatsiyasi, riskka qo’l urishi, iqtisodga qiziqishi, rejalashtirish qobiliyati;
jismoniy holati: sog’ligi holati, (oldingi kasalliklarini xisobga olgan holda), sport bilan shug’ullanishi;
texnik bilim saviyasi: maxsus o’quv yurti, tajribasi, ishga ixtisoslashuvi;
mulki: tashkilot ishlarida qatnashish darajasi, shaxsiy mulki, ko’chmas mulkka egalik qilishi, daromadning boshqa manbalari, korxona daromadidan shaxsiy
foydasi, shaxsiy qarzlari, soliq majburiyatlari, oila a`zolarining mulkiy holati, musobaqalarda ishtiroki.
Savollarga javoblar bank bo’limida suhbat, telefon yoki anketa berish orqali aniqlanishi mumkin.
Nemis banklarida mijozning to’lovga layoqatliligini baholashda arizaning "Oylik daromad hisobi" bo’limi asosiy o’rin egallaydi.
A: Oylik daromad
|
V: Oylik xarajati
|
soliqdan tashqari maosh
|
joriy xarajatlar
|
bolalar uchun olinadigan nafaqalar
|
sug’urta badallari
|
pensiya
|
oldingi kredit uchun to’lovlar
|
omonatlar va qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizlar
|
kvartira to’lovlari
|
boshqa daromadlar
|
boshqa xarajatlar
|
JAMI: A
|
JAMI: V
|
S: Ixtiyoridagi daromad (A - V)
Hozirgi vaqtda Germaniyadagi barcha tijorat banklari individual shaxslarga berilgan ssudalar to’g’risida Bundes bankning maxsus departamentiga ma`lumot berishlari shart. Bu bankning shu sferadagi faoliyatini nazorat qilishga imkoniyat yaratib beradi.
Frantsiya va Belgiyada tijorat banklari Markaziy bankdan individual ssudalarni to’lamaydiganlar haqida ma`lumot olish huquqiga ega. Lyuksemburgda bank sirini saqlash zaruriyati tufayli bu huquq ishlatilmaydi. Lekin, mijozning, masalan, jamg’arma depozitini ssuda olingan bankka ko’chirish imkonyati banklar uchun yaratilgan. Bulardan tashqari mijoz kreditni to’lay olmasa, maoshidan aktseptsiz shaklida undirib olish huquqini bankka beradi.
Bular bilan bir qatorda mijoz obro’sini baholash ham juda muhimdir. Buni baholashning bir yuli - kredit skoring yulidir. Skoringni (ochko, ball yig’ish) har bir bank holati, vaziyatiga qarab o’zlari ishlab chiqadilar.
Kredit skoring modeli birinchi bo’lib, amerika iqtisodchisi D.Dyuran tomonidan 1940 yillar boshida ishlab chiqilgandi. U ball hisoblashda quyidagi koeffitsiyentlarni qo’lladi:
yoshi: 20 dan yuqori bo’lgan har bir yil uchun 0,1 bal (maksimum - 0,3);
Jinsi: Ayol - 0,4; erkak - 0;
Yashash muddati: berilgan joyda yashagan har bir yili uchun 0,042 ball (maksimum - 0,42);
Kasbi: kichik riskdagi kasb uchun - 0,55, yuqori riskdagi kasb uchun - 0, 0,16 - boshqa kasblar uchun;
Bandligi - 0,059 - bir koorxonadi ishlagan har bir yili uchun(maksimum - 0,59);
moliyaviy ko’rsatkichlari: 0,45 - bankdagi mablag’lari uchun; 0,35 - kuchmas mulkka egaligi uchun, 0,19 - hayoti sug’urta polisi uchun.
Bu koeffitsiyentlarni qo’llash bilan Dyuran "yaxshi" va "yomon" mijoz o’rtasidagi chegarani 1,25 ball deb oldi. 1,25 balldan yuqori balli mijozlar kreditga layoqatli hisoblangan, bundan kam ball yiqqanlar esa kreditga layoqatsiz deb topilgan.
Hozirda AQSH banklari idividual shaxslarni kreditlashda turli xil yondashuvlar ishlab chiqmoqdalar. Har bir bank o’zining xususiy tizimini ishlab chiqmoqda.Ko’pgina Amerika banklari o’z amaliyotida mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashda ikki xil usuldan foydalanadilar:
banklar birinchi mijozni bank talablari yuzasidan tekshirib chiqadi va kredit berish yoki bermaslikni hal qiladi.
kreditga layoqatlilikni baholashda balli tizimdan foydalaniladi. Bunda matematik korrelyatsion tahlil va omillar tahlilidan foydalaniladi.
Banklar mijoz balansining moddalari va bo’limlari orasidagi turli proportsiyalarni ta`riflovchi boshqa moliyaviy koeffitsiyentlarni ham hisoblaydi. Banklar bu koeffitsiyentlarni me`yoriy kattaliklarini belgilaydilar va mavjud kattaliklarni ular bilan solishtirib, so’ng solishtirish natijalariga ko’ra mijozning kreditga layoqatliligi hisoblanadi. Koeffitsiyentlarning me`yoriy chegarasi turli tarmoq, hudud va boshqalardagi korxonalar uchun turlicha bo’lishi mumkin. Bunday baholashlar haqiqatga yaqinroq bo’lishi uchun uzoq muddat orasidagi mijozning moliyaviy ahvolini nazorat qilib borish, o’zgarishning aniq yunalishlarini, davrlarini, qonuniyatlarini aniqlovchi xususiy statistik ma`lumot bazasini yaratish zarur.
Bank kreditga layoqatlilikning ball (reyting) tizimini qo’llashi ham mumkin, unda, har bir koeffitsiyentga (uning normativga yaqinligiga qarab) ballarda belgilanadi va to’plangan ballar yig’indisiga qarab mijozning yuqori, o’rta yoki past guruh likvidlik bo’yicha ajratiladi. Mijozni reytingi bo’yicha qaysi gurhga mansubligiga qarab kredit talablarini susaytirishi, kuchaytirishi yoki umuman kreditlashni rad etishi mumkin.
Qarz oluvchi moliyaviy holatini baholash bilan birga bank uning iqtisodiy holatini, faoliyat jarayonini, ishlab chiqarish mol Yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan munosabatlarini, korxona egalari bilan Yellanma ishchilar o’rtasidagi, boshqaruvchi va xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadi. Shuningdek, bank foydalani-layotgan texnologiyalar, vositalar, ularning yangiligini va raqobatbardoshligini o’rganadi, bozorlarni egallash (yoki to’xtatish) imkoniyatlarni va boshqalarni baholaydi. Hujjatlrni tahlil qilish bilan birga bank xodimlari mijozlarni "joylarga" borib tekshirish, mijozlarning ish jarayonini tartibi va tashkil etilishi bilan tanishishi maqsadga muvofiq.
Keyingi paytlarda, ayniqsa, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda bank mijozlarining ma`naviy-axloqiy sifatlariga tobora ko’p e`tibor berilmoqda. Bu sifatlarning Yetarli darajada aniq baholash imkonini beruvchi testlar va uslublar yaratildi.
Ana shunday testlardan biri "qizil signallar tizimidir". U xorij banklariningg tajribalarining qo’rsatishicha mijozlarning ishonchliligini aniqlashga imkon beradi.
Qarz oluvchi tarixidan signallar; "qizil signallar tizimi" to’g’risida qisqacha to’xtalamiz. Bu tizim qarz oluvchining faoliyatiga baho beruvchi bir necha bo’limlardan iborat:
Yaqin o’tmishdagi moliyaviy noqobilligi.
Qarz oluvchi ma`lumotlaridagi nomutanosibliklar va qarama - qarshiliklar.
Qarz oluvchini boshqarishga doir "signallar".
Qarz oluvchi ishonchli aloqalari mavjud, hamkorni qidirmoqda.
Boshqaruvchining past ma`naviy sifatlari.
Boshqarish uchun xodimlar, oila a`zolari, kompaniya xo’jayinlari orasida kurash.
Boshqarishdagi tez - tez o’zgarishlar.
Boshqaruvchining xovliqma xarakteri.
Boshqaruvchilarning kreditlash jarayonini tezlashtirishga harakat qilishlari.
Aylanma aktivlar. Ishlab chiqarish faoliyatini aks ettiruvchi "signallar".
Mol Yetkazib beruvchilar va xaridorlar qatorini farqlardi.
Qarz oluvchinig o’z debitorlari ustidan nazorati susayganligi.
Qarz oluvchining bugungi kunda muammolarni boshidan kechirayotgan soxaga tegishliligi.
Balansining aktiv va passiv moddalari bo’yicha mutanosibligi.
Kreditlashga tegishli "signallar".
Qarz oluvchi kredit maqsadini aniq ko’rsatmaydi.
Qarz oluvchida qarzni to’lash bo’yicha aniq dastur yo’q.
Kreditni to’lash bo’yicha zahira mablag’lari yo’q.
Qarz oluvchi maqsadi moddiy ta`minotga ega emas.
Qarz oluvchining kredit savolnomasi yomon asoslangan.
Qarz oluvchi bir vaqtning o’zida ham aktivlari, ham umumiy kapitali garoviga ssuda olishni mo’ljallagan.
Kredit bevosita kiymat tashkil etiluvchi, ishlab chikarish jarayoniga emas, balki muomala sohasiga yunaltirilgan.
Kreditni qaytarish muddati to’liq asoslanmagan.
Belgilangan normalardan chetlashish "signallari".
O’z xo’jalik faoliyati bo’yicha hisobot ma`lumotlarini taqdim etish davriyligidagi buzilishlar.
Bank hisob varaqlarini yuritishdagi normalardan chetlashishlar.
Kreditlash shartlarini qayta ko’rilishi; kreditni qaytarish sxemasidagi o’zgarishlar; ssudani cho’zish bo’yicha iltimoslar.
Xo’jalik faoliyati moliyaviy ko’rsatkichlarini rejadan farqlanishi.
Qarz oluvchining mahorati va hisob tizimlarida chetlanishlar.
Natsional De Pari (Frantsiya) bankida individual mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashga doir misol.
Ko’rsatkichlar
|
Haqikatdagi ma`lumotlar
|
O’rtacha statistik ma`lumot
|
Kasbi bo’yicha o’rtacha
|
Yoshi
|
20 yil
|
0,25
|
30
|
Bitta ish o’rnida ishlagan vaqti
|
2,5 yil
|
0,15
|
2
|
Ish joyi
|
Bank
|
|
|
Yillik daromadi
|
100 ming frank
|
2%
|
Ma`lumot mahsus
|
Oilaviy holati
|
Oilali, 1ta bolasi bor
|
2%
|
|
Ssuda muddati
|
1 yilgacha
|
2 yil
|
3 yil
|
4 yil
|
5 yil
|
Kreditga layoqatlilik sinfi
|
|
|
|
|
|
5 (a`lo kredit ga layoqatli)
|
40 %
|
60 %
|
80 %
|
100 %
|
120 %
|
4 (yaxshi)
|
20 %
|
30%
|
-
|
-
|
-
|
3 (o’rta)
|
10 %
|
15 %
|
-
|
-
|
-
|
2 (qoniqarli)
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Kreditga layoqatlilikni baholash bilan birga bank kreditdan foydalnishning iqtisodiy samaradorligini ham tekshiradi. Buning uchun qarz oluvchini kredit olishdan maqsadini tasdiqlovchi hujjatlar ko’rib chiqiladi. Bank qarz oluvchining maqsadini realligini va haqqoniyligini, ularni (talab, taklif, sifat va miqdor, narxi, raqobatchilarning qarshiligi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha) shakllanayotgan bozor konyukturasiga mos kelishini baholaydi. Shu bilan birga, bank mijoz kredit so’ragan faoliyat turi bo’yicha daromad va xarajatlarni solishtiradi. Bank kreditdan foydalanish natijasida mijozning o’z xarajatlarini qoplashi va kreditning qaytarilishiga Yetarli daromad olishga imkon bo’lishi lozim.
Ana shunday baholashlarga asosan bank kreditni berish (yoki uni rad etish) to’g’risidagi qaror qabul qiladi. Mijozning kreditga layoqatliligiga qarab bank kredit bo’yicha foiz, muddat va summasini o’zgartirishi mumkin. Bu parametr qarz oluvchi bilan muqokama etiladi va kredit shartnomasida belgilab qo’yiladi.
Ko’rib chiqqanimizdek, turli mamlakatlarda kreditga layoqatlilikni aniqlashda turlicha yondashuvlar bo’lsada, ularning asosiy maqsadi bank tomonidan beriladigan kreditlarning samarali ishlatilishi va ularning o’z vaqtida bankka qaytib kelishini ta`minlashdan iborat.
TIJORAT BANKLARINING VOSITACHILIK OPERATSIYALARNING MOHIYATI VA TURLARI.
Banklar komission operatsiyalarni ham olib boradilar, ya’ni bunda banklar mijozlarning hisobidan ularning turli topshiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul o‘tkazish bilan bog‘liq. Bunda mijoz o‘z bankiga uning hisobidagi ma’lum bir summani ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha o‘tkazishni yuklatadi.
Operatsiya nihoyasiga etganidan so‘ng bank mijoziga pul o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatni yuboradi yoki beradi. O‘tkazilgan operatsiya uchun bank vositachilik haqini oladi.
Komission operatsiyalar turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin (31-chizma).
Komission operatsiyalar
Akkreditiv operatsiyalar
Inkasso ope-ratsiyalari
Faktoring operatsiyalar
Ishonch operatsiyalarи
Trast operatsiyalar
31-chizma. Komission operatsiyalarning turlari.
Akkreditiv operatsiyasida bank o‘z mijozidan uchinchi bir shaxs, ya’ni akkreditiv ochilgan shaxsga (benefitsiarlarga) to‘lov summasini o‘tkazish haqida topshiriq oladi.
Bu hisob-kitobni amalga oshirish uchun tovar sotib olgan tadbirkor sotuvchiga berishi kerak bo‘lgan summani avvaldan bankka qo‘yishi mumkin. Tegishli tovarni yoki unga tegishli bo‘lgan hujjatlarni olish sharti bilan tadbirkor o‘z bankiga sotuvchiga pul to‘lashni yuklatishi mumkin.
Inkasso operatsiyalari – bank tomonidan mijozlarga ularning o‘z topshiriqlari va o‘z hisoblaridan turli hujjatlar bo‘yicha pul olish jarayonini ta’minlaydi. Inkasso operatsiyalari cheklar, veksellar, tovar hujjatlari va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Umuman, inkasso xaridor hisobvarag‘idan pul summasini olish bo‘yicha bank harakatini bildiradi. Qimmatli qog‘ozlarni inkassolashtirishda mijoz ularni bankka shu qog‘ozlarni chiqargan mamlakat bozorida sotish uchun beradi.
Faktoring – mijozga aylanma kapital uchun kredit berish bilan birgalikda o‘tkaziladigan savdo-vositachilik operatsiyalariga tegishlidir. Bunda bank mijozning qarzga oid talablarini, ularni yetkazib berish qiymatining 80 foizini shu zahoti to‘lash va qolgan qismini kredit uchun foizlar va vositachilik haqini chiqarib tashlab to‘lash sharti bilan sotib oladi.
Vositachilik operatsiyalarining o‘ziga xos yana bir turi ishonch operatsiyalaridir. Bunda bank mijoz topshirig‘i bo‘yicha ma’lum mulkni, pul yoki qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida saqlash, o‘tkazish va boshqarishni o‘z zimmasiga oladi.
Bularga, shuningdek, savdo-vositachilik operatsiyalari – mijoz topshirig‘i bo‘yicha qimmatli metall va qimmatli toshlarning oldi-sotdisi, qimmatli qog‘ozlar va hokazolarning oldi-sotdisi ham kiradi.
Bankning trast operatsiyalari ham vositachilik operatsiyalarining turi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda mulkka egalik qilishning keng tarqalgan shakli - bu aksiya, obligatsiya va pul mablag‘larini bir egalikdan (shaxsdan) ikkinchi egalikka (shaxs nomiga) o‘tkazishni ham banklar orqali amalga oshirilishidir. Moliyaviy vositalar va moliyaviy aktivlar summasining ko‘payishi natijasida tijorat banklari trast (ishonchli) operatsiyalarning ko‘lami ham kengayib bormoqda. Rivojlangan davlatlarda banklarning eng rivojlangan bo‘linmalaridan biridir.
Xorijiy mamlakatlarda tijorat banklarining trast departamentlari mijoz topshirig‘iga binoan ishonch bildirgan shaxs huquqlari bo‘yicha ish ko‘radilar. Shuningdek, mijozlarning pul mablag‘larini boshqaradilar va boshqa moliyaviy vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiradilar. Banklar trast operatsiyalarini nafaqat jismoniy shaxslar bo‘yicha, balki yuridik shaxslar uchun ham amalga oshiradilar.
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi trast xizmatlari turlari mavjud:
merosni boshqarish;
ishonch va vasiylik bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish va boshqalar.
O‘z mijozlarining kapitalini boshqarish bugungi kunda juda keng tarqalgan trast operatsiyalarining bir turidir. Bunda banklar mijozlarining ma’lum pul mablag‘larini boshqarishga oladilar va ularni mijoz bilan kelishgan holda joylashtiradilar. Mijoz bunda o‘z mablag‘larini ishlatish tartibini belgilaydi. Nufuzli banklarda kapitalni bunday tartibda boshqarishning besh turi mavjud (30-jadval).
Trast bitimi – muayyan qimmatli qog‘ozlar to‘plamini ishonch asosida boshqarishga tayanadigan fond bo‘yicha shartnomaviy kelishuv.
Trast kompaniya – xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir saqlanadigan (ishonchli) xizmatlarni bajaradigan kompaniya.
Trast-vakil – ishonch bildirilgan vakil.
Trast bitimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda bank mijozga mablag‘larni qo‘yish va ularning oqibatlari to‘g‘risida xatlar yuborib, uni doimiy ravishda xabardor qilib turadi. Agar salbiy moliyaviy holatlar yuz bersa, bank mijoz oldida javobgar bo‘lmaydi. Bu holat asosan aksiyalarga sarflangan mablag‘larga tegishli bo‘lib, ularning bahosi ba’zida oshishi yoki pasayishi mumkin.
30-jadval.
Kapitalni boshqarishning turlari
№
|
Kapitalni
boshqarishning
turlari
|
I Z O H
|
1.
|
Qattiq konservativ
|
mijozning mablag‘lari faqatgina eng ishonchli bo‘lgan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning davlat qimmatli qog‘ozlariga sarflanadi. Bunda zarar ko‘rish xavfi umuman bo‘lmaydi.
|
2.
|
Konservativ
|
mablag‘larni rivojlangan mamlakatlarning davlat qimmatli qog‘ozlariga va yirik xalqaro banklar depozitlariga qo‘yish nazarda tutiladi. Lekin bunda banklarning sinish holati mavjud bo‘lganligi sababli bu tartibda mablag‘larni joylashtirish mijozlarga so‘zsiz foyda olishlarini har doim ham kafolatlamaydi.
|
3.
|
O‘rtacha konservativ
|
mablag‘larni jahonning asosiy fond birjalarida baholangan aksiyalarga qo‘yish tushuniladi. Investitsi-yalashning bu yo‘nalishi foyda bilan bir qatorda zarar ko‘rish xavfini ham tug‘diradi.
|
4.
|
O‘rtacha agressiv
|
bu mablag‘larni fan-texnika taraqqiyotini belgilab beruvchi kompaniyalarning aksiyalariga sarflanishini bildiradi. Bunda ularning kursi tebranib turadi. Shu tufayli kapitalni boshqarishning bu turi ayrim risklar bilan bog‘liq bo‘ladi.
|
5.
|
Agressiv
|
bu mablag‘larni «Osiyoning to‘rt ajdarhosi» (Gonkong, Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya) kompaniyalarining aksiyalariga sarflashni ta’minlaydi. Bunda katta foyda bilan birga katta zarar ko‘rish ham mumkin.
|
Masalan, 1987-yilda Nyu-York fond birjasidagi aksiyalarning kursi taxminan 2 marta pasaygan. Bunday hollarda mijoz qolgan mablag‘larini olib, ularni boshqarishni boshqa bank departamentiga o‘tkazishi mumkin. O‘zbekistonda tijorat banklari amaliyotida trast operatsiyalarini qo‘llash imkoniyati asta-sekin rivojlanib bormoqda.
Komission (vositachilik) operatsiyalarini amalga oshirishda banklar o‘z mablag‘larini biror sohaga yoki faoliyat turiga qo‘ymaydilar va mijozlarga ssuda bermaydilar. Ular faqatgina o‘z mijozlarining to‘lov topshiriqnomasini bajaradilar, shuning uchun komission operatsiyalar bo‘yicha bank daromadi foiz shaklida emas, balki vositachilik uchun mukofot shaklida bo‘ladi.
Tijorat banklari o‘z mijozlarining turli xil to‘lov topshiriqnomalarini bajarishi va o‘zaro operatsiyalarini amalga oshirish uchun bir-biri bilan korrespondentlik aloqalarini o‘rnatadilar.
Masalan, o‘z filiallari yoki bo‘linmalariga ega bo‘lmagan joylarda bank mijozlarning to‘lov topshiriqnomalarini boshqa bank orqali, cheklar, akkreditivlar va boshqa shakllar bo‘yicha maxsus korrespondentlik kelishuvini tuzib, amalga oshiradilar. Bunda u korrespondent banklar cheklar, akkreditivlar to‘lashni o‘z zimmasiga oladi. Banklar o‘rtasidagi talab va majburiyatlar maxsus korrespondent schyotlarida aks etadi.
Korrespondentlik munosabatlarini amalga oshirishda banklar tomonidan shifrlar tizimi qo‘llanadi. Teleks xabarlari banklararo muno-sabatlarda hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Bank tizimida qo‘llaniladigan telekslar ichki va xalqaro bo‘lishi mumkin.
Bank foydasining manbalari, berilgan kreditlar bo‘yicha bank oladigan foizlarning oshirilishi, qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan investitsiyalar (qo‘yilmalar) bo‘yicha foiz va dividendlar, hisob-kitob, faktoring, trast va boshqa vositachilik operatsiyalaridan olinadigan vosi-tachilik mukofotlari, birja bitimlari bo‘yicha valuta operatsiyalaridan keladigan tushumlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bu tushumlar bankning likvidligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
FAKTORING VA FORFEYTING OPERATSIYASINING BANK UCHUN AHAMIYATI.
Faktoring operatsiyalari Adliya vazirligidan 2000 yil 3 avgustda 953-son bilan ro’yxatga olingan «Tijorat banklari tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini o’tkazish tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Faktoring - bank tomonidan o’z mijozlarining uchinchi shaxslardan pulni talab qilish huquqini bankka o’tib berishlari evaziga to’lovning katta qismini darhol qoplash, qarzni to’la qaytarishni kafolatlash, hisobvaraqlarni yuritish borasida xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari bilan moliyalash bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirishdir.
Bank tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’iga to’lovlarni talab qilib olish huquqini bankka o’tib berilgan to’lov talabnomalari bo’yicha faktoring shartnomasida o’zaro kelishilgan mablag’ni o’tkazib beradi.
Bank tomonidan faktoring shartnomasida ko’rsatilgan o’tkazib berilgan mablag’ summasi bilan to’lov talabnomasida ko’rsatilgan summa o’rtasidagi farq (diskont) bank daromadini tashkil qiladi.
Faktoring xizmatlari ko’rsatilishining majburiy sharti to’lovchida muddati o’tgan kreditorlik qarzining mavjud emasligidir.
To’lovchi tomonidan bankka faktoring xizmatini ko’rsatish asosida pul talabnomasini ijro etish muddati 90 kundan oshmasligi lozim.
Agarda bankka to’lovchilar tomonidan ushbu muddat davomida majburiyatlar to’lanmasa, mazkur majburiyatlar bo’yicha to’lovchilardan qonunchilikda belgilangan tartibda qarzdorlikni undirish choralarini ko’rishlari lozim.
Faktoring operatsiyalari quyidagilar bo’yicha amalga oshirilishi mumkin emas:
byudjet tashkilotlariga qo’yilgan talabnomalar;
jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari;
to’lovga layoqatsiz deb e`lon qilingan korxonalarning majburiyatlari;
zarar ko’rib ishlaydigan korxonalar;
nolikvid balansga ega korxonalar;
kapital quyilmalarni moliyalash;
eksport konsignatsiya kontraktlari;
kompensatsiyali va barter bitimlari;
bosqichma-bosqich yoki bo’nak asosida haq to’lanadigan ishlarga;
agar oldi-sotdi to’g’risidagi shartnomalarda to’lovchi shartnomada kelishilgan muddat davomida mahsulotni qaytarish huquqiga ega bo’lsa, shuningdek sotuvdan keyin xizmat ko’rsatish sharti mavjud bulsa.
Faktoring operatsiyalarni amalga oshirishda mijoz bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi.
faktoringga arizasi;
o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va to’lovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko’rsatish to’g’risidagi shartnomalar;
moddiy qiymatliklarning berilganligi, ishlarning bajarilganligi, xizmatlar ko’rsatilganligini tasdiqlovchi xujjatlar (tovar-transport yuk xatlari, ishonchnomalarning nusxasi, ishlarning qabul qilib olinganligi dalolatnomasi va x.k.);
to’lovchi tomonidan boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlar ro’yxati;
to’lovchining moliyaviy holatini aniqlash uchun zarur bo’lgan hujjatlar.
Faktoring xizmati ko’rsatilishi to’g’risidagi bank va mijoz o’rtasida tuziladigan shartnomada quyidagilar ko’rsatilishi shart:
pulni talab qilish huquqi o’tib berilayotgan to’lovchilar;
o’tkazib berilayotgan talabnomalarning umumiy summasi;
diskont summasi;
shartnomaning amal qilish muddati;
tomonlarning shartnoma shartlari buzilganda o’zaro talab qo’yish muddatlari;
shartnoma shartlarini buzganlik uchun tomonlarning javobgarligi;
shartnomani bekor qilish shartlari;
konunchilikda ko’zda tutilgan boshqa holatlar.
Bank tomonidan eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring xizmatlari xorijiy valyutada talab kilib olinguncha depozit hisobraqamiga ega bo’lgan yuridik shaxslarga 60 kundan oshmagan muddatga ko’rsatiladi.
Eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring xizmatlari ko’rsatishdan olinadigan bank daromadi xorijiy valyutadagi to’lov hujjatining nominal qiymati va ularning shartnomaga muvofiq bankka o’tib berilgan summasi o’rtasidagi farqdan iborat bo’lgan diskont tushuniladi.
Eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring xizmatlari ko’rsatishning majburiy sharti mijozda tegishli xorijiy sherik bilan oldin tuzilgan va hisobga olingan eksport shartnomalari bo’yicha muddati o’tgan debitorlik qarzining mavjud emasligidir.
Bank faqatgina belgilangan tartibda hisobga olingan eksport shartnomalari bo’yicha xorijiy vakil banklardan olingan bank kafolati summasidan ortiq bo’lmagan miqdorda yoki ushbu eksport shartnomasi bo’yicha ochilgan chaqirib olinmaydigan akkreditivlar summasidan ortiq bo’lmagan miqdorda faktoring xizmatlarini ko’rsatadi.
Eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring operatsiyalarini amalga oshirishda vakolatli bank, shartnomada kelishilgan miqdorda diskont summasini chegirgan holda mijoz tomonidan bankka o’tib berilgan summadagi mablag’ni mijozning xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha tranzit depozit hisobraqamiga o’tkazib beradi. Mijoz, uning valyuta hisobraqamidagi tushgan xorijiy valyuta mablag’laridan to’la hajmda, diskont summasini chegirib tashlamagan miqdorda majburiy sotishni amalga oshirishi lozim.
Lizing va faktoring amallari bo’yicha operatsiyalar ularning holatiga mos holda Adliya vazirligida 1999 yil 11 fevralda 632-son bilan ro’yxatdan o’tgan Tartibiga muvofiq tasniflab borilishi lozim..
Faktoring - xo’jalik yurituvchi sub`ektlar - Yetkazib beruvchilarni (matn davomida - mijoz) moliyalashga doir bank xizmatlarining bir turi bo’lib, bunda ular bank - moliyaviy agentga Yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovchilar (matn davomida - to’lovchi) tomonidan aktseptlangan, lekin to’lov talabnomalari bo’yicha haqi to’lanmagan to’lovni, regress huquqisiz, olish huquqini beradilar.
Banklar faktoring operatsiyalarini ularning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraqlari joylashgan Yerdagi mijozlar bilan shartnomalar asosida amalga oshiradilar.
Faktoring xizmatlarini ko’rsatish asosida to’lovchi tomonidan moliya agentiga pul talabini bajarish muddatlari 90 kundan oshmasligi kerak (ushbu nizomning 3.1-bandida nazarda tutilgan holdan tashqari). Banklar to’lovchilardan qarzni undirish bo’yicha ushbu muddatda to’lanmagan majburiyatlarga doir choralarni qonunlarda belgilangan tartibda ko’rishlari kerak.
Faktoring operatsiyalari:
- byudjet tashkilotlariga taqdim etiladigan talablar bo’yicha;
- jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari bo’yicha;
- to’lovga noqobil deb e`lon qilingan korxonalarning majburiyatlari bo’yicha;
- zarar ko’rib ishlaydigan korxonalar bo’yicha;
- kapital qo’yilmalarni moliyalash bo’yicha;
- eksportga oid konsignatsiya kontraktlari bo’yicha;
- kompensatsiya va barter bitimlari bo’yicha;
- ishga bosqichma-bosqich yoki bo’nak bilan haq to’lash bo’yicha;
- to’lovchi shartnomada shartlangan vaqt mobaynida, shuningdek, sotish xizmati ko’rsatilganidan keyin mahsulotni qaytarish huquqiga ega bo’lgan oldi-sotdi shartnomalari bo’yicha amalga oshirilishi mumkin emas.
Faktoring operatsiyasini o’tkazish choјida bank pul mablaјlarini ular haqini to’lash huquqi faktoring shartnomasida ko’rsatilgan summada bankka taqdim etilgan to’lov talabnomalari bo’yicha mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraјiga o’tkazadi.
Bank tomonidan o’tkazilgan summa bilan shartnoma bo’yicha to’lov talabnomasi summasi o’rtasidagi farq bank diskontini tashkil etadi.
To’lovchida muddati o’tgan kreditorlik qarzining yo’qligi faktoring xizmatlarini ko’rsatishning majburiy sharti hisoblanadi.
Agar shartnomada boshqa narsa ko’zda tutilmagan bo’lsa, bank tomonidan pul talabi huquqining keyin berilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Shartnoma tuzish tartibi
Mijoz shartnoma tuzilgunga qadar bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va to’lovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish shartnomasi;
- moddiy boyliklar berilgani, ishlar bajarilgani va xizmatlar ko’rsatilganini tasdiqlaydigan hujjatlar (tovar-transport yukxatlari, ishonchnomalarning ko’chirma nusxalari, ishlarni qabul qilish dalolatnomalari va hokazo);
- to’lovchi tomonidan boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlar ro’yxati;
- to’lovchining moliyaviy holatini belgilash uchun zarur hujjatlar.
Bankning mijoz bilan faktoring xizmati ko’rsatishga doir shartnomasida quyidagilar ko’rsatiladi:
- ularga nisbatan pul talabining berilishi amalga oshirilayotgan xaridorlar;
- berilayotgan talablarning umumiy summasi;
- diskont summasi;
- shartnomaning amal qilish muddati;
- taraflar tomonidan shartnoma shartlari buzilgani uchun da`volarni bayon etish muddatlari;
- shartnoma shartlari buzilgani uchun taraflarning mas`uliyati;
- shartnomani bekor qilish shartlari;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shartlar.
Faktoring xizmatlarini ko’rsatish shartnomasini tuzish choјida mijoz va bank-moliyaviy agent to’lovchini ushbu bitim to’јrisida yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
To’lovni amalga oshirish uchun to’lovchining talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraјida mablaјlar Yetishmagan taqdirda to’lovchining banki bank - moliyaviy agentga to’lov talabnomasining 2-son kartotekaga qabul qilinganini ma`lum etadi.
Shartnoma:
- taraflarning o’zaro kelishuviga;
- bank shartnoma shartlarini buzgan taqdirda Yetkazib beruvchining tashabbusiga;
- Yetkazib beruvchi shartnoma shartlarini buzgan taqdirda bankning tashabbusiga;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlarga binoan bekor qilinishi mumkin.
Bunda taraflar shartnomaning amal qilishini shartnomada belgilangan muddatlarda bekor qilish to’јrisida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qiladilar.
Shartnoma bir taraf tomonidan bekor qilingan taqdirda o’zaro da`volar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Vakolatli banklar tomonidan eksport operatsiyalari
Bo’yicha xorijiy valyutada faktoring xizmatlari
Ko’rsatilishi
Eksport mahsulotlari bo’yicha faktoring xizmatlarini vakolatli banklar xorijiy valyutada talab qilib olingungacha depozit hisobvaraјi bo’lgan, faqat o’zlari xizmat ko’rsatadigan korxona va tashkilotlarga, 60 kundan oshmaydigan muddat bilan ko’rsatadilar.
Ular tomonidan faktoring xizmatlari ko’rsatilishi choјida bank daromadlari deganda xorijiy valyutada to’lov hujjatining nominal qiymati bilan uning shartnomaga muvofiq bankka berilish summasi o’rtasidagi farq bo’lgan diskont tushuniladi.
Yetkazib beruvchi tegishli xorijiy sherik bilan tuzgan, ilgari hisobga qo’yilgan eksport kontraktlari bo’yicha Yetkazib beruvchi korxonada muddati o’tgan debitorlik qarzining yo’qligi eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring xizmatlari ko’rsatilishining majburiy sharti hisoblanadi.
Vakolatli banklar faqat belgilangan tartibda o’zlari hisobga qabul qilgan eksport kontraktlari bo’yicha va xorijiy korrespondent banklarning bank kafolatlari olingan yoki mazkur kontraktlar bo’yicha ochiq chaqirib olinmaydigan akkreditivlar summasidan oshmaydigan summada faktoring xizmatlarini ko’rsatadi.
Vakolatli bank eksport kontraktlari bo’yicha faktoring operatsiyasini o’tkazish choјida mijozning talab qilib olingungacha tranzit depozit hisobvaraјiga mablaјlarni, shartnomada ko’rsatilgan diskont summasini chegirgan holda, Yetkazib beruvchi tomonidan beriladigan talablar summasida erkin almashtiriladigan valyutada o’tkazadi. Mijozning tranzit hisobvaraјiga hisoblab yozilgan valyuta mablaјlaridan majburiy sotishni mijoz to’liq hajmda, diskont summasini chegirmasdan amalga oshiradi.
Pul talabi huquqini berish to’јrisidagi shartnoma imzolanganidan keyin mijoz bu xususda xorijiy kontragent va uning kafili (kafolatchisi)ni xabardor qilishi va ushbu to’lov hujjatlari bo’yicha to’lovni amalga oshirish uchun ularga bank - moliyaviy agentning bank rekvizitlarini ma`lum etishi shart.
Agar to’lash shakli sifatida akkreditiv qabul qilinsa, bu holda mijoz bank - moliyaviy agent foydasiga akkreditivni qayta rasmiylashtirish amalini o’z vaqtida amalga oshirishi, so’ngra bankni qayta rasmiylashtirish holatidan xabardor qilishi shart.
Mazkur Nizomning 1.9, 1.10, 2.3, 2.4, 2.6 va 4.6-bandlari amal qilishi eksport operatsiyalariga doir faktoring xizmatlariga tatbiq etilmaydi.
Banklarning faktoring operatsiyalari
Bo’yicha hisobi va keyingi nazorati
Faktoring operatsiyalari hisobi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 13 iyulda 773-son bilan ro’yxatga olingan "O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi "xisobvaraqlar rejasi"ga muvofiq yuritiladi.
Faktoring operatsiyalari bo’yicha to’lov hujjatlari hisobini yuritish uchun bank tomonidan kutilmagan holatlar hisobvaraqlarida 90966-"Xarid qilingan debitorlik qarzlari - Faktoring" shaxsiy hisobvaraјi ochiladi. Ushbu hisobvaraq debeti bo’yicha xarid qilingan debitorlik qarzlarining to’liq summasi aks ettiriladi, kredit bo’yicha esa to’lovchilar to’liq so’ndirgan xarid qilingan debitorlik qarzlari hisobdan chiqariladi.
Taraflar tomonidan faktoring (pul talabini berish) to’јrisidagi shartnoma imzolanganidan keyin bank-moliyaviy agent mablaјlarni mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraјiga, diskont summasini chegirgan holda, o’tkazishni amalga oshiradi.
Mablaјlarni mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraјiga o’tkazishni bank memorial-orderlar bilan amalga oshiradi, ular ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa hisobvaraqlar bo’yicha buxgalteriya operatsiyalari amalga oshirilganidan keyin bankning kun hujjatlariga joylashtiriladi, ikkinchi nusxasi belgilangan tartibda mijozga yuboriladi.
Mijoz hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirishga qo’yiladigan barcha talablarga rioya etilishi, shuningdek, u tomonidan bankka berilgan pul talablari bo’yicha uning bank hisobvaraјiga biror-bir sabablar bilan hisoblab yozilgan mablaјlarni o’z vaqtida o’tkazish uchun (keyingi bank kunidan kechiktirmay) javobgardir.
Faktoring operatsiyalarida mijoz to’lov talabnomasining yuqori qismida shtamp qo’yishi yoki "Faktoring" deb yozib qo’yishi va kredit bo’yicha bank-moliyaviy agent faktoring hisobvaraјining raqamini ko’rsatishi kerak.
Faktoring operatsiyalariga xos bo’lgan yuqori darajadagi xatar munosabati bilan banklar har oyda Adliya vazirligi 1999 yil 11 fevralda 632-son bilan ro’yxatga olgan "Tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash. ularga doir ehtimoliy talafotlarni qoplash uchun barpo etiladigan rezervlarni shakllantirish va ishlatish tartibi"ga muvofiq faktoring operatsiyalari sifatini
Xorijiy davlatlarda faktoring operatsiyasiga o’xshash forfeyting operatsiyasi xisoblanadi. Lekin faktoring operatsiyasidan farqli forfeyting operatsiyasi bir martalik operatsiya xisoblanib, u tovarlar va xizmatlar uchun sotib oltngan xuquqni qayta sotish orqali pul mablag’larini jalb qilish bilan uzviy bog’liq.
Forfeyting so’zi frantsuzcha «forfait» ya`ni xuquqdan voz kechish ma`nosini anglatadi. Forfeyting operatsiyasining mazmuni shundaki, bunda ishlab chiqaruvchi (kreditor) bankga xaridor (qarzdor, tlovchi) aktseptlangan. Lekin to’lov muddati kelmagan xamda regress xuquqsiz o’z tijorat vekselini sotadi. Tijorat vekseli bankga (forfeytorga) beriladi. Tijorat vekselining egasi (ishlab chiqaruvchi), bankdan forfeting xisob stavkasi summasi chiqarib tashlangan qolgan barcha summani darxol oladi. Shuni ta`kidlash lozimki, forfeting xisob stavkasi barcha boshqa kreditlash stavkalaridan yuqori yuradi. Forfeyting xisob stavkasi quyidagi omillardan iborat:
qarzdorning toifasiga (yoki obrusiga)
beriladigan kreditning muddatiga:
Veksel Yeziladigan valyutaga (albatta erkin almashtiriladigan valyutada yozilgan veksel ishonchli xisoblanadi)
Vekselning tlov muddati kelganda, bank-forfeytor uni tloviga tlash uchun takdim etadi. Bu Yerda shuni ta`kidlash lozimki, vekselni emitenti (ishlab chiqaruvchi) tlovga nokobil blib qolishdan qat`iy nazar bank –feytor vekselni aktseptlangan tlovchidan barcha qarz summasini undiri boladi va bu bankiga sezilarli daromad keltiradi.
Tashki tomondan forfeyting operatsiyasi bank tomonidan veksellarni xisobga olish operatsiyasiga uxshab ketadi. Lekin bu operatsiya forfeytor va vekselni sotib oluvchining xuquq va majburiyatlarining xajmi bilan katta farq qiladi. Bu Yerda forfeytor veksel sotuviga nisbatan regress xuquqini kullay olmaydi va z vaqtida ushbu vekselning egasi vekselda kuzda tutilgan barcha tlovchidan kerakli tlovni tlashni talab etish xuquqiga egadir. Xorijiy bank amaliyetida forfeyting operatsiyasi asosan tashki savdoni olib borishda qllaniladi. Bu operatsiyada bank-forfeytor yirik summadagi veksellarni turli muddatlarga (odatda 6 oydan 5 yilgacha) sotib oladi. Forfeyting aloxida veksel oldi-sotdisi bilan bog’liq bir martalik operatsiya xisoblanadi.
Forfeyting operatsiyalari tgan asrning 50 yillari oxiri va 60 yillari boshlarida xalqaro iqtisodiyot tarkibini zgarishi va xalqaro savdo konyuktura va tarkibidagi jiddiy zgarishlar natijasida paydo bldi. Buning natijasida ishlab chiqarish tovarlari sotuvchilari bozorda asta-syokin shu maxsulotlarni xaridorlari bozoriga aylandi.Xalqaro savdoda importerlar (ishlab chiqaruvchilar) tomonidan z tijorat veksellari muddatlarini odatdagi 90-180 kundan uzoq muddatga uzaytirish tendentsiyasi kuchayishi kzga tashlandi. Bu xolat ikkinchi jaxon urushidan sngi depressiyani yuzaga kelishi, bojxona karama-karshiligini pasayishi bilan bog’liqdir. Garbiy va Sharkiy Yevropa davlatlari rtasidagi savdo munosabatlarini tiklanishi va rivojlanishi, Osiye, Afrika va Lotin Amerika davlatlari bilan savdo munosabatlarini tez rivojlanishi natijasida sanoati rivojlangan garbiy Yevropa davlatlari (eksporterlar) z maxsulotlarini sotishda ma`lum qiyinchilikka tg’ri keldilar. Buning sababi shuki, bu tovarlarning ist`emolchilari (importerlar) vaqtinchalik moliyaviy tang axvolda edilar. Amaldagi kredit siyesati na eksporter tomonidan, na importer tomonni talabini kondira olmay qolgan edi. Forfeyting esa xuddi shu muammoni xal eta oladigan vosita sifatida bank xizmatlari olamiga kirib keldi.Forfeyting operatsiyasining boshlab bergan bank Shveytsariyaning “Kredit Suiz”banki xisoblanadi va z vaqtida Shveytsariya forfeyting operatsiyalarini olib boruvchi yirik banklar markazi xisoblanadi.
Forfeyting operatsiyasida xaridorlarning kreditga olgan tovarlarrining asosiy qismi aksariyat xallarda veksel bilan rasmiylashtiriladi shu sababli forfeyting operatsiyalarida oddiy (solo) va tkazma (tratta) tijorat veksellardan keng foydalaniladi. Shuni ta`kidlash lozimki, forfeytorlar kredit operatsiyalarida valyuta xatarini olish maqsadida birga xisob –kitoblarni faqatgina ba`zi valyutalarda.ya`ni ushbu valyutalarga talabning YUqoriligi va ularni tezda xamda xech kanday tusiqlarsiz qaytamoliyalashtiriladigan valyutalarda olib boradilar. Xozirgi davrda xalqaro forfeyting amaliyetida xisob –kitoblar asosan AKSH dollari,Yevro va Shveytsariya frankida olib borilmokda.
Forfeyting operatsiyasini olib borishda forfeytor xalqaro savdo va kredit bitimlariga bilvosita va bevosita ta`sir etuvchi kplab xuquqiy, iqtisodiy va siyesiy omillari xam xisobga oladi, taxlil etadi va ijobiy natijaga erishish kelajagi blsa, forfeyting operatsiyasini boshlaydi.
Forfeyting operatsiyasida agar birinchi darajali qarzdor degan YUqori mavze-obruga ega blmasa, bu xolatda u bilan barcha forfeyting operatsiyasi boshqa bank kafolati (avol shaklida) bilan ta`minlanishi lozim. Forfeyting operatsiyasida ushbu shartni bajarilishi juda katta axamiyatiga ega. Buning sababi shundaki, qarzdor tomonidan qarzni tlamagan xolatda forfeytor faqatgina bank kafolatiga tayanadi, aks xolda u yirik miqdorda zarar krib qolishi mumkin. Masalan, Rossiya Federatsiyasida 1994 yilning ikkinchi yarimidan boshlab forfeytingning ta`minlanganlik shaklidan foydalanib kelinmokda. Buning ma`nosi shuki, Rossiya Federatsiyasida joylashgan importerlar tomonidan aktseptlangan veksellar byicha tlov kafolatini (aval shaklidagi) faqatgina Rossiyaning yirik, moliyaviy mustaxkam tijorat banklari beradi.Bu veksellar (aktseptlangan) shundan keyingina xorijiy tijorat banklar tomonidan regress xuquqisiz qabul qilinadi.
Forfeyting operatsiyalarini olib borishda bank-forfeytor tijort vekselni kreditning butun muddati uchun avans tariqasida xamda foizlarni (diskontni) chegirib tashlagan xolda sotib oladi. Buning natijasida eksporter pul manbalarini darxol olish imkoniyatiga ega bladi. Bunday xolatda eksporter faqatgina tovarlarni z vaqtida va tliq Yetkazib berish yuzasidangina majburiyatlarni z zimmasiga oladi. qolgan barcha xatarlar (iqtisodiy, xuquqiy va siyesiy) avtomatik ravishda forfeytor-bankiga utadi. Shuni aloxida ta`kidlab tish lozimki, veksel byicha xisob stavkalarining qat`iy belgilanligi eksporter uchun forfeyting operatsiyasini yanada kulayrok va balans munosabatlarini sodda xisob- kitob shakliga aylantiradi.
BANK PLASTIK KARTОCHKALARI ORQALI TO’LOVLARNI AMALGA OSHIRISH.
Do'stlaringiz bilan baham: |