Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji



Download 0,67 Mb.
bet15/164
Sana01.01.2022
Hajmi0,67 Mb.
#297692
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   164
Bog'liq
6. ma'ruza matn Bux. xisobi va audit

Majburiyatlar turli shaklda boiishi mumkin. Agar xo'jalik yurituvchi subyekt qarz olib uni qaytarishga og'zaki va'da bergan bo'lsa, u holda xo'jalik yurituvchi subyektning bu majburiyati muayyan xo'jalik yurituvchi subyekt

(qarz olgan xo'jalik yurituvchi subyekt) uchun kreditor qarz deb, qarz bergan xo'jalik yurituvchi subyekt (kreditor) uchun debitor qarz deb ataladi. Agar xo'jalik yurituvchi subyekt qarz olib uni qaytarish hakida va'dasini yozma hujjat shaklida bersa, u holda xo'jalik yurituvchi subyektnnng bu majburiyati muayyan xo'jalik yurituvchi subyekt (qarz olgan xo'jalik yurituvchi subyekt) uchun to'lanadigan veksel' deb, qarz bergan xo'jalik yurituvchi subyekt (kreditor) uchun olinadigan veksel' deb ataladi. Demak, veksel' muayyan miqdordagi qarzni belgilangan muddatda to'lash majburiyati yuklangan, qonunchilik va me'yoriy hujjatlarga rioya qilgani holda to'ldirib rasmiylashtirilgan qarzdorlik hujjati bo'lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga ko'ra bir yil ichida yoki bundan ham qisqa muddat ichida qaytariladigan qarzlar kreditor qarzlar deb, bir yil ichida to'lash mumkin bo'lmagan to'lanadigan veksel' uzoq muddatli majburiyat deb hisoblanadi.

Xo'jalik yurituvchi subyektlar zarurat tug'ilganda boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar (banklardan tashqari) va fuqarolardan hamda xorijiy huquqiy shaxslar va fuqarolardan qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlar olishi mumkin. Qarzga olingan mablag'lardan foydalangani uchun muayyan xo'jalik yurituvchi subyekt qarz bergan tegishli xo'jalik yurituvchi subyekt va fuqaroga hamda xorijiy huquqiy shaxs va fuqaroga ma'lum foiz to'laydi, agar kelishuvda bunday foiz to'lash kelishilgan bo'lsa.

Ijtimoiy mahsulotni taqsimlashga doir majburiyatlar (yoki hisob-kitoblar va har xil passivlar)ga: mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to'lanadigan uzoq muddatli schyotlar; berilgan veksellar; alohida bo'linmalarga, sho'ba va qaram xo'jalik jamiyatlariga bo'lgan uzoq muddatli qarzlar; muddati kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlar; olingan bo'naklar; mehnatga haq to'lashga doir qarzlar, byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzlar; sug'urta va davlat maqsadli fondlariga to'lovlar bo'yicha qarzlar; Ta'sischilarga bo'lgan qarzlar xodimlar uchun olingan kreditlar va boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar kiradi.

Kreditor qarzlar muayyan xo'jalik yurituvchi subyekt bilan boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar natijasida vujudga kelgan vaqtinchalik mablag'lar manbalaridir. Kreditor qarzlar asosan mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan moddiy qiymatliklar hamda pudratchilardan qabul qilingan ishlar va xizmatlar bo'yicha operatsiyalar natijasida vujudga keladi.

Xo'jalik yurituvchi subyektlardagi ishchi va xizmatchilarga mehnat haqi, asosan, har oyda ikki marta beriladi. Birinchi marta shu hisobot oyining

o'rtasida berilib, ishbay usulida haq oluvchi ishchi va xizmatchilarga bajarilgan ishining miqdori va sifatiga qarab, vaqtbay usulida haq oluvchi ishchi va xizmatchilarga esa oladigan oylik ish haqlari va ishlagan kunlariga qarab bo'nak beriladi. Oylik uzil-kesil hisob-kitob esa kelgusi oyning boshlarida o'tkaziladi. Shuning uchun ikki muddat orasidagi vaqtda bu mablag'lar xo'jalik faoliyatida ishlatilishi mumkin. Binobarin, xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan ishchi va xizmatchilarga ish haqi tarzida to'lanishi lozim bo'lgan qarzi xo'jalik yurituvchi subyekt xo'jalik mablag'larining vaqtincha manbai bo'lib xizmat qiladi.

Xo'jalik yurituvchi subyektlardagi xo'jalik mablag'larining tashkil topish manbalari ularning qanday mulkchilik shakllariga asoslanganligiga bogiiq.

Quyida xo'jalik yurituvchi subyekt xo'jalik mablag'larining tashkil topish manbalarini turkumlash keltiriladi.


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish