2. Mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shakllari ham auditorlik risklarning maqbul to’plamiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarinikiga qaraganda aktsiyadorlarining ishonchini ko’proq qozonganligi bois, auditorlik riskini pasaytirishi mumkin. Bu ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarida har xil mulkdorlar mavjudligi bilan izohlanadi. Shuningdek, aktsiyadorlarning manfaatlari har doim ham bir-birinikiga mos kelavermaydi va shuning uchun ham ular bir-birlarini nazorat qilib turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |