Mol-mulk solig‘i stavkalari, soliqdan imtiyozlar.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining stavkalari har yili keyingi moliya yil uchun tasdiqlanadigan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilanadi. 2016 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilangan.
Eksport mahsulot ishlab chiqaradigan va uni mustaqil ravishda sotadigan yoki ixtisoslashgan tashqi savdo birlashmalari va firmalari orqali sotadigan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy bo‘linmalari hisoblangan korxonalar uchun sotishning umumiy xajmida o‘zi ishlab chiqargan mahsulot (ish, xizmatlar) ning eksportdagi ulushiga bog‘liq holda molmulk solig‘ining tabaqalashtirilgan stavkalari belgilangan.
Mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga berilgan imtiyoz savdo-vositachi
korxonalarga, shuningdek, erkin almashtiriladigan valyutaga xom-ashyo tovarlari –
paxta tolasi, ip gazlama, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz kondentsati, rangli va qora metallarni eksport qiladigan ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq etilmaydi.
O‘zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining erkin almashtiriladigan valyutadagi hissasi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksportchi korxonalar uchun (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 12 oktyabrdagi PF-1871 soni farmoni bilan tasdiqlangan xom-ashyo tovarlari ro‘yxatidagilar bundan istisno): sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgachabelgilangan stavka 30%ga pasaytiriladi sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqori belgilangan stavka 50%ga pasaytiriladi.
Izoh:
Me‘yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig‘i ikki baravar miqdorda to‘lanadi.
Soliq stavkasi mol-mulkning qayta baholash natijasidagi qoldiq narxiga
qo‘llaniladi. Qayta baholash maqsadida korxonalarning asosiy vositalari deganda
quyidagilar tushuniladi:
-o‘zining asosiy vositalari;
-o‘rnatiladigan uskunalar;
-tugallanmagan qurilish ob‘ektlari;
-uzoq muddatga ijaraga olinadigan, shu jumladan uzoq muddatli lizing bo‘yicha olingan asosiy vositalar.
Asosiy vositalar qiymati har yili 1 fevralga qadar asosiy vositalarning 1 yanvar holatiga qarab qayta baholanadi. Qayta baholash chog‘ida korxona mutaxassis ekspertlarini jalb qiladi.
Yer uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob‘ektlarining qiymati qayta
baholanmaydi.
Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra quyidagi yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq solinmaydi:
a) notijorat tashkilotlarning mol-mulkiga (tadbirkorlik faoliyati uchun
foydalaniladigan mol-mulkdan tashqari).
Soliqqa tortish maqsadida notijorat tashkilotlar deganda quyidagilar tushuniladi:
faqat davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalanadigan, tasdiqlangan
smetalar doirasida xarajatlarni qoplashga budjetdan dotatsiyalar oladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar;
xayriya birlashmalar, uyushmalar va jamg‘armalar, xalqaro tashkilotlar,diniy birlashmalar va boshqa tashkilotlar:
1) ijtimoiy-xayriya yoki boshqa maqsadlar uchun barpo etilgan, tadbirkorlik
faoliyati uchun daromad olishni ko‘zlamasligi ta‘sis hujjatlarida qayd etilganlari;
2) moliyaviy va boshqa mablag‘larni mazkur tashkilotning xodimlari,
muassislari yoki a‘zolarining shaxsiy manfaatlari uchun taqsimlamaydigan va
investitsiyalamaydiganlari (mehnat uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
taqdirlashlardan tashqari);
b) xalq ta‘limi va madaniyat muassasalari ehtiyojlari uchun foydalaniladigan
mol-mulkka;
v) uy-joy-kommunal xo‘jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik
shahar xo‘jaligining mol-mulkiga.
g) nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg‘armasi va "O‘zbekiston chernobilchilari" uyushmasining mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga;
d) yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga, ro‘yxatdan o‘tgan
paytidan e‘tiboran ikki yil mobaynida. Mazkur imtiyoz tugatilgan (qayta tashkil
etilgan) korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy bo‘linmalarining ishlab chiqarish
quvvatlari va asosiy fondlari negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek
korxonalar huzurida tashkil etilgan yuridik shaxslarga nisbatan, basharti ular ana shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalarda ishlayotgan bo‘lsalar,
qo‘llanilmaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan (o‘z hududida mol-mulk joylashgan soliq to‘lovchilarga nisbatan) yuridik shaxslarga qo‘shimcha imtiyozlar berilishi ham mumkin.
Mol-mulk solig‘i hisoblab chiqarilayotganida soliq solinadigan baza
quyidagilarning qiymatiga kamaytiriladi:
soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan uy-joy-kommunal va ijtimoiy-madaniy soha ob‘ektlarining;
tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadida va yong‘inga qarshi
xavfsizlik uchun foydalaniladigan ob‘ektlarning;
mahsulot o‘tkazgichlar, aloqa yo‘llari (shu jumladan avtomobil yo‘llari),
aloqa va energiya uzatish liniyalarining, shuningdek ularni foydalanishga yaroqli
holda saqlab turish maqsadida qurilgan inshootlarning.
Mahsulot o‘tkazgichlarga quyidagilar kiradi:
-neft, neft mahsulotlari, kondensat quvurlari va quvur transportining boshqa
turlari, nasos, kompressor hamda taqsimlash stantsiyalari bilan birga;
-uy-joy-kommunal ob‘ektlari bo‘lmagan mintaqaviy gaz, bug‘ quvurlari, issiqlik trassalari, suv quvurlari, kanalizatsiya kollektorlari;
-buxgalteriya hisobotida alohida ob‘ektlar sifatida hisobga olinadigan alohida joylashgan tsexlar, konlar va karerlarning ayrim uchastkalari orasidagi mahsulotlarni harakatlantirish uchun ishlatiladigan yer osti, yer usti va havoda joylashtirilgan har xil ko‘rinishdagi quvurlar va transportyorlar.
Aloqa liniyalariga havo aloqa liniyalari, ularga ilib qo‘yilgan simlar va aloqa
kabellari, ustunli radiofikatsiya aloqa liniyalari, ularni belgilaydigan signal va o‘lchov ustunlari (qoziqlari), radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyasi, yer usti va yer ostidagi ularga xizmat qilinmaydigan kuchaytirish punktlari, taqsimlovchi shkaflar, qutilar, erga ulangan sim konturlari va boshqa aloqa inshootlari kiradi.
Energiya uzatish liniyalariga havo va kabelli elektr uzatish liniyalari kiradi.
Soliq solish maqsadida ularni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish
maqsadida qurilgan inshootlarga ustunlar, tabiiy va sun’iy to‘siqlardan o‘tishlar va
boshqa muhofaza inshootlari kiradi aloqa yo‘ldoshlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra to‘xtatib
qo‘yilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining;
shahar yo‘lovchilar transportining (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari), shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashiydigan umumiy foydalanishdagi avtomobil transportining (taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari);
yo‘l xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining yo‘llarni ta‘mirlash va saqlash
ishlarida band bo‘lgan transport vositalarining;
soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida
foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik
ob‘ektlarning;
lizingga olingan mol-mulkning, lizing shartnomasining amal qilish muddatiga;
xorijiy kredit hisobiga xarid qilingan asbob-uskunalarga, ushbu kreditni
so‘ndirish muddatiga, lekin u besh yildan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Mazkur imtiyoz quyidagilarga tatbiq etiladi:
a) soliq to‘lashga doir majburiyatlar yuzaga kelgan paytdan boshlab ushbu
kreditni so‘ndirish muddatiga, lekin besh yildan oshirmagan holda, mazkur asbobuskuna bo‘yicha mol-mulkka;
b) buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq to‘lovchining
balansida qayd etilgan etkazib berish, montaj qilish va ishga tushirish-sozlash
xarajatlarini o‘z ichiga oladigan asbob-uskunalarning butun qiymatiga.
Soliq to‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi amalga
kiritilishiga qadar qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan taqdim etilgan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugashiga qadar
saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |