Toshkent moliya institutu


Mol-mulk solig‘i to‘lovchilar, soliqqa tortish ob‘ekti va mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatini aniqlash tartibi



Download 101,73 Kb.
bet2/5
Sana16.04.2022
Hajmi101,73 Kb.
#555819
1   2   3   4   5
Mol-mulk solig‘i to‘lovchilar, soliqqa tortish ob‘ekti va mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatini aniqlash tartibi.

Soliq qonunchiligiga asosan mol-mulk solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, soliq


solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda, mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulkka ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha mol-mulki bilan javob bera oladigan hamda mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar tushuniladi.
Soliqqa tortishning alohida rejimi o‘rnatilgan ayrim toifadagi korxonalarga,
jumladan yagona yer solig‘ini to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar, yagona soliq to‘lovini to‘lovchi miqrofirma va kichik korxonalar hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda notijorat tashkilotlar uchun ularning asosiy faoliyati bo‘yicha mol-mulk solig‘ini to‘lash tatbiq etilmaydi.
Agar soliqqa tortishning alohida rejimi o‘rnatilgan yuridik shaxslar faoliyatning
asosiy turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulk solig‘ini to‘lashlari zarur bo‘ladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining ob‘ekti bo‘lib, asosiy
vositalar (shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar), tugallanmagan qurilish ob‘ektlari hamda belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar qiymati hisoblanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliqqa tortish bazasi
bo‘lib esa:
a) asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (shu jumladan moliyaviy ijara (lizing)shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar);
b) belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob‘ektining o‘rtacha yillik qiymati;
v) me‘yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalarning o‘rtacha yillik qiymati hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk ob’ektlari
bo‘yicha soliq solinadigan baza mazkur ob’ektlarga bo‘lgan mulk huquqini
tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi.
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar bir oydan kam
muddatga ijaraga berilgan mol-mulk bo‘yicha soliq solinadigan bazani bu molmulkning mazkur oyning oxirgi kunidagi holatga ko‘ra hisoblab chiqilgan qoldiq qiymatini o‘n ikkiga va shu oydagi kalendar kunlar soniga bo‘lishdan olingan, mazkur mol-mulk ijarada turgan kunlar soniga ko‘paytirilgan bo‘linma sifatida aniqlaydilar. Binoning bir qismi ijaraga berilgan taqdirda, soliq solinadigan baza umumiy maydoni bir kvadrat metrining qoldiq qiymatini ijaraga berilgan
maydonning o‘lchamiga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchi tomonidan
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash nazarda tutilmagan
faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi.
Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash nazarda tutilgan sof tushumning solishtirma salmog‘idan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliqqa tortiladigan
bazasini aniqlash uchun korxona balans aktivida aks ettiriladigan asosiy vositalarning eskirishini chegirgan holda, buxgalteriya hisobining quyidagi hisobvaraqlari bo‘yicha summalar qabul qilinadi:
1. Asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraqlari (0100);
2. Uzoq muddatga ijaraga olinadigan asosiy vositalarni hisobga olish
hisobvaraqlari (0300);
3. Tugallanmagan qurilishni (belgilangan muddatlarda qurilishi tugallanmagan ob‘ekt qismida) hisobga olish hisobvaraqlari (0800);
4. O‘rnatishga mo‘ljallangan uskunani (me‘yoriy muddatlarida o‘rnatilmagan uskuna qismida) hisobga olish hisobvaraqlari (0700).



Download 101,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish