Jahonda lizing operatsiyalarining geografik taqsimoti
№
|
Hududlar
|
Yillik hajmi (mlrd.
AQSh doll.)
|
Jahon bozoridagi ulushi, foizda
|
1.
|
Shimoliy Amerika
|
460,11
|
35,8
|
2.
|
Yevropa
|
427,03
|
33,2
|
3.
|
Osiyo
|
350,65
|
27,2
|
4.
|
Avstraliya/Yangi Zelandiya
|
28,51
|
2,2
|
5.
|
Janubiy Amerika
|
14,55
|
1,1
|
6.
|
Afrika
|
6,16
|
0,5
|
Hozirgi kunda amalga oshiriladigan xalqaro lizing operatsiyalarining yuqori ulushi AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. AQShda lizing yuksak sur’atlarda rivojlanishining muhim sabablaridan biri lizing operatsiyalarini rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar hisoblanadi.
2019-2020 yillarda jahon bozorida lizing operatsiyalarning o‘sishi asosan Shimoliy Amerika va Afrika hududlariga to‘g‘ri keladi. Shimoliy Amerika hududi AQSh, Kanada va Meksika mamlakatlaridan iborat. Mazkur hudud ulushiga ko‘ra jahondagi yirik bozorni tashkil qilgan holda 460,1 mlrd. AQSh dollarini, global bozorning 35,8 foizigateng bo‘lgan.
Yevropa lizing bozori hajmi 2020 yilda hajmi 427,03 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lib jahon lizing bozorida ikkinchi yirik hudud sifatida o‘z o‘rnini saqlab qolgan. Jami jahon bozori hajmining 33,2 foizi Yevropa hisobiga to‘g‘ri keladi. Yevropaning beshta yetakchi mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Italiya va Polsha) jahondagi lizing operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi eng ilg‘or 10 ta mamlakat qatoriga kiradi hamda umumiy Yevropa hududining 64 foiz ulushini tashkil qiladi. Buyuk Britaniya va Germaniya dunyodagi eng yirik lizing bozori bo‘lib, Yevropada ham eng yetakchi mamlakatlar sifatida o‘rin egallamoqda. Mazkur mamlakatlar Yevropa bozorining 39 foizini va dunyo bozorining 13 foizini tashkil etgan.
Jahon lizing bozorida lizing operatsiyalari hajmi jihatidan uchinchi o‘rinni Osiyo hududi egallagan bo‘lib 350,7 mlrd. AQSh dollarini yoki umumiy lizing bozori hajmining 27,2 foizini tashkil etgan. Jahon va Osiyo lizing bozorida asosiy yetakchilikni Xitoy egallagan holda dunyodagi ikkinchi yirik lizing bozori hisoblanadi. Osiyo lizing bozorida keyingi o‘rinlarni Yaponiya, Tayvan, Koreya, Malayziya kabi mamlakatlar egallagan.
Xalqaro lizing milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga sabab, rivojlanayotgan davlatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish va shu orqali mamlakatga valyuta tushumini oshirishda ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar hamda yangi texnologiyalarga ehtiyoj seziladi.
Ayniqsa oltin-valyuta zaxiralari cheklangan mamlakatlarga xalqaro lizing juda qo‘l keladi. Chunki asbob-uskunani sotib olishda lizing oluvchi mamlakat, ishlab chiqariladigan mahsulotning eksportbopligini isbotlagan holda va valyuta tushumi haqqoniyligini ta’riflab, xalqaro lizing munosabatlarida ishtirok etadi. Aynan xalqaro lizingning ahamiyati shu yerda ko‘zga tashlanadi.
Yevropada lizing bozori holati
2019 yil holatiga ko‘ra Yevropada amalga oshirilgan yangi lizing operatsiyalari hajmi 415 mlrd. Yevroni tashkil etgan holda mazkur ko‘rsatkich oldingi yilga nisbatan 6,0 foizga oshgan. 2019 yilda lizing aktivlari portfeli hajmi 5,2 foizga oshib 931,2 mlrd. yevroni tashkil etgan. 2019 yilda Buyuk Britaniya yevropa lizing bozorida yuqori ulushni egallagan bo‘lib uning hajmi 96,9 mlrd. yevroni tashkil etgan, hajmi bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Germaniya (69,8 mlrd. yevro) va Frantsiya (63 mlrd. yevro) egallagan. Gollandiya, Polsha, Rossiya va Bolgariyada lizing operatsiyalari hajmining o‘sishi kuzatilgan bo‘lib, lizing operatsiyalari bozorida avtomobilsozlik, mashinasozlik va sanoat jihozlari, shuningdek kompyuter texnologiyalari kabi tarmoqlarda faollik muhim ta’sir ko‘rsatgan.
Amalga oshirilgan lizing operatsiyalarining aktivlar bo‘yicha
tarkibi
2019 yilda amalga oshirilgan lizing operatsiyalari hajmida yuqori ulushni yo‘lovchi transportlari (51%), keyingi o‘rinlarda savdo transport vositalari (18%), mashinalar va sanoat uskunalari (16%) kabilar tashkil etgan.
Jahon amaliyotida lizingning taraqqiyoti ko‘p jihatdan davlatlarning qonunchiligida mavjud to‘siqlar va shart sharoitlar asosida shakllanib kelmoqda. Bugungi kunda yirik xalqaro lizing tashkilotlaridan “Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi” va milliy lizing assotsiatsiyalarining Yevropa federatsiyasi (Leaseurope)ni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Xalqaro lizing tashkilotlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a’zo mamlakatlar milliy qonunchiligini o‘rganish va taqqoslash;
barcha xuquqiy, soliq va moliyaviy masalalarni hal etishda ko‘maklashish;
lizing bitimlarining shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish;
lizing firmalarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish.
1965 yilda “Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi” (IFLA) tashkil topgan bo‘lib keyinchalik uning tarkibiga ko‘plab moliya va lizing tashkilotlari birikishni boshlashgan. Bugungi kunda uning a’zolari soni 25ta lizing tashkilotlaridan iborat bo‘lib, har bir davlat faqat bitta lizing tashkiloti bilan a’zolikka qabul qilinishi mumkin. IFLA a’zolari muhim bo‘lgan xalqaro kredit institutlari bilan uzviy aloqalarga xam ega bo‘lishadi.
“Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi” (IFLA)ga a’zo bo‘lish uchun quyidagi talablarni bajarish lozim:
lizing tashkiloti kredit va lizing asosida moliyalashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishlari lozim;
barqaror moliyaviy tizimga ega bo‘lishi;
lizing tashkilotlari o‘z faoliyati, kuch g‘ayrati bilan assotsiatsiya faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashishi talab qilinadi.
“Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi” (IFLA) o‘zining asosiy maqsadi sifatida, a’zolari o‘rtasida forumlar tashkil etish va bu bilan ular o‘rtasida o‘zaro g‘oyalar, bilimlar, malaka va ma’lumotlar almashinuviga zamin yaratishga qaratgan. Bunday o‘zaro almashinuvlar tomonlar manfaatlariga xizmat qilishga yo‘naltirilgan. Assotsiatsiya o‘z faoliyati doirasida a’zolari faoliyat doirasi, ularning moliyaviy natijalari va shu kabi boshqa ma’lumotlarni o‘rganib boradi va o‘z a’zolari faoliyatini qiyosiy baholaydi.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |