Toshkent moliya instituti
“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi
“Xalqaro moliya munosabatlari” fani
8-mavzu. Xalqaro lizing operatsiyalari
Ma’ruzachi: I.f.d., prof. J.X.Ataniyazov
Reja
Xalqaro lizing operatsiyalarining mohiyati va shakllari.
Xalqaro lizing xizmatlarining jahon bozori.
Xalqaro lizing operatsiyalarining mohiyati va shakllari.
Lizing (inglizcha leasing, lease-ijaraga berish so‘zidan olingan) lizing beruvchi tomonidan lizing oluvchiga moddiy qimmatliklarni turli muddatlarga ijaraga taqdim etilishidir. Xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi sharoitida lizing operatsiyalariga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi natijasida mazkur operatsiyalarning hajmi va foydalanish sohasi ortdi hamda ularni amalga oshirish texnologiyalari takomillashib bordi.
Xalqaro amaliyotda, muddati bo‘yicha asbob-uskunalarni ijaraga berish quyidagi turlarga bo‘linadi:
Qisqa va o‘rta muddatli - 3 yilgacha. Bunda, standart asbob-
uskunalar, ya’ni avtomobillar, traktorlar, temir yo‘l vagonlari va shu kabilar lizingga beriladi;
O‘rta va uzoq muddatli (lizing)da sanoat texnologiyasi bilan bog‘liq asbob - uskunalar ijaraga beriladi.
Lizingning yuqoridagi ikki turi o‘rtasidagi farq quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
rentingda shartnomadagi obyekt davomli kelishuvlar bo‘yicha ishlatilishi;
uzoq muddatli ijarada esa, ijaraga berilayotgan asbob - uskuna shartnomada belgilangan me’yoriy muddatgacha uzluksiz ishlatilishi mumkin.
Hozir zamonaviy lizing xizmatlari bozorida tuzilayotgan shartnomalarni keng tarqalishi - lizing shakllarining ko‘pligi, uning ko‘rsatkichlari tez sur’atlarda o‘sishi bilan izohlanadi.
Jahon bozorida lizing xizmatlarini asosiy qismi uch markazda keng rivojlangan. Bular:
AQSh;
G‘arbiy Yevropa;
Yaponiya.
Xorijiy investitsiyalarni tovar shaklda jalb etishning bir ko‘rinishi sifatida mamlakatda lizing xizmatlarini ko‘payishi iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish sektorini rivojlantiradi. Bundan tashqari, xalqaro lizing xalqaro kreditni bir shakli sifatida banklar va lizing kompaniyalari o‘rtasida raqobat kuchayishiga turtki bo‘ladi. Bu o‘z navbatida, ssuda foizlari tushishiga, va natijada, kapitallarni ishlab chiqarish sohalariga oqib kirishi uchun qulay zamin yaratadi.
To‘lov balansi taqchilligi sharoitida mamlakat tashqi qarzdorligiga xalqaro lizing operatsiyalarni qo‘shilmasligi, uning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi afzalligini ko‘rsatadi.
Xalqaro lizing, bir vaqtning o‘zida moliyalash va yangi texnologiyalarni xarid qilish masalalarini hal etish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish hamda boshqa ehtiyojlar uchun mablag‘larni ozod qilish imkoniyatini beruvchi moliyaviy vositalarning eng muhim shakllaridan biridir.
Xalqaro amaliyotda xalqaro lizing shartnomalarining quyidagi shakllari ishlab chiqildi.
Xalqaro lizing shakllarini tahlil qilishda uning eng keng tarqalganlarini (lizing oluvchi va lizing beruvchi o‘rtasidagi munosabatlarni hisobga olib), bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va bilvosita (egri) lizing turlarini ajratishimiz mumkin.
bevosita lizingda, lizing beruvchi bo‘lib - bevosita mulk egasining o‘zi bitimni amalga oshirilishida ishtirok etishi shart.
bilvosita lizingda, ijaraga berilayotgan mulk egasi - uchinchi tomonning ishtirok etishi shartdir.
Xalqaro lizingni kreditlash usuli bo‘yicha muddatli va qayta tiklanuvchi lizinglarga ajratish mumkin.
Muddatli lizingda ijara bir marotaba amalga oshiriladi. Qayta tiklanadigan lizingda esa, lizing shartnomasi bitimning birinchi muddati tugashi bilan qayta tiklanadi.
Shuningdek, xalqaro lizingni operatsion va moliyaviy lizinglarga bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |