222
80-yillar boshlarida barqaror iqtisodiyot sharoitida ijtimoiy ta’minot
tizimi islohotlari boshlandi. Uning zarurligi demografik vaziyatning o’zgarishi,
xususan, aholining qarishi, shuningdek, ayollarning mehnat bozoriga faol
chiqishidan kelib chiqdi. 1950 yilda 65 yoshli va undan katta aholi sonining 5
% ini tashkil qilgan bo’lsa, 1990 yilga kelib 12% ga etdi. Taxmin qilinishicha,
2025 yilga borib bu jarayon yanada faollashadi va 25% ga etadi. Bu yashash
davomiyligining keskin uzayishi va tug’ilishning sezilarli darajada qisqarishi
bilan bog’liq. Demografik siljishlar ijtimoiy ta’minot tizimi oldiga o’sib
borayotgan keksa yoshlilar toifasiga to’lanadigan to’lovlar uchun qo’shimcha
mablag’ qidirib topish muammosini ko’ndalang qilib qo’ydi.
Ijtimoiy ta’minot tizimi islohotlariga kirish jarayonida hukumat
aholining xarajatlar yukini kamaytirish uchun uning turli toifalariga bir xil
sharoit yaratish maqsadida shaxsiy sug’urta va pensiya ta’minotini bir
xillashtirish yo’lidan bordi.
1986 yilda keksa yoshlilarni ishga yollash to’g’risidagi qonun amalga
kirdi. Bu bir tomondan ishchi kuchining qarishi, boshqa tomondan esa bu toifa
ishchilarning mehnat qilishni davom ettirishga bo’lgan moyilligi bilan bog’liq.
Bundan tashqari, hukumat keksa yoshlilarning yaxshi sharoitlarda yashashi
uchun ijtimoiy himoya va ta’minot tizimini yaratish bo’yicha maxsus davlat
dasturlarini ishlab chiqishni zarur hisoblardi.
Natijada 1989 yilda hukumat oltin reja ya’ni insonlarga tibbiy xizmat
ko’rsatish va ularning farovonligini oshirish bo’yicha yillik strategiyani qabul
qildi. Bu reja shu toifa kishilarga uyda xizmat ko’rsatish tizimini yaratishga va
to’liq sharoitlardagi uylarini qurishga qaratilgan 1993 yildan
boshlab “oltin reja”ga aniq dasturni ishlab chiquvchi o’z-o’zini boshqarish
organlari ham qo’shiladi.
Bu reja 1994 yilda kengaytirilib va to’ldirilib “oltin reja” deb nomlandi.
Ijtimoiy ta’minot tizimidagi alohida g’amxo’rlik tug’ilishni oshirish va
bolalikni muxofaza qilish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan tug’ilish
darajasini pastligi ko’pgina sabablarga masalan ko’pchilik yapon ayollarining
oliy ma’lumot egallashga intilish, oila qurish masalasini ko’proq qoldirish,
faqat moddiy ahvolini yaxshilash uchun emas, balki dunyoqarashni oshirish
uchun ishlashiga bog’liq. Shuning uchun ijtimoiy muammolarning eng muhimi
ayollarga ishdan ajralmagan holda tug’ish va bola tarbiyalash uchun sharoit
yaratish bo’lib qoldi.
Bu muammoning echilishida birinchi bo’lib erkak va ayollarning mehnat
qilish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash bo’yicha qabul qilingan qonun
hissa qo’shadi. Bola parvarishi uchun ta’tilga chiqish to’g’risidagi qonun bu
ta’tilni ota-onalardan biriga bola bir yoshga etgunga qadar berilishini nazarda
tutdi. 1994 yilda qabul qilingan yollanma ishchilarning sug’urtasi to’g’risidagi
qonun o’zgartirishga ko’ra, bu ta’til davrida ish haqining 25%i to’lovlar
kafolatlaydi. Yollanma ishchilarning shaxsiy va pensiya sug’urtasi to’g’risidagi
qonunga kiritilgan o’zgarishlarda ularning ta’til davrida sug’urta fondiga badal
to’lashdan ozod etilishi ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: