Sug’urta huquqi
- sug’urtalovchilar, sug’urtalanuvchilar va ular
o’rtasidagi vositachilarning hatti-harakati qoidalari yig’indisi. Sug’urta xuquqi
qonun va qonun xujjatlarida o’z aksini topadi. Sug’urta huquqi moliyaviy
huquqning bir qismi hisoblanadi.
Sug’urta hodisasi
- stixiyali, tabiiy yoki oldindan ko’rib bo’lmaydigan
voqea-hodisalarning amalda yuz berishi. Sug’urta hodisasi yuzaga kelgan zarar
sug’urta kompaniyasi tomonidan shartnomaga muvofiq qoplanadi. Mulkiy
sug’urtada sug’urta hodisasi deyilganda, stixiyali hodisalar, yong’in, avariya,
portlash, zilzila, dovul va boshqalar tushuniladi. Shaxsiy sug’urtada esa
sug’urta hodisasiga fuqarolarning ma’lum bir muddatgacha yashashi, ularning
xayotida baxtsiz hodisalarning ro’y berishi yoki o’limi kiradi. Xalqaro
amaliyotda sug’urta hodisasi ba’zan «fors-major» deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |