Sug’urta kompaniyasi
- sug’urta shartnomasini tuzish va unga xizmat
qilishni amalga oshiruvchi, sug’urtalanuvchi bilan huquqiy munosabatda
bo’luvchi yuridik shaxs. U o’z Nizomi asosida faoliyat yurituvchi mustaqil
xo’jalik sub’ektidir. Tegishli iqtisodiy muhitda faoliyat yurituvchi sug’urta
kompaniyalarining yig’indisi sug’urta tuzimini tashkil etadi. Sug’urta
kompaniyalari bajaradigan sug’urta operatsiyalariga ko’ra, ular universal va
ixtisoslashgan bo’ladi. Ustav kapitali miqdori hamda kelib tushgan sug’urta
mukofotlari hajmiga muvofiq, sug’urta kompaniyalarini yirik, o’rta va kichik
guruxlarga bo’lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |