192
2. Ijtimoiy risklarni boshqarish davlat tamoyili sifatida.
Agar dastlabki sug’urta moddiy ehtiyojlarni ta’minlashga qaratilgan
bo’lsa, XIX asrning oxiriga kelib ijtimoiy risklarni boshqarish dadavlat
tamoyilining tarkibi qismiga aylanadi. Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalardan
davlat majburiy sug’urtasi shaxsiy sug’urtaning birinchi ommilashgan turiga
aylanadi (Rossiyada 1907 yilda). Asta-sekin davlat ijtimoiy sug’urta tizimida
pensiya va tibbiy sug’urta shuningdek, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
holatida ijtioiy sug’urtalash paydo bo’la boshladi. Sug’urtaning bu turlariga
davlat aralashuvi hamda davlat boshqaruvi turli mamlakatlarda turlicha
bo’lishiga qaramasdan jamiyatning ijtimoiy risklarini sug’urta yordamisiz
boshqaruvchi iqtisodiy rivojlangan davlatni tasavvur qilish qiyin. Evropa
davlatining so’nggi rivojlanish yo’nalishlari ko’rsatishga XX asr boshida
ijtimoiy sug’urtaning davlat tizimi ustunlik qilgan bo’lsa zamanaviy iqtisodiy
ijtimoiy risklarni sug’urtalashning xususiy tizimini rivojlantirishga
mo’ljallanmaqda. Germaniya, Buyuk Britaniya, Franitsiya, Ispaniya va boshqa
davlatlarda o’tkaziladigan davlat pensiya va tibbiy sug’urta islohatlari ijtimoiy
risklarni boshqarish tizimida xususiy sug’urtaning rolini kuchaytirshni taqazo
qiladi.
Sug’urta iqtisodiyotining noyob tarmog’i sifatida ishlab chiqarish hamda
inson faoliyatining xavfsizligiga ta’sir ko’rsatadi. Korxona va xo’jaliklarda
ko’ngilsiz hodisalarni keltirib chiqrauvchi xavf-xatarlarni kamaytirsh va oldini
olish chora-tadbirlariga qanchalik kam e’tibor qaratisa sug’urtaning narxi
shunchalik yuqori bo’ladi. Chora-tadbirlar ishlab chiqarish o’ziga xos
xususiyatlar hamda ishlab chiqarishning turli tarmoqlari va xizmatlar
sohasining kasbiy faoliyatiga bog’liq. Yong’inga, toshqinga qarshi chora-
tadbirlar aholini ommaviy ravishda yuqumli kasalliklaridan emlash va xakazo
tadbirlar
iqtisodiy
yo’qatishlarning
ehtimolligini
jiddiy
ravishda
kamaytirishning bu kabi usullari va ularning nazorati sug’urta tufayli vujudga
keladi.
Rivojlangan davlatlarda xususiy sug’urta tarmog’i aholining ko’p
qismini ish bilan ta’minlaydi, faqatgini AQShda sug’urtada band bo’lganlar
soni sug’urta vositachilari bilan hisoblanganda 2,2 mln.dan ortiqroq kishini
tashkil etadi, evropa davlatlarida esa ya’ni Frantsiyada-220 ming, Germaniyada
250 ming Buyuk Britaniyada 350 ming shundan iborat. Dunyo miqyosida jami
sug’urtada band bo’lgan soni 3,5mln kishini tashkil etadi.
Ammo sug’urtaning keng miqyosida rivojlanishiga qaramay jamiyat
sug’urtalovchining riskni sug’urtaga qabul qilish imkoniyatlarini baholay
olmaydi. Risklarni sug’urtaga qabul qilish imkoniyati sug’urta
kompaniyalarining kapitallaitirilishi risklarning xususiyati va ular keltiradigan
salbiy oqibatlar bilan aniqlanadi.
193
Do'stlaringiz bilan baham: |