208
Ma’lumki, bakalavr-idtisodchi mutaxassisligi uchun talaba 4 yil ta’lim oladi.
U 4 yil davomida 45-50 ta fandan reyting natijasi bo`yicha yakuniy nazorat
topshirishi, 4-5 ta kurs ishi, bitiruv malakaviy ish yozishi lozim. Yuqori malakali
bakalavr-iqtisodchilarni tayyorlash esa ta’lim tizimiga bog`liq.
Hozirgi iqtisodiy islohotlar iqtisodiyot tilida
jiddiy
o`zgarishlar
bo`lishiga
asos
bo`layapti.
Vujudga kelayotgan iqtisodiy tushunchalar yangi
iqtisodiy so`z va terminlarni talab qilyapti. Demak,
iqtisodiyot tilining lug`at tarkibi to‘xtovsiz ravishda
boyib borayapti. Iqtisodiyot tili haqida so`z yuritar
ekanmiz tushuncha, so`z, termin, birikma va gap
haqida qisqacha ma’lumot berishni lozim topamiz.
Tushuncha moddiy borliq, predmet yoki uning
xossasi, hodisa yoki voqeaning kishi miyasidagi
in’ikosi, umumlashgan aksidir. Tushunchaning
umumlashtirish xususiyati nihoyatda muhim belgidir,
chunki
inson
tajribalarining
umumlashtirilgan
natijasigina tushunchada aks etadi. Tushunchaning
umumlashtirish xususiyatlari so`zda ham o`z ifodasini topadi, chunki tushuncha
so`z ma’nosining yadrosini tashkil qiladi.
So`z tilning asosiy birligidir, chunki u birinchidan, konkret predmetlarni yoki
abstrakt tushunchalarni (voqea-hodisalar, harakat, belgi, holat) ataydi, ikkinchidan
grammatik qoida-qonuniyatlarga tayangan holda gap tuzish va fikr ifodalash
imkonini beradi, uchinchidan, kishi emotsiyasini, ruhiy holatini ifodalaydi.
Tushuncha va so`z munosabatini “bozor” leksemasi misolida ko`rib
chiqamiz. Ma’lumki, tovar ayirboshlash bozorning dastlabki shakli bo`lgan. Bozor
bu alohida savdo-sotiq qilinadigan joy. Bozor-bu oluvchi bilan sotuvchi
uchrashadigan joy. Ba’zilar terminni so`zga qarama-qarshi qo`yishadi, holbuki
terminni ham leksikologiya va grammatika kategoriyalari orqali o`rganish
terminning imkoniyatlari kengligini tasdiqlaydi.
Termin so‘z singari ba’zi
xususiyatlarga ega:
1.Polisemantik, xususan
sinekdoxa va metonimiya
terminlarda ham bo`ladi:
kreditning elastikligi, o`rinbosar tovarlar, o‘rmalovchi inflyatsiya.
2. Iqtisodiy terminlarning
ba’zilarida omonimiya
mavjud: chek, muomala.
3. Iqtisodiyot
terminologiyasida
sinonimiya mavjud:
sarmoya- mablag`,
mezon-o‘lchov, ustama-
qo`shimcha, qarzdor-
debitor, qarz-kredit.
So`z yasovchi affikslar
terminlar yasashda
ishtirok etadi.
209
Iqtisodiyot leksikasi xalq tilining boyishiga, rivojlanishiga katta ta’sir etadi.
O`zbek iqtisodiyot leksikasini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Umumiste’mol iqtisodiy so`zlar.
2. Iqtisodiy terminlar.
Umumiste’mol iqtisodiy so`zlarga
bozor, pul, darz, boylik, savdo, soliq va
shu kabi hammaga tushunarli bo`lgan so`zlar kiradi.
Iqtisodiy terminlar esa umumiste’moldagi so`zlardan bir qator xususiyatlari
bilan farq qiladi. Iqtisodiy termin o`z-o`zidan paydo bo`lmaydi, balki
xususiyatiga va vazifasiga ko`ra kashf etiladi. Iqtisodiy terminning ma’nosi bitta
bo`ladi. So`z esa bir necha ma’nolarda qo`llanilishi mumkin. O`zbek tilining
iqtisodiy terminlari iqtisodiyotning turli sohalariga bog`liqdir.
1. Bank ishi: milliy valyuta, so‘m, qiymat,
narx, talon, kupon, jamg`arma, xazina, qarz pul,
banknot, veksel, chek, kredit kartochkalari, pul
aylanmasi, pul massasi, pul agregati, bank, pul tizimi,
metallik nazariyasi, miqdoriylik nazariyasi, pul
muomalasi, inflyatsiya, kredit, tijorat krediti, bank
krediti, davlat krediti, xalqaro kredit, kreditning chegaralari, lizing, hisobli kredit,
lombardli kredit, lizing operatsiyalari, lizing shartnomasi, kredit mexanizmi, kredit
yig`indisi, foiz stavkasi, kredit
xavf-xatari, aktiv, passiv, foiz marjasi, eksportli
kredit, muammoli ssuda.
2. Soliq va soliqqa tortish: soliq obyekti,
soliq subyekti, soliq manbalari, soliq normasi,
soliq birligi, soliq stavkasi, soliq deklaratsiyasi,
soliq siyosati, soliq mexanizmi, soliq tizimi, to‘g`ri soliq, egri soliq, bojxona
boji, davlat boji, ijara haqi, to`lov, yig`im, daromad solig`i, foyda solig`i, avans
to`lovlari, foyda, yalpi foyda, korxonalar daromadi, soliq to`lovchi, qo`shilgan
qiymat solig`i, aksiz, aksiz solig`i, yer solig`i, mol-mulk solig`i, aholi solig`i, soliq
idorasi, soliq qo‘mitasi, soliq qonunchiligi.
Iqtisodiy terminlarni
ixtisosliklardan kelib
chiqqan holda quyidagicha
guruhlarga ajratish
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: