180
viloyatida 675,5 promilledan 481,9 promillegacha, Navoiy viloyatida 699,9
promilledan 482,1 promillegacha kamaygan.
Nafaqa yuklamasi hamda umumiy mehnat yuklamasi koeffitsientlari ham
mos ravishda 137,4 promilledan 121,8 promillegacha va 887,9 promilledan 651,6
promillegacha kamaygan.
Yuqoridagi yuklama koeffitsientlarining pasayish sabablari quyidagicha
bo’lgan: 2000-2009 yillar davomida mehnat yoshidan kichik bo’lganlar soni 8,9
foizga
kamaygan, mehnat yoshidan kattalar soni 14,4 foizga va mehnat
yoshidagilar soni esa 29,0 foizga oshgan. Ushbu holat tug’ilish koeffitsentining
2000 yilda 21,3 promilledan 2003-2005 yillarda 19,8-20,8 promillega pasayganligi
hamda vafot etish koeffitsientining esa 2000 yildagi 5,5 promilledan 2009 yilda 4,8
promillegacha pasayganligi bilan izohlash mumkin.
Mehnat yuklanishi koeffitsientlari mehnat yoshidagi shaxslarga iqtisodiy
bosimni ta’riflab, ishchi kuchidan oqilona foydalanish hamda ijtimoiy ta’minot
chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qo’llaniladi.
Mehnatga layoqatli aholining soni aholining yosh-jins tarkibiga bog’liq.
Mehnat salohiyatini statistik o’rganish esa davlatlarda sodir bo’ladigan demografik
jarayonlarning holatiga asoslanadi. Ushbu jarayonlarni tavsiflash uchun aholining
tabiiy va mexaniq harakati ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Shuni
qayd etish lozimki, mehnatga layoqatli aholi davlatning iqtisodiy
faoliyatda ishlatilishi mumkin bo’lgan mavjud mehnat salohiyatini aks ettiradi. Uni
qo’llana olinadigan salohiyatdan farqlash lozim, bu faqat ishsizlar va ish bilan
band bo’lganlarni o’z ichiga olgan iqtisodiy faol aholi kabi ta’riflanadi. Iqtisodiy
faol aholi mehnatga layoqatli aholidan iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishni
xohlamaydigan mehnatga layoqatli aholining soni miqdoriga kamroq bo’ladi.
Xalqaro standartlarda iqtisodiy faol aholini aniqlaydigan ikkita o’lchash
vositasi ko’zda tutiladi – bu uzoq vaqt (bir yil va undan ortiq) hamda qisqa vaqt
(kun yoki hafta) nisbatan joriy faol bo’lgan aholi yoki ishchi kuchi hisoblanadi.
Turli davlatlarda iqtisodiy faol aholi sonini aniqlash uslubiyati turlicha. Bunga
harbiy
xizmatchilar; davlat muassasalarida ta’minlanayotgan shaxslar (masalan,
mahkumlar); rezervatsiyalarda yashayotgan shaxslar; ilk bora ish izlayotgan
shaxslar; mavsumiy ishchilar va to’liq bo’lmagan ish vaqti davomida iqtisodiy
faoliyat bilan band bo’lgan shaxslar kabi guruhlarni hisobga olishni misol qilib
olish mumkin. Ba’zi davlatlarda bu guruhlarning barchasi yoki bir qismi iqtisodiy
faol aholi toifasiga
kiritiladi, boshqa davlatlarda esa ular nofaol deb qaraladi. Lekin
odatda iqtisodiy faol aholi to’g’risidagi ma’lumotlarga talabalar, faqat uy ishi bilan
band bo’lgan ayollar, nafaqaxo’rlar, to’liq o’z mablag’lariga yashayotgan shaxslar
va boshqalarga to’liq qaram bo’lgan shaxslar kiritilmaydi. Mahkumlar odatda,
ularning iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishidan qat’iy nazar, ish bilan bandlar va
ishsizlarning tarkibiga kiritilmaydi.
Iqtisodiy faol aholi tarkibini o’rganishda umumdemografik va ijtimoiy-
iqtisodiy guruhlar keng qo’llaniladi.
Umumdemografik guruhlar nafaqat iqtisodiy faol aholiga, balki butun aholiga
tegishlidir. Ularga quyidagilar kiradi:
181
a) yoshi va jinsiga ko’ra;
b) har bir davlatning ma’muriy-hududiy bo’linishi asosida amalga
oshiriladigan hududiy bo’linishi (yashash joyiga ko’ra);
v) har bir davlatda amal qilayotgan mezonlarga muvofiq shahar va qishloq
aholisiga bo’linishi;
g) oilaviy holatiga ko’ra (nikohda bo’lganlar; bo’ydoqlar; ajrashganlar;
bevalar);
d) oila a’zolarining soniga qarab;
e) millati va ona tiliga ko’ra (har bir kishining fikriga qarab);
j) fuqaroligiga ko’ra (ushbu shaxs qaysi davlatning fuqarosi bo’lishiga
ko’ra);
z) ma’lumot darajasiga ko’ra (ushbu davlatda tarkib topgan ta’lim tizimiga
muvofiq);
i) yashash uchun mablag’ manbaiga ko’ra (mashg’ulotidan
daromadlar;
nafaqa; yordam nafaqalari; stipendiyalar; kapital daromadlari; foizlar; dividendlar;
ijara haqi; ayrim shaxslarning boquvidagi kishilar; jamoaning boquvidagi kishilar;
davlat boquvidagi kishilar).
Ijtimoiy-iqtisodiy bo’linish bevosita iqtisodiy faol aholiga tegishli bo’ladi va
uning iqtisodiy faollik jarayonida tutgan o’rnini ko’rsatadi. Ularga eng avvalo
sobiq sotsialistik davlatlar statistikasi qo’llagan sinflar va ijtimoiy guruhlar
bo’yicha guruhlash kiradi. Hozirgi vaqtda ular Xalqaro bandlik maqomining tasnifi
negizida amalga oshiriladigan mashg’ulotlardagi holati bo’yicha guruhlash bilan
almashtirilgan.
Iqtisodiy faol aholi, ishsizlar va ish bilan band aholi soni to’g’risidagi
ma’lumotlar asosida
tegishli iqtisodiy faollik
Do'stlaringiz bilan baham: