Toshkent moliya instituti "statistika" kafedrasi



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/197
Sana11.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#653472
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   197
Bog'liq
STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI

 
 
4. Mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda 
 qo’llashning zaruriyati 
 
Mutlaq va nisbiy miqdorlarni qo’llashda bir qancha qoidalarga rioya qilish 
kerak. Mutlaq va nisbiy miqdorlarning o’ziga xos xarakterli xususiyati shundaki, 
ular doimo bir turli hodisa va jarayonlarning miqdori va razmerini ifodalaydi. 


50 
Shuning uchun ham, mutlaq va nisbiy miqdorlarni hisoblashda va, ayniqsa, ulardan 
foydalanishda tekshiriladigan hodisa va jarayonlar rivojlanishini o’ziga xos 
xususiyatlarini va alohida sharoitlarini e’tiborga olish zarur. Sharoit, joy va vaqtga 
qarab bir xil ko’rsatkichlar xarakteri bo’yicha turli hodisalarning darajasini 
ifodalashi mumkin. Masalan, aktsionerlik jamiyatlarini olaylik. Bundan 10 yil 
oldin juda katta hisoblangan korxona (aktsiyalar soni bo’yicha) bugungi kunga 
kelib juda ham kichik korxonalar soniga qo’shilishi mumkin. Yoki boshqacha bir 
misol. Kompaniya va firmalarni territoriyalar bo’yicha ham taqqoslashda 
yuqoridagi muammoga to’g’ri kelamiz. Toshkent shahrida eng kichik hisoblangan 
korxona, Buxoro viloyati Jondor tumanida eng katta kompaniyalar safiga 
qo’shilishi mumkin. 
Demak, mutlaq va nisbiy miqdorlardan foydalanishda, har bir aniq tekshirish 
uchun statistikada o’rganilayotgan ko’pchilik hodisalarni xarakteri bo’yicha 
differentsial yondoshuv talab etiladi. Bu talabning to’g’riligini quyidagicha 
tushuntirish mumkin. Masalan, kontsern yoki xolding kompaniya bo’yicha 
shartnoma majburiyatlari bajarilishi va oshirib bajarilishi kuzatilayotganda, shu 
kompaniyaga qarashli ayrim korxonalarda shartnomalar bajarilmaganligini 
kuzatish mumkin. Xuddi, shu holatni, to’plam birliklarini ifodalovchi 
ko’rsatkichlar bo’yicha ham kuzatish mumkin. Masalan, respublikada bir 
aktsiyadorga to’g’ri keladigan aktsiyalar sonini viloyatlar, ayniqsa tumanlar 
(qishloq tumanlari) bo’yicha olaylik. Bu erda tebranishni kattaligiga hech kim 
shubha qilmaydi. 
Mutlaq va nisbiy miqdorlarni taqqoslashdan oldin, ular taqqoslama holga 
keltirilishi kerak. Bu muammoni echish, bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim. 
Chunki, har qanday kompaniya jahon bozoriga chiqishdan oldin, o’z mahsulotini 
jahon standartlariga mos kelishini taqqoslash metodi orqali hal qiladi. Biz o’zbek 
kompaniyasining ko’rsatkichlarini Yaponiya ko’rsatkichlari bilan taqqoslashdan 
oldin, taqqoslanadigan ko’rsatkichlar ikkala mamlakatda ham bir xil metodologiya 
bilan aniqlanganligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Bunday ishonchni har bir 
kompaniya ko’rsatkichlarini vaqt bo’yicha ham taqqoslashda hosil qilinsa yaxshi 
bo’ladi. 
Hayotiy tajriba va son-sanoqsiz o’tkazilgan statistik-ilmiy tekshirishlardan 
shunday xulosa chiqarish mumkin – mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda 
qo’llash kerak. 
Alohida olingan nisbiy miqdor o’zicha o’rganilayotgan hodisa haqida aniq 
tasavvur bera olmaydi (xuddi shu gaplarni mutlaq miqdorlar to’g’risida ham aytish 
mumkin). Masalan, ish haqi 50000 dan 200000 so’mga oshdi. Biz, bu erda baralla 
aytamizki, ish haqi 3 marta yoki 300 % oshdi. Agarda 200000 so’mdan 50000 
so’mga kamaysa, biz aytamizki ish haqi 75% pasaydi. Ko’rinib turibdiki, ish 
haqining oshgan summasi ham, pasaygan summasi ham 150000 so’mga teng.
Foizlarni mutlaq miqdorlarsiz qo’llash ham noto’g’ri tasavvurlarga olib keladi. 
Masalan, ikkita kompaniyaning ishlab chiqargan mahsuloti bo’yicha dinamika 
nisbiy miqdorini hisoblaylik va ikkalasida ham o’sish sur’ati 57 foizni tashkil 
qilgan. Ikkalasi ham bir xil ishlagan ekan, degan xulosa chiqarish mumkin, agarda 


51 
mutlaq raqamlarga e’tibor bermasak. Birinchi kompaniya o’tgan yili 100 ta, joriy 
yilda 157 mebel ishlab chiqardi, ikkinchisi esa tegishli ravishda 167819 va 263475 
ta.
Demak, joriy davrda o’tgan davrga nisbatan ikkala kompaniyada ham 
qo’shimcha o’sish sur’ati 57% teng. E’tibor qilsak, birinchi kompaniyada ishlab 
chiqarish darajasi bir foizga o’ssa mebellar soni 1 taga(100x0,01), ikkinchisida esa 
1678 taga oshadi. Shuning uchun ham foizlar bilan bir qatorda, ularning 
hisoblanish asosi bo’lgan mutlaq miqdorlarni keltirish va ishlatish har qanday 
statistik tekshirishni yanada boyitadi.

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish