Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


“Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanining predmeti, vazifasi va



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

2. .“Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanining predmeti, vazifasi va 
o’rganish usullari. 
Har qanday fan o‘zining predmetiga, ya‘ni izlanish ob‘ektiga 
ega bo‘ladi. Masalan, c predmeti bo‘lib kimyoviy moddalarning tarkibini o‘rganish 
hisoblansa, mashinasozlik fani uchun mashinalar mexanizmini xarakteristikasi 
bo‘lsa, “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish” fanining predmeti soliq 
munosabatlarini (harakatini), soliqlar mexanizmini har tomonlama o‘rganishdan 
iboratdir. 
Fanning predmeti soliq voqe’liklari pul munosabatlarini o‘rganishdan iborat 
bo‘ladi. Bu pul munosabatlari soliq to‘lovchilar (yuridik shaxslar) bilan soliqni o‘z 
mulkiga aylantiruvchi (soliq oluvchi) davlat o‘rtasidagi munosabatlardir. Fanning 
mohiyati shu o‘rtadagi munosabatni chuqur o‘rganish, ularni to‘g‘ri tashkil qilishni 
ta‘minlashdir. To‘g‘ri tashkil etish deganda soliq munosabatida qatnashuvchi 
tomonlarning iqtisodiy manfaatini e’tiborga olish, muvozanatni saqlash kabi 
munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda tomonlar 
adolatlik va insoflik tamoyiliga amal qilishi zarur. Tushunarliroq qilib aytsak, 
byudjetga soliqlarni olishda soliq to‘lovchilar bo‘yniga ortiqcha og‘irlik osmaslik, 
ularni o‘z ishlab chiqarishidan manfaatdorligini so‘ndirib qo‘ymaslik, ularning 
dasturlari va rejalarini tez - tez o‘zgartirishga olib bormaslik va hokazolarga e’tibor 
berish ko‘zda tutiladi. Bu erda tomonlarning do‘stona munosabatda bo‘lishi, bozor 
iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlar bo‘lishini o‘rgatadi.
Fanning predmetini chuqur o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, munosabatlarda bir 
tomonlama zo‘ravonlik munosabati bo‘lguday bo‘lsa, ikkinchi tomon unga javoban 



o‘z daromadlari, boshqa soliq ob‘ektlarini har xil yo‘llar bilan yashiradi. Bunday 
hollarda har qanday xuquqiy hujjatlarning ham kuchi etmay qolishi mumkin. 
Daromadlarni, soliq ob‘ektlarini yashirish holati ham munosabatlarni buzadi. 
Demak, soliqlar va soliqqa tortish fanini chuqur o‘rganish orqali amaliyotda soliq 
tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli bajarish vazifasiga ham erishish mumkin. 
Fanning vazifalari soliq mutaxassisi va boshqa soliq idoralari xodimlarini 
nazariy jihatdan qurollantirish hamda amaliyotda adashmaslik uchun yo‘l - 
yo‘riqlar ko‘rsatishdan iboratdir. Shuningdek, chet el soliq amaliyotini o‘rganish 
va taqqoslash asosida tegishli xulosalar ishlab chiqish, ularning ish tajribalarini 
o‘zimizning amaliyotga moslab zarur joylarini tadbiq etishdan iboratdir. 
Demak, fanning asosiy funktsiyasi yuqori malakali soliq mutaxassislari 
tayyorlashda ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan uslubiy qo‘llanmalar bilan 
ta‘minlashdir. 
Har bir fanning shakllanishi fanning predmetini shakllanishi bilan 
birgalikda, uning ilmiy bilish usullarining qaror topishi bilan ham bog‘liq. Har 
qanday fanni o‘rganishdagi usullar umumiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘z 
predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega. Shuning uchun, 
fanni o‘rganishdagi usullar umumiyva alohida usullarga bo‘linadi.
Tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonunlarini o‘rganishning 
birdan-bir to‘g‘ri ilmiy usuli dialektik usuldir. Shuning uchun, ham ushbu ilmiy 
bilish usuli barcha fanlarning, shu jumladan jismoniy shaxslarni soliqqa tortish 
fanining ham nazariy va metodologik asosini tashkil etadi. Dialektik usul shuni 
ko‘rsatadiki, rivojlanish quyidan yuqoriga qarab sodir bo‘ladi. Bilish esa oddiydan 
murakkabga tomon rivoj topib boradi. Shuning uchun, ushbu usul tadqiqotning 
induktsiya va deduktsiya usullarini o‘z ichiga oladi.
Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil qilinadigan 
bo‘lsa - bu induktsiyadir. Avval, boshdanoq barcha xususiy hollarni o‘z ichiga 
olgan umumiy qoida hosil qilinsa bu - deduktsiyadir.
Shu bilan, birga barcha iqtisodiy fanlar kabi «Jismoniy shaxslarni soliqqa 
tortish» fanining ham o‘ziga xos ilmiy bilish usullari mavjud. Ulardan biri ilmiy 
abstraktsiya usulidir. Ilmiy abstraktsiya usulining mohiyati shundan iboratki, 
bunda tahlil paytida ob’yektning faqat bir tomoniga, o‘rganilayotgan jarayonning 
asl mohiyatiga e’tibor qaratiladi va halal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali 
unsurlarning ta’siri e’tiborga olinmaydi.
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish fani shuningdek, o‘z predmetini 
o‘rganishda nazariy tahlil va sintez usulidan ham foydalanadi. Tahlil - bu
o‘rganilayotgan butun obyektni qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil 
qilish, bo‘lsa, sintez esa, o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir 



butun yaxlit jarayon deb qarab, umumiy xulosa chiqarishdir. Soliqlarga doir 
murakkab nazariy masalalar mana shu yo‘l bilan o‘rganiladi.
Fan o‘z predmetini o‘rganishda makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy holda 
tahlilni qo‘shib olib borish muhim o‘rin tutadi. Soliqlarning nazariy masalalarini 
mikroiqtisodiy jihatdan o‘rganishda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lgan 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar nuqtai-nazaridan, ular bilan davlat budjeti o‘rtasidagi 
munosabatlar tadqiq etilsa, makroiqtisodiy jihatdan tahlil etishda esa, davlat 
miqyosida, ya’ni soliqlarning nazariy masalalari makroiqtisodiy darajada 
o‘rganiladi.
Shuningdek, fan o‘z predmetini o‘rganishda taqqoslash, statistik, grafik 
usullaridan ham foydalanadi. Jumladan soliqlarni davrlar bo‘yicha taqqoslash, 
ulardan tushumlarni jadvallar orqali ifodalash, o‘zgarishlarni aniqlash, ularga 
nazariy jihatdan baho berish, soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalarga ta’sirini 
grafik usulida tasvirlash va shu kabilardir. Masalan, soliqlar o‘zgarishini yalpi 
talab va yalpi taklifga ta’sirini mana shu usul bilan ifodalash mumkin. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish