Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


Jismoniy shaxslar to’laydigan umumdavlat va mahalliy soliqlar



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

2. Jismoniy shaxslar to’laydigan umumdavlat va mahalliy soliqlar 
hamda boshqa majburiy to‘lovlar
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti 
tizimida respublika budjeti asosiy o‘rinni egallaydi. U umumdavlat resurslarining 
bir qismini bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvshi va farmoyish beruvshi oliy 
organi – O‘zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvni ta‘minlaydi. 
Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan, umuman 
olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo‘jaligi 
ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, 
tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zahiralarini) mablag‘ 
bilan ta‘minlashga ishlatiladi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini 
mahalliy budjetlar tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi 
o‘z faoliyatini amalga oshirishi ushun uning ixtiyorida moliyaviy baza yaratadi. 
Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab ehtiyojlarni to‘laroq hisobga olish hamda 
davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan 
muvofiqlashtirib borish imkonini beradi. Mahalliy hokimiyat organlari mahalliy 
byudjet daromadlarining ko‘payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanish 
tadbirlarini amalga oshiradi. Joylarda iqtisodiy va ijtimoiy yuksalish sur’atlari
mahalliy xo‘jalik salohiyatini safarbar qilish, mablag‘larni tejab ishlatish bilan 
bevosita bog‘liqdir. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi davlat 
byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishini ta‘minlaydi. Mahalliy byudjetlar 
hisobidan uy-joy kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog‘liqni 
saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgasha tarbiya muassasalari 
va boshqalar), ijtimoiy ta‘minot sohasidagi tadbirlar mablag‘ bilan ta‘minlanadi. 
Soliqlarning umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bo‘linishi 
hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi 
xususiyatidan hamda soliq tushumlarining yo‘nalishidan kelib shiqadi. Har bir 
hokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib shiqib, o‘z 


14 
byudjetiga va uni ta‘minlaydigan manbalarga ega bo‘lishi kerak. Respublika 
hukumati umumdavlat ko‘lamida juda katta vazifalarni: mudofaa, xavfsizlikni 
saqlash, 
tartib 
intizom 
o‘rnatish, 
bozor 
infratuzilmasini 
yaratish, 
mehnatkashlarning ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator 
yumushlarni bajaradi. Shuning ushun uning byudjeti ham, soliqlari ham salmoqli 
bo‘lishi shart. Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan 
normativlar bo‘yisha tegishli byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadi. 
Mahalliy soliqlar - mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalarga qarab 
belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib berilgan. Mahalliy hukumatlar asosan 
mehnatkashlarga yaqin bo‘lganligidan ular ijtimoiy masalalarni: maktab, sog‘liqni 
saqlash, madaniyat, maorif, shaharlar va qishloqlar obodonshiligi kabi vazifalarni 
bajaradi. Lekin bu soliqlar va yig‘imlar ularning byudjet xarajatlarining 30-40 
foizini qoplaydi. 
Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko‘paytirish eng dolzarb masalalardan 
biridir. Faqat o‘z daromad manbaiga to‘liq ega bo‘lgan mahalliy hokimiyatlar o‘z 
faoliyatlarini to‘liq amalga oshirishlari mumkin. Aks holda har xil moliyaviy 
kamshiliklarga yo‘l qo‘yish ehtimoli bor. 
Mahalliy budjetlarning soliq va yig‘imlari kam bo‘lganligidan bu 
byudjetlarning daromad va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ansha 
murakkabdir.
Mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi 
yuridik va jismoniy shaxslar mahalliy soliqlar va yig‘imlarni to‘lovshilar bo‘lib 
hisoblanadilar. 
Soliq to‘lovshi jismoniy shaxslarning byudjetda tutgan salmog‘i hozirda 25 
foizni tashkil etmoqda. Jismoniy shaxslar umumdavlat va mahalliy soliqlarni 
to‘laydilar. Bu soliqlarni hisoblab shiqarish va to‘lash tartiblari O‘zR Soliq 
kodeksi bilan tartibga solinadi. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda, jismoniy shaxslar o‘z daromadlaridan, mol-
mulkidan va egallab turgan yerlaridan turli xil soliqlar hamda yig‘imlar to‘laydilar.
Jismoniy shaxsning huquq layoqati-bu fuqarolik huquqlari, burshlariga ega 
bo‘lishi tushuniladi. Yuridik me’yorlarga muvofiq bu layoqat 18 - yoshda, ya‘ni 
fuqaro balog‘at yoshiga yetganda yuzaga keladi (F.K. - 22 modda). 
Soliqlar va yig‘imlar yordamida davlat ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish,
tadbirkorlikning ustivor turlarini rag‘batlantirish orqali eng zarur ijtimoiy 
muammolarni hal qilish dolzarb masalaga aylanib qoldi. 
Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar ikki turga: 
-
umumdavlat soliqlari; 
-
mahalliy soliqlarga bo‘linadi.
Jismoniy shaxslar umumdavlat soliqlaridan quyidagilarni to‘laydilar: 


15 
-
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘I; 
-
qat’iy soliq; 
-
suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq. 
Jismoniy shaxslar mahalliy soliqlardan quyidagilarni to‘laydilar: 
-
yer solig‘i; 
-
mol-mulk solig‘i; 
-
transport vositalariga benzin, dizel yonilg‘isi va suyultirilgan gaz 
ishlatganlik ushun soliq; 
Jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan daromad solig‘i. 
Jismoniy shaxslarning ish haqi, mukofotlari va boshqa daromadlari 
progressiv (tabaqalashtirilgan) stavkalarda soliqqa tortiladi. 
Jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan daromadlar tarkibiga: 
-mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar; 
-mulkiy daromadlar; 
-moddiy naf tarzidagi daromadlar; 
-boshqa daromadlar kiradi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish