Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


 Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ini hisoblab chiqa-



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

3. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ini hisoblab chiqa-
rish va budjetga to‘lash tartibi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq davlat soliq xizmati 
organlari tomonidan hisoblab chiqariladi. 
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar huquqiga ega bo‘lgan shaxslar zarur 
hujjatlarni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadilar. 
Imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i ularning har yil 1 
yanvardagi holati yuzasidan texnik inventarizatsiyalashning hududiy kadastr 
byurolari taqdim etadigan inventarizatsiya qiymatiga doir ma‘lumotlar asosida 


72 
hisoblab chiqariladi, bunday ma‘lumotlar bo‘lmagan taqdirda esa O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan mol-mulkning shartli qiymati 
qabul qilinadi. Bir necha mulkdorning ulushbay asosidagi umumiy mulki bo‘lgan 
imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i har bir mulkdor tomonidan 
ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi. 
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha soliq ular barpo etilgan yoki 
olingan yildan keyingi yilning boshidan e’tiboran to‘lanadi. 
Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulkdan soliq merosxo‘rlardan meros ochilgan 
paytdan boshlab undiriladi. Mol-mulk yo‘q qilingan, butunlay vayron bo‘lgan 
hollarda mol-mulk solig‘i undirish ular yo‘q qilingan yoki butunlay vayron bo‘lgan 
oydan e’tiboran to‘xtatiladi. Mol-mulkka mulk huquqi taqvimiy yil davomida bir 
mulkdordan boshqasiga o‘tganda soliqni birinchi mulkdor o‘sha yilning 1 
yanvaridan bu mol-mulkka mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshigacha to‘laydi, 
yangi mulkdor esa - mulk huquqini qo‘lga kiritgan oydan e’tiboran to‘laydi. 
Taqvimiy yil davomida imtiyozga ega bo‘lish huquqi paydo bo‘lgan taqdirda 
mol-mulk solig‘i ana shunday huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran qayta 
hisoblab chiqiladi. Mol-mulk solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarnomalari 
to‘lovchilarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1 maydan 
kechiktirmay topshiriladi. Hisoblangan yillik soliq miqdori 15 oktyabrdan 
kechiktirmay mahalliy byudjetga to‘lanadi. Agar soliq to‘lovchi tomonidan 
ortiqcha summalar to‘langan bo‘lsa, soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzlar mavjud 
bo‘lmasa, ushbu summalar uning yozma arizasiga ko‘ra o‘ttiz kun ichida soliq 
to‘lovchiga qaytariladi yoki bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga qayd etiladi. 
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilari hisobi 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan har bir yilning 1 yanvaridagi holat 
bo‘yicha shahar va tumanlar bo‘yicha, texnik inventarizatsiyalash hududiy kadastr 
byurosida mavjud bo‘lgan imoratlar egalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarga binoan 
o‘tkaziladi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish