Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

 Xo’jalik sudlarida davlat bojini to’lashdan ozod qilish 
Xo’jalik sudlarida davlat bojini to’lashdan quyidagilar ozod qilinadi: 
2) qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar — tayyorlov va xizmat 
ko’rsatuvchi tashkilotlar shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi bilan bog’liq 
da’volar bo’yicha; 
3) tadbirkorlik sub’ektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan 
bog’liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda 
boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda; 
4) arizachi va javobgar — qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda 
moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) o’z ustav fondini 
(ustav kapitalini) shakllantirmagan korxonalarni tugatishga doir ishlar bo’yicha; 
5) da’vogarlar — o’rmon daraxtlarini o’zboshimchalik bilan kesish hamda 
o’rmondan foydalanish, o’rmonni qo’riqlash va muhofaza qilish tartibi va 
shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli o’rmon fondiga yetkazilgan zararni 
undirish to’g’risidagi, o’rmon xo’jaligi daromadi summalarini (shu jumladan, 
o’rmon daraxtlarini o’sib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va 
neustoykani, shuningdek o’zboshimchalik bilan o’rmon daraxtlarini kesganlik, 
pichan o’rganlik va mollarni o’tlatganlik uchun jarimalarni) undirish to’g’risidagi 
ishlar bo’yicha; 


88 
6) O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy 
boshqarmalari — palata a’zolarining manfaatlarini ko’zlab qilingan da’volar 
yuzasidan, shuningdek davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining qarorlari, ular 
mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata a’zolarining 
manfaatlarini ko’zlab qilingan shikoyatlar bo’yicha; 
7) nodavlat notijorat tashkilotlari — o’z huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
buzadigan davlat organlarining g’ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor 
shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat 
qilganda; 
8) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish 
tashkilotlari — majburiy badallarni to’lash va kommunal xizmatlar to’lovi 
bo’yicha qarzlarni undirish to’g’risidagi da’volar bo’yicha; 
9) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish 
tashkilotlari — tuzilgan shartnomalar shartlari aholiga uy-joy-kommunal 
xizmatlari ko’rsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmaganligi yoki lozim darajada 
bajarilmaganligi tufayli etkazilgan zararning o’rnini qoplash to’g’risidagi da’volar 
bo’yicha; 
10) tumanlar, shaharlar (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar) hokimliklari — 
kommunal xizmatlar ko’rsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari 
shirkatlarining kommunal xizmatlar haqini to’lash va majburiy badallarni to’lash 
bo’yicha qarzni undirish to’g’risidagi taqdimnomasiga muvofiq kiritiladigan 
da’volar yuzasidan; 
11) nogironlarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, 
o’quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha da’volar bo’yicha; 
12) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg’armasining hududiy tuzilmalari — «Fuqarolarning davlat 
pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 
pensiyalarni to’lashga ketgan mablag’larni tashkilotlardan undirib olish bo’yicha 
da’volar, shu jumladan regress da’volar yuzasidan;
13) da’vogarlar va javobgarlar — sug’urta faoliyatini tartibga solish va 
nazorat qilish organlari — majburiy sug’urta operatsiyalari bilan bog’liq barcha 
ishlar bo’yicha; 
14) «O’zagrosug’urta» aktsiyadorlik jamiyati, uning direktsiyasi va 
joylardagi bo’linmalari — qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan bank 
kreditlarini to’lamaslik xavfini hamda qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtirish, 
shuningdek fyuchers kontraktlar bo’yicha ishlarni amalga oshirish uchun oldindan 
beriladigan mablag’larning qaytarilishini sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha 
to’langan sug’urta tovoni uchun qishloq xo’jaligi korxonalaridan qarzni undirish 
to’g’risidagi da’volar bo’yicha; 


89 
15) O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, uning 
joylardagi organlari — suv to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli 
davlatga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash uchun mablag’larni davlat 
daromadiga undirish to’g’risidagi da’volar bo’yicha; 
16) tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limlari — qishloq xo’jaligi tovar 
ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ko’zlab berilgan da’volar bo’yicha; 
17) O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va 
uning joylardagi organlari — atrof muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan 
o’zboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda 
ularni muhofaza qilishning tartib va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli 
tabiiy ob’ektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash 
to’g’risidagi da’volar bo’yicha; 
18) O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
agentligi hamda uning joylardagi organlari — standartlarni, texnik shartlarni joriy 
etish va ularga rioya etilishi hamda mahsulotlar sifati ustidan davlat nazoratini 
amalga oshiruvchi organlar yoki shunday vakolatga ega bo’lgan boshqa organlar 
jo’natishni man etgan mahsulotlarni yetkazib bergan yuridik shaxslardan byudjet 
daromadiga jarimalar undirish to’g’risidagi da’volar bo’yicha; 
19) O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan 
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi hamda uning hududiy 
organlari — qo’mita vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan da’volar va 
arizalar yuzasidan; 
20) qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat 
organi — investorlarning, qimmatli qog’ozlar egalarining hamda davlatning huquq 
va manfaatlarini himoya qilish maqsadidagi da’volar bo’yicha; 
21) davlat soliq xizmati organlari, moliya hamda bojxona organlari — 
barcha ishlar va hujjatlar bo’yicha, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar 
bo’yicha sudga arizalar berganlik uchun;
22) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning 
manfaatlarini ko’zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan; 
23) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning 
manfaatlarini ko’zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan; 
24) undiruvchi yoki sud ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, 
qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo’yicha xarajatlarning o’rnini qarzdor 
tomonidan qoplash to’g’risidagi da’volar yuzasidan; 
25) yuridik va jismoniy shaxslar — sud ijrochisining harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan shikoyatlari bo’yicha;
26) xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan 
hukumatlararo kelishuvlar asosida berilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzdor 


90 
sifatida qatnashuvchi davlat organlari va tashkilotlari — subzayom oluvchilardan 
paydo bo’lgan qarzdorliklarni undirish to’g’risidagi da’volar yuzasidan;
27) davlat ehtiyojlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish 
shartnomalari bo’yicha sotib oluvchi hisoblangan davlat organlari va tashkilotlari 
— yetkazib beruvchilar (pudratchilar) tomonidan shartnoma majburiyatlarining 
bajarilmaganligi bilan bog’liq da’volar yuzasidan; 
28) O’zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi — intellektual 
mulk ob’ektlariga nisbatan huquq egalarining huquqlarini himoya qilishni ko’zlab 
qilinadigan da’volar yuzasidan;
29) O’zbekiston Fermerlar kengashi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari — fermer xo’jaliklarining 
manfaatlarini ko’zlab qilingan da’volar yuzasidan, shuningdek davlat va xo’jalik 
boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor 
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer xo’jaliklarining 
manfaatlarini ko’zlab qilingan shikoyatlar yuzasidan; 
30) mulkdorlar — xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog’liq 
bo’lgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to’g’risida davlat organlari 
va boshqa organlarning, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining qarorlari, 
ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat 
qilish haqidagi ishlar yuzasidan; 
31) arizachi va javobgar — huquqiy ta’sir choralarini qo’llash to’g’risidagi 
ishlar bo’yicha; 
32) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aktsiyadorlik jamiyatlari — ularning 
huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to’g’risidagi da’volar yuzasidan. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish