Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


 Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini hisoblab chiqarish



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

3. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini hisoblab chiqarish 
tartibi va budjetga to‘lash muddatlari.
Jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ini davlat soliq organlarining xodimlari 
hisoblab chiqaradi. Davlat soliq xizmati organlari yer uchastkalari mulkdorlari, yer 
egalari yoki yerdan foydalanuvchilar yoki ijarachilar bo‘lgan jismoniy 
shaxslarning muntazam hisobini yuritadilar. 
Dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxsni tashkil etmaganlari) hisoblab yozilgan 
yer solig‘i umumiy summasining 95 foizini byudjetga va 5 foizini Dehqon va 
fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga to‘laydilar. Shu munosabat 
bilan davlat soliq organlari dehqon xo‘jaliklariga yoziladigan to‘lov 
xabarnomalarida byudjetga to‘lanadigan yer solig‘i summasi va Jamg‘armaga 
to‘lanadigan yer solig‘i summasini alohida ko‘rsatadilar. 
Soliq to‘lanishi to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomalari jismoniy shaxslarga 
davlat soliq organlari tomonidan har yili, joriy yilning 1 mayidan kechiktirmay 
topshiriladi. 
Yer uchastkalarining maydoni o‘zgarganda va yil davomida imtiyoz huquqi 
paydo bo‘lganda yoki bekor qilinganda davlat soliq organlari bir oy davomida 


77 
soliqni qayta hisob-kitob qilishlari va soliq to‘lovchiga to‘lash muddatlari 
o‘zgarganini hisobga olgan holda yangi yoki qo‘shimcha to‘lov xabarnomasini 
taqdim etishlari shart. 
Jismoniy shaxslarga shahar va qo‘rg‘onlarda yakka tartibda uy-joy qurish 
uchun berilgan yer uchastkalarining maydonlari yakka tartibdagi uy-joylarni 
hisobga olish va nazorat qilish shahar yoki tuman boshqarmasi yoxud ishlab 
chiqarish uy-joy inspektsiyasining mavjud materiallari bo‘yicha hisobga olinib, har 
yili naturada aniqlashtiriladi. 
Jismoniy shaxslarga qishloq joylarda shaxsiy yordamchi xo‘jalik (dehqon 
xo‘jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkalari tomorqa yerlardan va jamoat 
yerlarida qo‘shimcha ajratilgan yer uchastkalaridan iborat bo‘lishi mumkin. 
Bunday holda tomorqa yerlar maydoni yer kadastri ma‘lumotlari bo‘yicha qabul 
qilinib, yuz bergan o‘zgarishlar har yili naturada aniqlashtiriladi. Jamoat yerlarida 
qo‘shimcha ajratilgan yer uchastkalari maydoni xo‘jaliklarning ma‘lumotlari 
bo‘yicha hisobga olinib, har yili aniqlashtiriladi. 
Agar jismoniy shaxs yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki shaxsiy yordamchi 
xo‘jalik (dehqon xo‘jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkasida tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullansa yoki yerdan maqsadli foydalanishni o‘zgartirmasdan 
o‘z uyini ofis sifatida rasmiylashtirsa, bunda undan yer solig‘i yakka tartibda uy-
joy qurilishi yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yerlar uchun 
belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi. 
Ko‘p xonadonli turar joylarda yashaydigan jismoniy shaxslardan yer solig‘i 
undirilmaydi. Xonadondan yoki ko‘p xonadonli turar joylarning bir qismidan 
odamlarning yashashi bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanilganda, 
belgilangan tartibda xonadonning umumiy maydonidan kelib chiqib, yer 
solig‘ining tegishli hissasi undiriladi. 
Egalik qilish huquqi meros bo‘yicha turar joy, noturar imorat va inshootlar, 
bog‘ uychasi o‘tishi bilan birga o‘tgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i 
merosxo‘rlardan, meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini hisobga olgan holda 
undiriladi. 
Soliq davri uchun yer solig’i to’lash jismoniy shaxslar tomonidan hisobot 
yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.. 
To‘langan soliq summasi belgilangan tartibda mahalliy byudjetga tushadi.
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi 
ajratilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi. Masalan, vakolatli hokimiyat 
organining 15 sentyabrdagi qarori bilan korxonaga yer ajratilsa, u yer solig‘ini 1 
oktyabrdan boshlab to‘laydi. 
Yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslar davlat soliq xizmati organlarining 
qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari ustidan davlat soliq 


78 
xizmatining yuqori organlari yoki sudga shikoyat qilish huquqiga egadirlar. Davlat 
soliq xizmati organlari soliqning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va o‘z vaqtida 
to‘lanishi ustidan belgilangan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga 
oshiradilar. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish