Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


Chet ellik jismoniy shaxslarning daromadiga soliq solishning xusu-



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

5.Chet ellik jismoniy shaxslarning daromadiga soliq solishning xusu-
siyatlari.
Chet ellik jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan xususiyatlarni 
hisobga olgan holda soliq solinadi. 
Rezident - chet ellik jismoniy shaxsdan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 
singari jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq undiriladi. 
Norezident - chet ellik jismoniy shaxslardan to‘langan joyidan qat‘i nazar 
O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha jismoniy 
shaxslar daromadiga solinadigan soliq undiriladi. 
Soliq solish maqsadida norezident jismoniy shaxslar O‘zbekiston 
Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshiradigan norezident 
sifatida yoki doimiy muassasa bilan bog‘liqlikda bo‘lmagan norezident shaxs 
sifatida qaraladi. 
O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga 
oshiradigan norezident jismoniy shaxs doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lgan 
O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari bo‘yicha soliq 
to‘lovchi hisoblanadi. 


40 
Chet ellik jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirish tegishli chet 
davlatda O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslariga nisbatan ham xuddi 
shunday chora-tadbirlar ko‘rilgan hollarda o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilishi 
yoki cheklanishi mumkin. 
Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chog‘ida, bunday 
bitimlarning shartlariga O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshiradigan 
soliq to‘lovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik jismoniy shaxslarning soliqlar 
va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlarini o‘z zimmasiga olishini nazarda 
tutadigan soliq haqidagi izohlarning kiritilishiga ruxsat berilmaydi. 
6.Soliqni hisoblab chiqarish tartibi.
Asosiy ish joyidan olinadigan mehnat haqi to‘lovlari va boshqa to‘lovlardan 
jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish yil 
boshidan o‘sib boruvchi yakun bilan ularni hisoblab yozishning borishiga qarab 
soliq solinadigan jami daromad summasidan amalga oshiriladi.
Fuqaro bir yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyini o‘zgartirsa, u 
yangi ish joyidagi buxgalteriyaga dastlabki ish haqi olguniga qadar belgilangan 
shakl bo‘yicha joriy yilda to‘langan daromadlar hamda ushlab qolingan soliq 
summasi haqidagi ma‘lumotnomani taqdim etishi shart. 
Yangi ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish taqvim 
yili boshidan ilgarigi va yangi ish (xizmat, o‘qish) joyida olingan jami daromaddan 
kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Avvalgi ish joyidan ma‘lumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq 
to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan hollarda soliq solinadigan 
daromaddan eng yuqori stavka bo‘yicha soliq undiriladi. Ma‘lumotnoma keyinroq 
taqdim etilsa, u holda undirilgan umumbelgilangan tartibda qayta hisob-kitob 
qilinadi. 
Avvalgi asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarining xodim tomonidan 
bajarilishi bilan bog‘liq mukofot va boshqa to‘lovlar unga ishdan bo‘shatilganidan 
so‘ng to‘langan bo‘lsa, mazkur mukofot va to‘lovlar umumbelgilangan tartibda 
ularni to‘lash chog‘ida jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqqa 
tortiladi. Bu fuqarolarga to‘langan daromadning hamda ushlab qolingan soliqning 
umumiy summasi haqida korxona, muassasa, tashkilot bir oy muddatda istiqomat 
joyidagi davlat soliq xizmati organiga ma‘lum qilishi shart. 
Asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan mehnat haqi to‘lovlari va boshqa 
to‘lovlardan jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish 
yil boshidan o‘sib boruvchi yakun bilan soliq solinadigan jami daromad 
summasidan ularni hisoblab yozishning borishiga qarab (agar bunday daromadlar 
to‘langan bo‘lsa), belgilangan stavkalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 


41 
Agar asosiy bo‘lmagan ish joyidagi mehnat to‘lovi bo‘yicha daromad 
oluvchi jismoniy shaxs buxgalteriyaga eng yuqori stavka bo‘yicha daromadidan 
soliq ushlab qolinishi haqida ariza topshirsa, daromadlarni to‘lovchi yuridik 
shaxslar soliq to‘lovchining arizasiga ko‘ra soliqni ushlab qoladilar. 
Asosiy bo‘lmagan ish joyidan daromad olgan jismoniy shaxslar 
daromadidan olingan daromadlar, qilingan xarajatlar va ushlangan soliq summasi 
to‘g‘risidagi taqdim etilgan deklaratsiya ma‘lumotlari bo‘yicha soliq xizmati 
organi tomonidan daromad solig‘i yakuniy summasi hisoblab chiqariladi. Rezident
jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida (shu jumladan 
asosiy ish joyidan) olgan daromadlaridan daromad solig‘i yakuniy summasini 
hisoblab chiqarish ham xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. 
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va 
byudjetga o‘tkazish uchun yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab 
qolinmaganda yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan 
bog‘liq jarima va penyalarni byudjetga to‘lashi shart. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish