Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish"


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/141
Sana23.01.2023
Hajmi2,24 Mb.
#901672
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   141
Bog'liq
Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish @iqtisodchi kutubxonasi

4.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar
Soliq qonunchiligiga ko‘ra jismoniy shaxslarning soliq solinadigan 
daromadiga quyidagilar kiritilmaydi


mehnat shartnomasi bekor qilinganda to‘lanadigan, eng kam ish haqining 
o‘n ikki baravari miqdori doirasidagi ishdan bo‘shatish nafaqasi, davlat ijtimoiy 
sug‘urtasi va davlat ijtimoiy ta‘minoti bo‘yicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, 
homiladorlik va tug‘ish nafaqalari (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, 
shu jumladan oilaning bemor a‘zosini parvarishlash nafaqalari bundan mustasno), 
shuningdek xayriya va ekologiya jamg‘armalari mablag‘laridan fuqarolarga pul va 
natura shaklida beriladigan nafaqalar va boshqa yordam turlari. 
Bunda eng kam ish haqi hisobi uchun mehnat shartnomasi to‘xtatilgan 
kunda amal qilgan (oxirgi ishlagan kundagi) oylik eng kam ish haqining miqdori 
qabul qilinadi;

olinadigan alimentlar; 

oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus hamda hunar-texnika o‘quv yurtlari 
hamda ular bazasida tashkil etilgan biznes maktablari, shu jumladan oliy va o‘rta 
diniy o‘quv yurtlari tomonidan o‘z talabalariga va o‘quvchilariga tayinlanadigan 
stipendiyalar, shuningdek xayriya va ekologiya jamg‘armalari mablag‘laridan 
ta‘sis etiladigan stipendiyalar; 

davlat pensiyalari, shuningdek ularga ustamalar (ustamalarning qonun 
xujjatlarida chegaralangan miqdorigacha); 

shaxslar qon topshirganlik uchun, donorlikning boshqa turlari uchun, ona 
suti topshirganlik uchun oladigan summalar, shuningdek tibbiyot muassasalarining 
xodimlari qon yig‘ib topshirganliklari uchun oladigan summalar; 

fuqarolarning xorijda ishlashga yuborilishi munosabati bilan davlat 
byudjetidan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlardan chet el 
valyutasida oladigan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida 
belgilangan summalar doirasida;

jismoniy shaxslarning xususiy mulk huquqi asosida o‘zlariga qarashli 
bo‘lgan mol-mulkni sotish natijasida oladigan summalari, tadbirkorlik faoliyati 
doirasida 
amalga 
oshiriladigan 
mol-mulkni 
sotish 
natijasida 
oladigan 
daromadlardan tashqari; 


35 

jismoniy shaxslarning uy xo‘jaligida yoki dehqon xo‘jaligida etishtirgan 
qoramol, quyon, nutriya, baliq, parrandalarni ham tirik holatda, ham ularni so‘yib 
mahsulotlarini xom va qayta ishlangan holda, shuningdek asalarichilik 
mahsulotlarini va bunday xo‘jalikda etishtirilgan tabiiy yoki qayta ishlangan 
dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlari summasi. Fuqaroda 
shaxsiy yordamchi xo‘jalik mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki 
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma‘lumotnomasi bilan tasdiqlanadi; 

bir yil mobaynida yuridik shaxslardan olingan eng kam ish haqi 
miqdorining olti baravarigacha bo‘lgan summadagi qimmatli sovg‘alar qiymati, 
shuningdek xalqaro hamda respublika tanlov va musobaqalarida olingan sovrin 
buyumlar qiymatining summasi; 

meros qilib qoldirish va hadya qilish natijasida olingan summalar va mol-
mulk qiymati, fan, adabiyot va san’at asarlari mualliflarining merosxo‘rlari 
(huquqiy vorislari) oladigan mualliflik haqi summalari bundan mustasno; 

davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar bo‘yicha yutuqlar, 
shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha 
foizlar; 

fuqarolarning sug‘urta bo‘yicha oladigan summalari; 

bir yil mobaynida berilgan moddiy yordam summalari: 
- tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan 
moddiy yordam summalari - to‘laligicha; 
- vafot etgan xodimning oila a‘zolariga yoki oila a‘zolari vafot etganligi 
munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari - eng kam ish 
haqining yigirma baravarigacha miqdorda; 
- boshqa hollarda - eng kam ish haqining o‘n ikki baravarigacha miqdorda; 

depozit sertifikatlar bo‘yicha daromadlar, banklardagi omonatlar va davlat 
xazina majburiyatlari bo‘yicha foizlar va yutuqlar; 

patent egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning (litsenziarning) sanoat mulki 
ob‘ektlaridan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishdan yoki foydalanish boshlangan 
sanadan e’tiboran amal qilish muddati doirasida ularga litsenziyalar sotishdan, 
shuningdek litsenziat sanoat mulki ob‘ektlaridan foydalana boshlagan sanadan 
e’tiboran ushbu foydalanishdan olgan daromadi summasi: 
- ixtirolar va selektsiya yutug‘idan - besh yil davomida; 
- sanoat namunasidan - uch yil davomida; 
- foydali modeldan - ikki yil davomida 

bolalar lagerlari va boshqa sog‘lomlashtirish lagerlariga, ota-onalarning 
bolalari bilan dam olishiga maxsus mo‘ljallangan sanatoriy-kurort muassasalariga 
borish uchun bolalar va o‘smirlarga beriladigan yo‘llanmalar qiymatini, 
shuningdek o‘z xodimlarining ambulatoriya yoki statsionar tibbiy xizmatdan 


36 
foydalanish qiymatini to‘liq yoki qisman kompensatsiyalash tartibida korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlar o‘z xodimlariga yoki ular uchun to‘lagan summalar. 
Ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovlar jumlasiga nogironlarning sog‘lomlashtirish va 
sanatoriy-kurort muassasalariga berilgan yo‘llanmalari qiymatini, davolanish va 
tibbiy xizmatdan foydalanish, nogironlikning oldini olish maqsadida texnika 
vositalari sotib olish uchun hamda nogironlarning salomatligini tiklash uchun 
qilingan xarajatlarni to‘liq yoki qisman to‘lash tartibida korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlar to‘lagan summalar ham kiradi; 

fuqarolarning ish haqi va soliq solinadigan boshqa daromadlarining davlat 
korxonalari mol-mulkini sotib olish, xususiylashtirilayotgan korxonalar 
aktsiyalarini olish uchun yo‘naltiriladigan summalari; 

vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, basharti 
bunday ishlar vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta‘minlash markazlari ko‘magida 
amalga oshirilayotgan bo‘lsa; 

xususiy korxona va fermer xo‘jaligi tomonidan soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin xususiy korxona mulkdori va fermer 
xo‘jaligining boshlig‘i ixtiyoriga kelib tushadigan foyda summasi;

O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul 
mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la beriladigan pul 
mukofotlari yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati;

Olimpiya o‘yinlarida va boshqa xalqaro sport musobaqalarida sovrinli 
o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul 
mukofotlari;

jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‘yicha foizli 
daromadlar, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari; 

jismoniy shaxslar tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ularga 
hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltiriladigan ish haqining va soliq 
solinadigan boshqa daromadlarining summalari. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish