XULOSA
Soliqlar iqtisodiy munosabatlar tarkibidagi eng asosiy moliyaviy munosabatlar
tarmog’i bo’lib, iqtisodiy – ijtimoiy taraqqiyotning moddiy negizini tashkil etib,
jamiyat rivojining moddiy manbai sifatida ijtimoiy ob’ektiv zaruriyatdir.
Darhaqiqat, soliqlar iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishni muhim
elementlaridan biri bo’lib, shu bilan bir qatorda davlatni moliyaviy iqtisodiy tizimini
tarkibiy qismi sifatida namoyon bo’ladi va iqtisodiyotga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Aytish mumkinki, davlat o’z soliq tizimini tashkil qila turib, uni moliyaviy siyosatini
amalga oshirish maqsadlarida ishlatishga harakat qiladi va shu bilan u tarkiban
mustaqil yo’nalishga ega bo’lib, soliq siyosatini tashkil etadi.
Soliq siyosati - mamlakat bo’yicha ma’lum vaqtga belgilangan kontseptsiya,
mezon va vazifalar, davlat iqtisodiy va moliyaviy siyosatning asosiy tarkibi,
davlatning soliqqa tortish uslublari, soliq turlari, ularni to’lash tartiblarini
takomillashtirishga bag’ishlangan maqsadli tadbirlaridir.
Har qanday mamlakatda qanday soliq siyosati yuritilayotgani va soliqqa tortish
sohasidagi chora-tadbirlar qanchalik samarali ekanligi ko’p jihatdan iqtisodiy
islohatlarning xarakteri va dinamikasini belgilaydi. Oqilona tashkil etilgan, yaxshi
muvozanatlangan soliq tizimi, bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar
tajribasidan ma’lumki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hamda shu
asosda barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishning asosiy vositalaridan biridir.
Chunki davlat moliyaviy siyosati, makroiqtisodiy siyosatning muhim tarkibiy qismi
bo’lib, uning mohiyati davlat va jamiyat oldiga qo’yilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
hamda boshqa strategik maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qo’llaniladigan iqtisodiy,
huquqiy va boshka vositalar, usullar yo’nalishlarining belgilanishi, real shart-
sharoitlar aniq hisobga olingan holda, ulardan foydalanishga qaratilgandir.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan davlat
moliyaviy siyosati o’tish davri bilan bog’liq bo’lgan tangliklarni tezroq bartaraf etish,
makroiqtisodiy barqarorlik va o’sishni ta’minlash, aholi turmush darajasini
yaxshilashdan iborat bo’lgan vazifalarni bajarishga qaratilgandir.
60
Moliyaviy siyosatning eng muhim tarkibiy qismi sifatida soliq siyosati katta
ahamiyatga ega. Bu sohada davlat siyosati davlat uchun ham, bozor ishtirokchilari,
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, tadbirkorlar va boshka fuqarolar uchun ham maqbul
keladigan shart-sharoitlarning yaratilishiga iqtisodiyotning real sektori ahvolini
yaxshilashga qaratilmog’i lozim.
Soliq siyosati quyidagi tamoyillar asosida shakllantirilishi lozim:
- soliq tizimini barkarorligi;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tarmoq bo’ysinishi va mulkchilik shaklidan
qatiy nazar bir-xilda soliqqa tortilishi;
- bir-xil darajada daromadga ega bo’lgan turli tabaqadagi soliq to’lovchilarga
soliq yukini teng taksimlanishi;
- bir-xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi soliq to’lovchilarni teng sharoitda
soliqqa tortish.
Bitiruv malakaviy ishimiz doirasida amalga oshirilgan izlanishlar
natijasida bir necha xulosalar keltirildi. Ularning asosiylari va eng muhimlari
quyidagilardan iboratdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |