50
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan me’yoriy miqdorlarning ikkitasi yagona
soliq to’loviga va faqat bittasi yagona ijtimoiy to’lovga tegishlidir. Bunday
me’yoriy miqdorlar avval boshdanoq tadbirkorlik sub’ektlarining soliqlardan
qochish orqali hufiyona iqtisodiyotni kuchaytirib yuborishiga qarshi choralar
sifatida qabul qilingan. Lekin me’yoriy miqdorlarni amaliyotda qo’llanishida
ayrim muammolarning mavjudligi, ushbu holat yuzasidan mamlakatimizning
soliq tizimida me’yoriy miqdorlarning yagona soliq to’lovi va boshqa
soddalashtirilgan tartibdagi soliqlar uchun foydalanishning samaradorligi
hususida jiddiy o’ylab ko’rish dolzarbligini belgilab beradi. Shu bilan birgalikda
ushbu me’yorlarning soliq amaliyotida kutilayotgan samarani bermayotganligi
mazkur yo’nalishda hal qilinishi kerak bo’lgan muammolar borligidan dalolat
beradi. Har qanday tadbirkor ko’proq foyda olishga, uni maksimallashtirishga
intiladi, o’z navbatida soliq xarajat elementi bo’lgani uchun uni
minimallashtirishga harakat qiladi. Lekin mazkur me’yorning joriy etilganligi,
mazkur me’yorlar bo’yicha soliq to’layotgan kichik biznes sub’ektlarining
yagona soliq to’lovini minimallashtirish yuzasidan ishlab chiqadigan soliqlarni
rejalashtirish choralarini ahamiyatsiz qilib qo’yadi.
Me’yoriy miqdorlarning mohiyatidan kelib chiqib ularni nima maqsadga
qaratilganini tahlil qilsak, quyidagi fikrlarga kelishimiz mumkin:
– soliqlardan qochmoqchi bo’lgan soliq to’lovchilardan soliq
summasining me’yoriy miqdorini davlat byudjetiga undirish ko’zda tutilgan;
– me’yoriy miqdorlarning yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan
shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar to’laydigan qat’iy soliq miqdoriga bog’lab
qo’yilganligi;
– me’yoriy miqdorlarning vevosita faoliyatiga bog’liq bo’lmagan yoki
daromad olishda foydalanilmayotgan ob’ektga qaratilganligi (masalan, egallab
turgan er maydonidan kelib chiqib hisoblanadigan er solig’ining uch baravaridan
kam bo’lmagan miqdordagi me’yoriy miqdor).
51
– Soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibiga ko’ra yagona soliq to’lovini
to’lash mexanizmining afzallik va kamchiliklarini quyidagicha:
– Ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, yagona soliq to’lovini to’lash tartibi
qanchalik qulay bo’lmasin, o’ziga xos kamchilik jihatlari ham mavjud. Yagona
soliq to’lovini hisoblash mexanizmi soddalashtirilgan sari xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarda buxgalteriya hisobini yuritish sifati pasayib boradi. Chunki bunday
soliqqa tortiz tizimi xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan mukammal buxgalteriya
hisobini yuritishni talab etmaydi. Bundan tashqari yagona soliq to’lovining yalpi
tushumdan undirilishi soliqlarning adolatlilik printsipini buzadi, sababi yagona
soliq to’lovini hisoblash jarayonida korxonaning xarajatlari hisobga olinmaydi.
Shuningdek yagona soliq to’lovini to’lash kichik tadbirkorlik sub’ektining
moliyaviy natijalariga bog’liq bo’lmay, kichik tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy
faoliyatini zarar bilan yakunlagan sharoitda ham soliq undiriladi hamda
umumbelgilangan tartibdagi singari o’tgan yillarda ko’rilgan zararlarni soliq
solinadigan bazadan chegirish imkoniyati mavjud emas.
15-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: