48
13-jadval
Eng qulay soliq tizimi joriy etilgan mamlakatlar
21
T/r
Mamlakat
Jami soliqlar
soni
Umumiy soliq stavkasi
(barcha soliqlarning
stavkasi yig’indisi)
1
Maldivi orollari
3
9,3
2
Qatar
3
11,3
3
Gonkong
3
23,0
4
Singapur
5
27,1
5
Irlandiya
8
28,8
6
BAA
14
14,1
7
Saudiya Arabistoni
14
14,5
8
Ummon
14
22,0
9
Mavrikiy, Kiribati
7
25,0; 31,8
10
Kanada
8
28,8
11
Quvayt
15
15,5
12
Baxreyn
25
15,0
13
Lyuksemburg
23
20,8
14
Daniya
10
27,5
15
Shveytsariya
19
30,1
Keltirilgan jadval ma’lumotlaridan Maldivi orollari davlatida eng qulay
soliqqa tortish tizimi joriy etilganligini ko’rishimiz mumkin. Ushbu davlatda
uchta soliq turi joriy etilgan bo’lib, uning umumiy stavkasi 9,3 foizni tashkil
etadi. Qatar va Gonkongda ham uchtadan soliq to’lovi amal qiladi, lekin ushbu
davlatlarda soliqlarning umumiy stavkasi mos ravishda 11,3 % va 23,0 %ni
tashkil etadi.
Tahlillar iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda soliq tizimining qulayligi juda
ham ko’zga tashlanadigan darajada emasligi ko’rsatib turibdi. Masalan, yalpi
ichki mahsulotning aholi jon boshiga nisbatan hisoblaganda dunyoda eng yuqori
o’rinlarni egallaydigan Lyuksemburg 13 o’rinda, Shveytsariya 15 o’rinni
egallagan. Dunyoning 183 ta davlatlari bo’yicha o’tkazilgan reyting
natijalarining oxirgi o’rinlarini Venesuela (jami 70 ta soliq to’lovi, umumiy
stavka 63,5 %, 183 o’rin), Kongo respublikasi (jami 61 ta soliq to’lovi, umumiy
stavka 65,9 %, 182 o’rin), Ukraina (jami 135 ta soliq to’lovi, umumiy stavka
57,1 %, 181 o’rin) davlatlari egallab turibdi.
21
http://top-rating.info/1/138
. Reyting stran po nalogam.
49
Mamlakatimizda kichik biznes sub’ektlarini har tomonlama qo’llab-
quvvatlash maqsakdida, ular uchun ixtiyoriy ravishda soliq solishning
soddalashtirilgan tartibi yoki umumbelgilangan tartibda soliqlarni tanlash
huquqiga berilgan. Hukumatimiz tomonida oxirgi yillarda kichik biznesni
qo’llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o’zining
samarasini bermoqda. Masalan, yagona soliq to’lovining asosiy stavkasi 2005
yilda 13 foizga teng bo’lgan bo’lsa, hozirga kelib sanoat sohasi uchun stavka 5
foizni tashkil etmoqda, ushbu islohotlarning ijobiy samarasi sifatida mazkur
yillarda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 38,2 foizdan, 2013
yilda 55,8 foizga oshdi. Lekin so’nggi yillarda amaldagi soliqqa tortishning
soddalashtirilgan usuli o’zining ijobiy tomonlari bilan birga me’yoriy
miqdorlarning kiritilayotganligi bilan ko’pgina muammoli tomonlarini ham
nomoyon etmoqda. Ma’lumki, mamlakatimizda 2010 yildan boshlab yagona
soliq to’lovini belgilangan stavkalar asosida, biroq ma’lum bir faoliyat turlari
bo’yicha o’rnatilgan me’yoriy miqdorlaridan kam bo’lmagan miqdorda
soliqlarni hisoblab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Qabul qilingan me’yoriy
miqdorlarni o’ziga xosligiga qarab ularni qo’yidagi uch guruhga ajratish
mumkin
14-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: