Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish" kafedrasi "soliqlar va soliqqa tortish"



Download 419,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana06.11.2022
Hajmi419,85 Kb.
#861337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi va uni undirish taritibi 2

3.
 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilari, soliq 
ob’ekti va soliq solinadigan bazani aniqlash tartibi
Jismoniy shaxslar mehnat faoliyati evaziga daromad olish imkoniyatiga 
egaligi barchaga ma’lum. Daromadlar olish manbalarining turlichaligi, ularning 
daromadlariga nisbatan chegaralangan soliq munosabatlarini joriy etish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. Shu borada aytish lozimki, jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig’i faqat byudjet daromadlarini oshirishga xizmat qilish bilan 
chegaralanmasligi, balki aholining turli qatlamlari turmush ahvolini yaxshilashga, 
to’lov qobiliyatini oshirishga ham xizmat qilmog’i lozim.
Amaldagi qonunchilikka asosan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig’i respublika byudjetiga yo’naltirilib, umumdavlat soliqlari toifasiga kiradi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i hozirgi kunda amaldagi Soliq 
kodeksining VI bo’limi, 29-bobi, 167-196 moddalari asosida undiriladi va huquqiy 
tartibga solinadi.
Soliq kodeksining 167-moddasiga muvofiq, soliqni to’lovchilar bo’lib, soliq 
solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar hisoblanadilar. 
Soliq solish ob’ekti bo’lib, quyidagi daromadlar hisoblanadi: 

O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va 
undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;

O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi 
manbalardan olingan daromadlari. 
O’zbekiston Respublikasining rezidenti deb quyidagilar e’tirof etiladi:
O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yxatidan o’tgan yuridik shaxs; 
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida 
yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o’n ikki oylik davr ichida jami bir 
yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O’zbekiston Respublikasida turgan 
jismoniy shaxs. 
Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, Soliq kodeksining 
tegishli moddalariga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan 
holda aniqlanadi. 


Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi: 
1) mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar; 
2) mulkiy daromadlar; 
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar; 
4) boshqa daromadlar. 
Amaldagi soliq Kodeksining 172-moddasiga muvofiq, ish beruvchi bilan 
mehnatga oid munosabatlarda bo’lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga 
(kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va 
to’lanadigan barcha to’lovlar mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof 
etiladi. 

Download 419,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish