Biznesni boshqarishga doir qiziqarli savollar
1. Tijoratda raqobatga qarshi uchta asosiy va qudratli qurol bor: 1) sifat; 2) narx; 3-nima?
2. O‘zbekiston qonunchiligida uning to‘rt turi belgilangan — oddiy, qiyosiy, noto‘g‘ri, yashirin. Savol: gap nima haqida ketmoqda?
3. Ushbu pullarni nima birlashtiradi – vona, austral, lira, yuan, to‘g‘rik, afg‘oni?
4. Bu ikkala o‘zaro raqobatchi kompaniyaning qishloq xo‘jaligiga hech qanday aloqasi yo‘q. Lekin ulardan ikkovi ham o‘z ramzlarida qishloq xo‘jaligining yirik sohalari bilan bog‘liq narsalarni o‘zlariga ramz qilib olishgan. Ulardan biri qishloq xo‘jaligi sohalaridan birining eng asosiy mahsulotlaridan birini o‘z ramziga tushirgan bo‘lsa, ikkinchisi qishloq xo‘jaligining yana bir sohasining asosiy mahsulotini yaratuvchilarini o‘ziga ramz qilib olgan. Shu kompaniyalarning nomini ayting.
5. Oskar Uayld shunday yozgan: “Jamiyatning pul haqida boylardan ham ko‘proq o‘ylovchi faqat bitta sinf bor, bu ulardir”. Savol: ular kimlar?
6. Genri Ford “Model-T” deb nomlangan avtomobillarini asosan qora rangga bo‘yab sotgan. Savol: nima uchun?
7. Genri Ford korxonadagi ishchilarini kam maoshga shukur qilib, sidqidildan ishlashlari uchun ularga navbati bilan bir yumushni bajartirgan. Agar o‘sha davrlardagi iqtisodiy holatni bilsangiz, aytingchi bu qanday yumush?
8. 1940- yillarda Ford kompaniyasi avtomobillarga signalizatsiya o‘rnatib sota boshladi. Lekin signalizatsiyaga talab sezilarli bo‘lmadi. Buning ikkita asosiy sababi bor edi. Birinchisi-o‘g‘rilarning kamligi. Fordni bilgan holda 2-sababini siz ayting.
9. Genri Ford 1916-yilda o‘z kompaniyasini davlat tasarrufidagi kompaniya, deb e’lon qiladi. Savol: shundan so‘ng kompaniya qanday texnikalar ishlab chiqargan?
10. Savolda ortiqchasini toping: aka-uka Lumyerlar, Genri Ford, Tomas Edison, Aleksandr Bell, Alfred Nobel.
Qiziqarli savollar-2
1.Marketologlarning aytishlaricha bu uch so‘zdan iborat yozuv ko‘pgina mashhur firmalarning ashaddiy kushandasi ekan. Savol: yozuvni aniq talaffuz qiling.
2. «BARSELONA» futbol klubining rahbariyati futbolchilarning maydondagi samarali faoliyatini ta’minlash uchun erkaklarga xos bo‘lmagan bir xizmat ko‘rsatish bo‘limini tashkil etgan. Savol: bu erkaklar uchun qanday noodatiy bo‘lim bo‘lishi mumkin?
3. Savol: Familiyasi Tven bo‘lgan mashhur adib ismi + “go‘sht” so‘zining sinonimi + ingliz tilida “Davom” zamonining qo‘shimchasi =”........” Bu qaysi so‘z ?
4. Gitler hukmronligi davrida Germaniyada Coca-cola ichimligi qat’iyan taqiqlanadi. Shundan so‘ng nemislar fantaziyasidan kelib chiqib. U kashf etiladi. Savol: uni toping?
5. Quyidagi ro‘yxatni o‘qing: fotokamera, videokamera, uyali telefon. Marketloglarning aytishi bo‘yicha aynan ro‘yxatdagilar bo‘yicha eng ko‘p X (iks) sotuv usuli qo‘llanilar ekan. Savol: qanday sotuv usuli yoki X (iks)ni toping?
6. “Kung Fu Panda“ multfilmida Pandaning otasi, o‘rdak, oshxonasida bir marketing rejasi qo‘llagani keltiriladi. Savol: marketing rejasining asosini o‘zbekchada ayting.
7. Mikelanjelo yoshligidan juda mohir haykaltarosh bo‘lgan. U haykallarini juda ishonchli qilib yasagan, shuning uchun haykallarini xaridorlarga qimmat narxda bir hiyla ishlatib sotgan. Savol: qanday hiyla?
8. Yaqinda ilk nashr etila boshlangan bir gazeta muharrirlari o‘z gazetalarining qo‘lma-qo‘l bo‘lishini ta’minlash uchun bir ish qilishdi. Savol: ular nima qilishgan?
9. Poyga uyushtiramiz: kim birinchi bo‘lib menga “baqiradi”?!
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |