Тошкент молия институти Сиртқи факултет



Download 38,11 Kb.
bet1/5
Sana17.07.2022
Hajmi38,11 Kb.
#815504
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil ish




Тошкент молия институти Сиртқи факултет
2 курс ________________ академгуруҳ талабаси Муллажонов Ж А нинг
__________________________________________________ фанидан бажарган


МУСТАҚИЛ ИШГА
ТАҚРИЗ
Мавзу _____________________________________________________________
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
Камчиликлари: ____________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Қониқарли:________________________________________________________
Қониқарсиз: ______________________________________________________
Мустақил ишни текширувчи ________________________________________

INVESTITSIYALAR HAQIDA TUSHUNCHA VA ULARNING


TURLARI.
1.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarning iqtisodiyotda
tutgan o’rni.
Mamlakatimizda 2010 yilda 2009 yilga nisbatan 13,6 foizga ko‘p, ya’ni 9
milliard 700 million AQSH dollariga teng miqdordagi investitsiyalar o‘zlashtirildi,
bu yalpi ichki mahsulotning qariyb 25 foizini tashkil etadi.
Ushbu investitsiyalarning salkam 72 foizi ishlab chiqarish korxonalarini
barpo etishga, jumladan, 38 foizga yaqini asbob-uskuna va ilg‘or texnologiyalar
sotib olishga yo‘naltirildi. Shu boradagi umumiy qo‘yilmalar hajmida xorijiy
investitsiyalar va kreditlar ulushi 28,8 foizni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar miqdori esa 2 milliard 400 million dollardan ziyodni tashkil etdi.
Barcha moliyaviy manbalar hisobidan texnik va texnologik qayta jihozlash
uchun yo‘naltiriladigan investitsiyalar hajmi 3 milliard 800 million dollardan
oshgani yoki 2010 yildagi barcha kapital qo‘yilmalarning 37,5 foizini tashkil
etgani prinsipial muhim ahamiyatga egadir.
2
Muxtasar aytganda, Investitsiya dasturi doirasida 2010 yilda 200 dan ziyod
loyiha amalga oshirildi. Jumladan, yiliga 50 mingta avtomobil ishlab chiqarish
quvvatiga ega bo‘lgan “M-300” rusumidagi yengil avtomobil ishlab chiqarishni
o‘zlashtirish”, 200 ming tonna kaliy o‘g‘itlari ishlab chiqarish quvvatiga ega
bo‘lgan “Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi qurilishi”, “Xonjiza konida polimetall
rudalarga ishlov berish” kabi yirik loyihalar, Navoiy kon-metallurgiya kombinati,
“Navoiyazot” kompaniyasining bir qator yangi obyektlarini barpo etish ishlari va
boshqa loyihalar nihoyasiga yetkazilganini ta’kidlash joiz. Rеspublikamiz
Prеzidеnti I.A.Karimov yangi yil tabrigida amalga oshirgan ishlarimizni, erishgan
marralarimizning asosiy mеzonlari va omillari to’grisida batafsil toxtalib otildi va
2009 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotini izchil rivojlantirish va modеrnizatsiya
2 Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi, «Xalq so’zi» gazetasi № 16, 2011 yil 22
yanvar

9 qilish, islohot va o’zgarishni davom ettirish va chuqurlashtirish, moliyaviy


inqirozga qarshi samarali dasturlarni amalga oshirish, birinchi navbatda ishlab
chiqarishni tеxnik va tеxnologik qayta jixozlash dolzarb vazifa ekanligi ta'kidlab
o’tildi.
Iqtisodiyotni modеrnizatsiya qilish, tеxnik va tеxnologik jixatdan yangilash
iqtisodiy siyosatning xal qiluvchi ustivor vazifasi bo’lib qolmoqda. Bu dolzarb
asosiy vazifani xorijiy invеstitsiyalarni jalb etish asosida amalga oshirish ko’zda
tutilmoqda. 2008 yilda 1,5 milliard AQSh dollari miqdorida xorijiy invеstitsiyalar
o’zlashtirildi, ularning 70 % ni to’g’ridan-to’g’ri jalb qilingan invеstitsiyalarni
tashkil etadi. 2009 yilda Invеstitsiya dasturini amalga oshirish doirasida 1,8
milliard AQSh dollaridan ortiq xorijiy invеstitsiyalarni o’zlashtirish ko’zda
tutilgan. Ularning taxminan to’rtdan uch qismi to’g’ridan-to’g’ri jalb etiladigan
invеstitsiyalardir.
Umuman, 2009 yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va ichki
invеstitsiyalarni xisobga olganda, kapital qo’yilmalarining umumiy xajmi
mamlakatimiz yalpi ichki maxsulotining 25 % ni tashkil etadi.
O’zbеkiston o’zining ishonchli va to’lov qobiliyatiga ega xamkor ekanini,
mamlakatimizda chеt el sarmoyasini jalb etish bo’yicha xar tomonlama qulay
shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda.
Bugungi kunda O’zbеkistonning umumiy tashqi qarzi yalpi ichki maxsulot
xajmining 13,3 % ni tashkil etadi va eksport xajmining 31 % dan oshmaydi. Bu
xalqaro mеzonlarga ko’ra, xar jixatdan maqbul xolat dеb baxolanmoqda.
xozirgi davrda mamlakatimiz qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirish
masalasi sug’oriladigan еrlarning mеliorativ xolatini yaxshilash va unumdorligini
oshirish bo’yicha o’ta muxim vazifani xal etish bilan bеvosita bog’liqdir. 2009
yilda mamlakatimizda еrlarning mеliorativ olatini yaxshilash ishlari uchun 130
milliard so’m miqdorida mablag’ ajratilishi ko’zda tutilmoqda.
O’zbеkiston iqtisodiyotining barqaror, izchil rivojlanishi Xalqaro Valyuta
Jamg’armasi tan olganidеk, eng avvalo kеng ko’lamli tizimli bozor isloxotlarini
joriy etish va xorijiy invеstitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy

10 o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilish va


yangilash, eksportga ixtisoslashgan yangi tarmoq va korxonalar barpo etish, biznеs
va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan, xar tomonlama puxta
o’ylangan siyosatning amaliy natijasidir.
Iqtisodiyotni
erkinlashtirish
sharoitida
respublikamiz
iqtisodiyotida
tarmoqlar va tarmoqlararo proportsiyalarda ijobiy o’zgarishlar yuz bermoqda,
yangi tarmoqlar bunyod etilmoqda, Qo’shma korxonalar soni oshib bormoqda.
Iqtisodiy o’sishga, katta miqdorida ivestitsiyalar ajratildi. Respublikamiz
iqtisodiyotiga safarbar etilgan yirik miqiyosida investitsiyalar import o’rnini
bosuvchi ishlab chiqarishning barpo qilinishi va yalpi mahsulot turlarining
o’zlashtirilishi bilan bog’liq bo’ladi.
Bunday tuzilmaviy o’zgartirishlar jaxon xujaligiga kirib borish, mamlakat
iqtisodiyotining barqaror o’sishiga erishish imkoniyatlarini yaratadi.
Investitsiyalashning ustuvor yo’nalishlarini aniq belgilash, ilmiy asoslangan
investitsiya qarorlarini qabul qilish investitsiya faoliyatini oqilona tartibga solish
asosida ichki va tashqi moliyaviy manba’larning barcha shart-sharoitlarini hisobga
olgan holda jalb qilish milliy iqtisodiyotning kelajagini belgilaydi. Mamlakatimiz
investitsiya faoliyatida, ayniqsa, xorijiy investitsiyalar ishtirokida kuchayib
bormoqda.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bevosita xorijiy
investitsiyalar to’g’risida fikr bildirib, «Bir oddiy xaqiqatni yaxshi tushunib olish
kerakki, O’zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar,ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri
kelayotgan sarmoyalar oqimi xar bir kishi, umuman jamiyat hayoti uchun suv va xavodek zarur»
3 - deb baholaydi. O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya
faoliyati to’g’risida” gi Qonunning 2-moddasiga ko’ra, “investitsiyalar-iqtisodiy
yoki boshqa faoliyat ob’ektlariga sarflanadigan moddiy va nomoddiy boyliklar
hamda ularga doir huquqlardan iboratdir”
4 Investitsiya faoliyatidagi burilishlar, ta’kidlangan vazifalarni echish;
3 Каримов И А “Иқтисодий ислоҳат масулиятли босқич” Т.: Ўзбекистон. 1999й 46 б
4 “Инвеститция фаолияти тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни Т.:1998.

11 investitsiyalashning davlat mexanizmini erkinlashtirib borish va bozor


mexanizmlarida qo’llaniladigan soxalarni kengaytirish; investitsiyalashni o’z
jamg’armalari hisobidan ta’minlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va
joriy qilish; zamonaviy, korporativ moliyalashtirish, lizing kabi yangi usullardan
foydalanish soxalarini kengaytirish talab qilinadi.
Investitsiyalar
Kiritish ob’ektlari
bo’yicha
Investitsiyalash
maqsadlari bilan bog’liq
risklar bo’yicha
Takror ishlab chiqarish
bo’yicha
-venchur
-bevosita
-portfel’
-annuitet
Yo’naltirish sohasi va
ob’ektlari bo’yicha
-sof (asosiy kapitalni
ko’paytiradigan)
-eskirishni qoplaydigan
-yalpi
-mol-mulkka investitsiya
-moliyaviy
-nomoddiy
-kapital
-innovatsion
-ijtimoiy
-davlat investitsiyalari
-korporativ investitsiyalar
-xususiy investitsiyalar
-xorijiy investitsiyalar
-yangi loyihalarga
-kengaytirishga, yangilashga
-reinvestitsiyalar
Investitsiyalash sub’ektlari bo’yicha
Amaliy yo’nalishlari bo’yicha
16
1.3. Investitsiyalarning turlari va shakllari
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi turlari mavjud:
- real investitsiyalar;
- moliyaviy investitsiyalar;
- intellektual investitsiyalar.
Real investitsiyalar - bu korxona asosiy vositalarini vujudga keltirish va
takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa
shakllarini rivojlantirishga ko’shiladigan investitsiyalardir. Buxgalteriya hisobida
bu turdagi investitsiyalar kapital qo’yilmalar sifatida e’tirof etiladi.
Moliyaviy investitsiyalar qo’llashiga ko’ra qisqa va uzoq muddatli bo’ladi.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar - bu uzoq muomala muddatiga ega
(12 oydan ortiq) aktivlarning sotib olinishiga oid investitsiyalardir.
Qisqa mudatli moliyaviy investitsiyalar - o’zida muomala muddati 12 oydan
oshmaydigan, engil sotiladigan moliyaviy aktivlarning harid qilinishiga oid
investitsiyalardir.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishning vazifalari
quyidagilardir:
- uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni va ular bo’yicha olingan
daromadlarni o’z vaqtida va to’g’ri aniqlash;
- uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar uchun ajratilgan mablag’larni o’z
vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;
-uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda BHMS larni
keng qo’llash;
- uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlarning
korxona moliyaviy natijalarida aks ettirilishini ta’minlash:
-uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlardan
byudjetga tegishli qismini amaldagi me’yoriy xujjatlarga, Soliq Kodeksining
talabiga muvofiq to’g’ri hisoblashni tashkil qilish, byudjetga tegishli qismini o’z
vaqtida o’tkazishni ta’minlash;
uzoq
muddatli moliyaviy
investitsiyalar
hisobiga kelib tushgan

17 mablag’lardan korxonani kengaytirish, rivojlantirish va korxona jamoasi extiyoji


uchun ishlatishni ta’minlash.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida hisobga
olishni «engillashtirish uchun quyidagi guruhlarga ajratiladi:
- Qimmatli qog’ozlar;
- Sho’ba korxonalariga investitsiyalar;
- Qaram birlashmalarga ishvestitsiyalar;
- Qo’shma korxonalarga investitsiyalar:
Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar.
Qimmatli qog’ozlar uzoq muddatli investitsiyalarning asosiy qismini tashkil
etadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qimmatli qog’ozlar investitsiyalar
yo’naltirishning asosiy vositasi hisoblanadi.
1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining
«Qimmatli qog’ozlar va fond birjalari to’g’risida»gi qonuniga (qo’shimcha va
o’zgartirishlar bilan) muvofiq «qimmatli qog’ozlar - bu ularni chiqargan shaxs
bilan ularning egasi o’rtasidagi mulkni huquqlari yoki qarz munosabatlarini
tasdiqlovchi, dividend yoki foiz ko’rinishida daromad to’lashni hamda ushbu
hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shahsga berish imkoniyatini
nazarda tutuvchi pul xujjatlaridir».
Respublikamiz amaliyotida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni
yo’naltirishning asosiy vositasi aktsiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog’ozlarini
harid qilish hisoblanmoqda.
Korxonaning sho’’ba korxonalar, qo’shma korxonalar va qaram
birlashmalarga investitsiyalari mavjudligi ularni buxgalteriya hisobida alohida
turkumlarga ajratilishini taqozo etadi

1.4. Investisiya muhitini aniqlashning jahon tajribasi


Investisiyalash borasidagi qo’shma loyihalar va qo’shma korxonalarni tashkil
etishdagi risklarni hisobga olishda ko’pchilik xorijiy investorlar Beri indeksidan
foydalanadilar. Ushbu indeks mamlakatdagi investisiya muhitini turlicha salmoqqa

18 Ega bo’lgan 15 ta baholash mezonlari asosida hisoblab chiqadi. Har bir mezonga 0 dan (to’g’ri kelmaydi) 4 gacha (o’ta qulay) baho beriladi. To’plangan yuqori ball


“barqaror mamlakat”ni anglatadi. Mamlakat to’plagan ball qanchalik yuqori
bo’lsa, investisiyalashdan olinishi mo’ljallangan foyda ham shuncha yuqori
bo’lishi zarur, aks holda investisiyalash asossiz hisoblanadi. Beri indeksining
umumiy ko’rinishi quyidagicha:

1.Siyosiy barqarorlik:


kutilmagan hukumat to’ntarishlari imkoniyatlari va ularning tadbirkorlik
faolligiga ta’sirini baholaydi
2. Xorijiy investisiyalar va foydaga munosabat:
xususiy tadbirkorlarga tegishli ijtimoiy ehtiyojlarga bo’lgan xarajatlar hajmi
3. Milliylashtirish:
beg’araz ekspropriasiya imkoniyatlaridan to mahalliy xomiyatlarga imtiyozlar
berishgacha
4. Deval’vasiya:
deval’vasiya ta’siri hamda korxona faoliyatiga deval’vasiyaning ta’sirini
yumshatuvchi choralarning hayotiyligi
5.To’lov balansi: hisoblar balansi va umumiy balansga hamda xorijiy investorlarning daromadlariga ta’sir etuvchi omillar

6.Rasmiyatchilik masalalari:


davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi, bojxona rasmiyatchiliklarini
amalga oshirilishi, valyuta o’tkazishlari va boshqa shunday operasiyalar
7. Iqtisodiy o’sish sur’atlari:
yillik yalpi mahsulot ishlab chiqarish sur’atlarining o’sishi 3%, 3-6%, 6-10%
va 10%dan yuqori chegaralarda
8. Valyutaning konvertirlangani:
milliy valyutaning xorijiy valyutaga almashtirish imkoniyati hamda milliy
valyutaning (korxonalarga zarur bo’lgan darajada) valyutalar bozoridagi o’rni
Imomov H.H.”Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish”o;quv qullanma.”IQTISOD –MOLIYA”
nashriyoti , 186 bet, 2010 yil
9. Shartnomani amalga oshirish imkoniyati:
shartnomaga amal qilish imkoniyati hamda til va urf-odatlardagi farq natijasida
qiyinchiliklarning yuzaga kelishi
10. Ish haqi va mehnat unumdorligiga xarajatlar:
ish haqi darajasi, mehnat unumdorligi, ishga qabul qilish tartibi
11. Ekspertlar va marketing xizmatlaridan foydalanish imkoniyati:
korxonalarga yuridik, buxgalteriya, marketing bo’yicha maslahatlar berish,
texnologiya va qurilish ishlarini amalga oshirish sohalarida maslahatlar kutish
imkoniyati
12. Aloqa va transportni tashkil etish:
faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar va ularning filiallari orasidagi transport
yo’llari va aloqa tizimini (mamlakat ichidagini ham) tashkil etish va
foydalanish imkoniyati. Transport infratuzilmasini baholash

13. Mahalliy boshqaruv va hamkor:


boshqaruvning turli masalalarini yechishda o’z kapitali bilan qatnashish va
hamkorlikda faoliyat yuritishi mumkin bo’lgan mahalliy hamkorlarning soni
va imkoniyatlari

14. Qisqa muddatli kredit: xorijiy hamkorlarga qisqa muddatli kreditlar berish va ulardan foydalanish imkoniyati

15. Uzoq muddatli kredit va shaxsiy kapital:
hamkorlar tomonidan nizom kaptaliga o’z ulushlarini qo’shish shartlari va
milliy valyutada uzoq muddatli kredit berish shartlari
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga nisbatan Beri indeksi asosida
investisiya muhiti imitasion baholangan bo’lib, u quyidagi 2-jadvalda qayd etilgan:
Mamlakat investisiya muhitini baholashda yana Xalqaro kredit reytinglaridan
ham foydalaniladi.
Investisiya muhiti tushunchasi o’z murakkabligi va mukammalligi jihatidan
makro va mikro iqtisodiyot darajasida ko’rib chiqiladi. Makroiqtisodiyot darajasida
u kapitalni qabul qiluvchi mamlakatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
holatlarni o’z ichiga oladi.
Mikroiqtisodiyot darajasida investisiya muhiti bir tomondan investor-firmasi va ikkinchi tomondan xorijiy investisiyani qabul qiluvchi xo’jalik sub’ektlari, ya’ni sotuvchilar, sotib oluvchilar, banklar hamda kasaba uyushma va boshqa jamoat tashkilotlari o’rtasidagi ikki yoqlama munosabatlarni aks ettiradi.

INVESTITSIYALAR HISOBI VA AUDITINING


MUAMMOLARI.
Investitsiyalar hisobining uslubiy muammolari
Xo’jalik sub’ektlari bilan uning tashqi va ichki manbalari o’rtasida
investitsiya resurslarining eng samarali harakatini ta’minlash borasida qaror qabul
qilish investitsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifa hisoblanadi. Shuning uchun
moliyaviy investitsiyalar resurlari oqimini boshqarish investitsiya faoliyatini
boshqarishdagi markaziy masala hisoblanadi.
Investitsiya faoliyatini boshqarish jarayonida sub’ektni uchta izchil
bosqichga ajratish mumkin: zarur axborotni yig’ish va to’plash; uni audit va tahlil
qilish; boshqaruvga oid investitsion qarorlar qabul qilish.
Bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobi ichki va tashqi
foydalanuvchilarga eng muhim ma’lumotlarni etkazib beruvchi vazifasini o’tab,
maqbul boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga) ko’maklashadi, bunday qarorlar
amalga tatbiq etlishi natijasida korxonaning ishlab chiqarish potentsiali oshadi va
raqobat bozorida uning mavqei ko’tariladi. Biroq tezkor boshqaruv qarorlarini
ishlab chiqish, hisobot yuritish tizimida mavjud bo’lgan va buxgalteriya hisobi
hisob varaqlarida, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan ma’lumotlarda
umuman etishmaydi.
Buxgalteriya hisobi moliyaviy investitsiyalarni hisobini yuritishning
mustaqil ob’ekti sifatida ko’radi. Bunday yondoshuv harajatlarni joriy asosiy
faoliyat (ishlab chiqarish va muomala xarajatlari) bilan bog’liq xarajatlar va uzoq
muddatli qo’yilmalarga bo’lish kontseptsiyasiga asoslangan.
Axborotlar tizimi orqali olingan iqtisodiy ma’lumotlarni) muayyan
ko’rsatmani vujudga keltiradigan xolatga etkazish uchun uni tayyorlash, ya’ni
to’plash, tekshirish va qayta ishlash kabi qo’shimcha ishlarni amalga oshirish
zarur, bu esa auditorlik faoliyatining asosiy mazmuni va taxlil ishlarining
bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, audit tekshiruvidan o’tkazishning
maqsadi auditorning moliyaviy hisobot va amaldagi qonunchilik talablariga
muvofiq tayorlangani, buxgalteriya hisobi standartlariga mosligi, undagi
ma’lumotlarning xaqqoniyligi axborot mavjud bo’lganida ham darxol investitsion
qaror qabul qilish mumkin emas.
Olingan axborotni chuqur mulohaza qilish yo’li orqali boshqarilayotgan
ob’ekt holati va uning rivojlanish tamoyillarini, amalga oshirilayotgan xo’jalik
jarayonlari mohiyatini tushunishga erishiladi. Faqat moliyaviy hisobot
ma’lumotlari va boshqaruv «yuragi»ni tashkil etadigan buxgalteriya hisobida
boshqa axborot manbalarini chuqur tahlil qilish yo’li bilangina to’g’ri boshqaruv,
investitsion qarorini qabul qilish mumkin. Mana shuning uchun ham auditor,
moliyaviy hisobot elementlarining haqqoniyligini aniqlagandan so’ng o’z ishini
tugallamaydi, balki tahlil ishlarini amalga oshiradi.
Auditorlar moliyaviy hisobot haqida o’z fikrlarini bildirishdan oldin
tekshirilayotgan xo’jalik sub’ekti ishlariga chuqurroq nazar tashlashlari, uning
faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlashlari hamda moliyaviy yo’qotishlarning oldini olish va auditdan o’tkazilayotgan sub’ektning bozorda barqarorligini
mustahkamlashga qaratilgan tegishli tavsiyalarni ishlab chiqishlari zarur. Bunga esa ular, bizningcha, faqatgina iqtisodiy tahlil usullariga tayangan holda ish olib borsalargina erishishlari mumkin.
Boshqaruv nuqtai-nazaridan audit va moliyaviy taxlil qaror qabul qilishdan
oldingi bosqich bo’lib, uning maqsadi: boshqarilayotgan ob’ekt holatiga to’g’ri
baho berish va bu xolatning talab qilinayotgan xolatdan qanchalik farq qilinishini
ko’rsatib berish; ob’ektni amaldagi vaziyatdan talab qilinayotgan holatga o’tkazish
imkoniyatlari va yo’llarini aniqlash; maqbul qarorlar qabul qilish uchun materiallar
tayorlashdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, investitsiyalarni boshqarish
tizimida audit va tahlil axborot olish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish
o’rtasidagi oraliq joyni egallaydi. Ular boshqaruv qarorlarini qabul qilish asosi
bo’lib hisoblanadi, qaror qabul qilishning o’zi esa boshqaruv tizimida etakchi o’rin
tutadi. Xo’jalik sub’ektining investitsiya faoliyatini boshqarish tizimida
buxgalteriya hisobi, taxlil va auditning tutgan o’rni quyidagi chizmada
ko’rsatilgan.

Download 38,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish