Investitsiyalar auditining uslubiy muammolari
Auditorlik tekshiruvisiz amalda to’g’ri hamda ilmiy asoslangan investitsion
qarorlarni qabul qilish mumkin emas. Chunki: 1) investitsion faoliyatini
boshlashdan oldin investitsion loyixani qoplanishi va uni samaradorligini taxlil
qilish zarur; 2) investitsion loyihani xayotga tadbiq etish mobaynida buxgalteriya
hisobini tashkil etish va yuritish hamda rejada belgilanganidan haqiqatdagining
farqini taxlil qilish zarur; 3) investitsion loyixa tugaganidan so’ng buxgalteriya
hisobi ma’lumotlari asosida audit tekshiruvi o’tkaziladi, shu asosda investitsiya
faoliyati bo’yicha boshqaruv qarori qabul qilinadi.
Buxgalteriyadan olingan axborotni faqat chuqur tahlil qilish va auditdan
o’tkazish asosidagina xo’jalik yurituvchi sub’ektining investitsiya faoliyati
natijalarini holis baholash, kutilgan maqsadlarga erishish yo’li orqali uni yanada
rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish mumkin.
Audit moliyaviy investitsiya faoliyatining quyida sanab o’tilgan barcha
vazifalarini amalga oshirishda katta muhim o’rin tutadi:
- rejalashtirish uchun - eng yaxshi investitsion dasturni tanlab olish uchun
uning variantlariga baho beriladi:
- taxminlash uchun - xo’jalik sub’ektining moliya strategiyasi variantlarini
tanlash ishlab chiqiladi va asoslanadi:
-tashkil etish uchun - xo’jalik sub’ekti investitsiyalarini boshqarishning eng
samarali tuzilmasini tanlash uchun variantlar baholanadi;
-muvofiqlashtirish uchun - xo’jalik sub’ektlari ma’naviyat investitsiyalarini
boshqarish tizimining barcha bo’g’inlarida ishlarining kelishilganligini ta’minlaydi:
-tartibga solish uchun - ko’yilgan maqsadlardan chetga chiqish holatlarini
o’z vaqtida bartaraf etishda yordamlashish maqsadida bunday holatlar tezkorlik
bilan aniqlanadi;
-rag’batlantirish uchun - rag’batlantirishning amaldagi tizimlari, ularning
xo’jalik sub’ekti faoliyati ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatish samaradorligi
o’rganilishi ta’minlanadi;
-nazorat uchun - moliyaviy axborotlarning xaqqoniyligi, moliya ishlarining
yo’lga qo’yilganligi, moliyaviy rejalarning bajarilishi va umuman olganda,
boshqaruv qarorlarining ijro etilishi tekshiriladi.
Xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy investitsiya faoliyatini buxgalteriya
hisobida to’g’ri aks ettirish hamda moliyaviy tahlil qilishni chuqurlashtirish, uning
metodik usullarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish mamlakatning bozor
iktisodiyotiga muvaffaqiyatli o’tishining muhim shartlari hisoblanadi.
Bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida faoliyat yuritayotgan
xo’jalik sub’ektlarining investitsiya resurslarini boshqarishda buxgalteriya hisobi
va auditning axamiyati tobora ortib borayotgani tufayli, ularning nazariy va uslubiy
muammolarini tadqiq qilish dolzarb masalaga aylandi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan korxona, tashkilotini va
muassasalarda mavjud mablag’lardan samarali foydalanish, korxona ixtiyoridagi
aktivlarning samaradorligini maksimal darajada ko’tarish asosiy vazifa bo’lib
hisoblanadi.
Chunki mablag’lardan samarali foydalanish korxona aktivlari unumdorligini
oshirishda va bu orqali maksimal darajada foyda olishda muhim axamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tkazish va tarmoqlar iqtisodini izchil rivojlantirish investitsiyalardan foydalanish
samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir.
Albatta, investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishda moliyaviy
investitsiyalar va ular bo’yicha olingan daromadlarni to’g’ri hisobga olish,
ularni maqsadli ishlatilishini nazorat qilish va hisobini ta’minlash, investitsiyalar
samaradorligini taxlil etish hamda auditini o’tkazish muhim o’rin tutadi, auditining
uslubiy muammolarini bartaraf etish hamda takomillashtirish dolzarb
vazifalarimizdan biri bo’lib hisoblanadi.
Bugungi kunda investitsiyalarni bozor iqtisodiyotiga moslashtirish va
investitsion faoliyatni boshqarish o’zgacha yondoshishlarni talab etmoqda. Chunki
xo’jalik yuritishning zamonaviy yo’lini tanlash investitsion siyosatni ham tubdan
o’zgartirishni talab qiladi. Investitsion siyosatni amalga oshirishda bozor
munosabatlariga mos dastaklardan foydalanish, ya’ni investitsion jarayoni
qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini belgilab berish; mamlakatda
investorlar uchun to’laqonli raqobatni ta’minlash: moliyaviy, moddiy va aqliy
boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat qilish va shunga tenglashtirilgan
tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |