Toshkent moliya instituti sh


Qo’yidagi tayanch so’zlarga ta’rif bering



Download 0,49 Mb.
bet89/125
Sana29.05.2022
Hajmi0,49 Mb.
#617069
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125
Bog'liq
4-y-Bank-ishi-darslik-Sh.Abdullaeva-T-2003

Qo’yidagi tayanch so’zlarga ta’rif bering





  1. Tijorat bankning passiv operatsiyalari.

  2. Tijorat bankning aktiv operatsiyalari.

  3. Depozit operatsiyalar va depozitlar.

  4. Bankning o’z mablag’lari.

  5. Chetdan jalb qilingan mablag’lar.

  6. Bank majburiyatlari.

  7. Taqsimlanmagan foyda.

  8. Nodepozit operatsiyalar.

  9. Multiplikatsiya.

  10. Depozit multiplikatsiyasi.

  11. Kredit salohiyat.

O’z bilimini tekshirish uchun savollar





  1. Tijorat banklarining passiv va aktiv operatsiyalari, mohiyatini tushuntiring.

  2. Depozit va nodepozit operatsiyalar mohiyati va turlarini izohlang.

  3. Bank majburiyatlari qaysi vaqtda oshadi?

  4. Tijorat bankining kredit potentsiali deganda nimani tushunasiz va unga qanaqa omillar ta’sir ko’rsatadi?

  5. Depozit multiplikatsiyasi nima?

  6. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalarining samaradorligiga qaysi yo’llar bilan erishish mumkin?

IX -BOB. TIJORAT BANKLARINING KREDIT SIG’SATI




  1. §. Kredit siyosatining maqsadi va vazifalari


Kreditlashni tashkil etish kredit munosabatlarining ikki sub’ekti – bank va qarz oluvchining o’zaro majburiyatlari hamda manfaatlarini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi. Kreditor sifatida banklarning olib boradigan faoliyati ular uchun me’yoriy bo’lgan hujjat kredit siyosatida o’z aksini topadi. Tijorat banklari kredit siyosatini mustaqil tuzadilar.


Har bir bank siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa jihatlarni hisobga olgan holda, o’z kredit siyosatini shakllantirishi bank kreditlash faoliyatining muhim tomoni hisoblanadi. Tijorat bankining kredit siyosati kreditlarni boshqarishning asosi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000 yil 2 martdagi «Tijorat banklari kredit siyosatiga qo’yiladigan talablar to’g’risida» gi Nizomiga asosan bankning kredit siyosatiga quyidagicha ta’rif beriladi: Bankning kredit siyosati kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklarni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko’rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir.13 Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko’rsatishi va aniqlab berishi shart.14
Tijorat banklarining kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishning asosi hisoblanadi. Bu siyosat bank xodimlarining kredit berish, bankning kredit portfelini boshqarish bilan bog’liq ob’ektiv standartlarini va mezonlarini aniqlab beradi. Kredit siyosatini to’g’ri tuzish va olib borish, barcha bo’limlar tomonidan bu siyosat maqsadining aniq tushinilishi bank boshqaruviga kredit standartlarini to’g’ri olib borishiga, yuqori risklardan qochishga, bank imkoniyatlarini to’g’ri aniqlashga asos hisoblanadi.
Yaxshi ishlab chiqilgan kredit siyosati kredit riskini boshqarish va uni kamaytirishga yaxshi imkon beradi.
Kredit siyosatining zarurligi shundaki, bank katta yoki kichikligidan, unda kam yoki ko’p xodim ishlashdan qat’iy nazar, bankda bu siyosat bo’lishi lozim. Chunki bu siyosat kredit bo’yicha unifitsirlashgan umumiy qoida va tamoyillarining bajarilishini, operatsiyalar bajarilishining ketma-ketligini ta’minlaydi. Bankning kredit siyosati bankning hamma xodimlari - kichik xodimdan yoki bank boshqaruvi raisigacha bir xil bo’lmog’i lozim. Shuning uchun ham kredit siyosatini oldindan belgilab olingan qoida va echimlar to’plami deyiladi.
Kreditlash siyosati va uning samaradorligi to’g’ri kredit narxlari belgilangan sharoitida muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin.


13 Ўзбекистон Республикаси банк тизимини ислоҳ қилиш ва эркинлаштириш бўйича қонунчилик ҳужжатлари тўплами. Т.: «ЎЗБЕКИСТОН», 2003й. 326 б.
14 Абдуллаева Ш.З. «Банк рисклари ва кредитлаш». Т.: «МОЛИЯ», 2002й. 33-56 б.
Kredit siyosatini samarali olib borishda bank xodimlari bank mijozlarining mablag’larini kimlarga foydalanishga berish mumkinligini yaqqol bilishi lozim.
Bank qanday kreditlar, qancha miqdorda, qanday shaklda, kimga, qaysi shartlar bilan berilishini hal qilishi zarur. Biznesning shunday turlari borki, bank kredit bera turib ular bo’yicha qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun har bir faoliyat risk bilan bog’liq ekanligini hech qachon esdan chiqarmaslik lozim. Bankning kredit siyosati uning faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavfli holatlarning oldini olishga, buning uchun depozitlar va kreditlar o’rtasidagi nisbatning, bank majburiyatlari bilan kapitali o’rtasidagi va boshqa ko’rsatkichlarning me’yorda bo’lishini taqozo qiladi. Oqilona kredit siyosati beriladigan kreditlarning sifatini oshiradi. Shuning uchun kredit siyosatining asosiy maqsadi boshqaruv jarayoni, fondlarning etarliligi, risklarni sifat darajasi bo’yicha turkumlari, kredit portfelining balansi, majburiyatlarning tarkibiy qismlarini ajratish kabi elementlarini o’z ichiga olmog’i lozim. Endi biz bank siyosatiga to’xtaladigan bo’lsak, bank siyosati - bankning depozit siyosati, kredit siyosati, foiz siyosati, valyuta siyosati, mijozlarga kassa-hisob xizmatini ko’rsatish siyosati va boshqa bank xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha siyosati, banklarning likvidliligini ta’minlash siyosati, kadrlar siyosati majmuasidan iboratdir. Shunday qilib, banklarning faoliyat siyosati quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan.
Kredit siyosati bank umumiy siyosatining asosiy yo’nalishlaridan hisoblanadi.
Buni biz quyidagi sxemadan ko’rishimiz mumkin.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish