Toshkent moliya instituti sh


-§. Tijorat banklarining depozit va nodepozit operatsiyalari



Download 0,49 Mb.
bet83/125
Sana29.05.2022
Hajmi0,49 Mb.
#617069
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125
Bog'liq
4-y-Bank-ishi-darslik-Sh.Abdullaeva-T-2003

2-§. Tijorat banklarining depozit va nodepozit operatsiyalari.


Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag’larini bankga jalb qilish bilan bog’liq operatsiyalar depozit operatsiyalari deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat boyliklarining 90 foizdan ortiq passivlari tashkil qilinishi mumkin. Depozit operatsiyalarini tijorat banklari o’zlarining depozit siyosatlari asosida olib boradilar. Tijorat bankining depozit siyosati uning kredit siyosati, foiz siyosati va boshqa faoliyat turlari bilan chambarchars bog’liq bo’lib, banklarning resurs bazasini mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini amalga oshirishda bu operatsiya turining ob’ekt va sub’ektini aniqlash lozim.


Depozit operatsiyalarning subektlari bo’lib bir tomondan tijorat banklari qatnashsa, ikkinchi tomondan:

Depozit operatsiyalarining obekti bo’lib ehtiyojdan ortiqcha pul mablag’lari (qo’yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning asosi bo’lib, balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy ahvolining barqarorligi hisoblanadi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining depozit siyosatini amalga oshirish orqali ta’minlanadi, ya’ni:

  • depozit operatsiyalari bank daromadining oshishga yoki kelajakda daromad olishga sharoit yaratishi kerak;

  • bank balansining likvidliligini saqlash maqsadida depozit siyosatini amalga oshirish kerak;

  • depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qo’yilmalarga e’tibor qaratish lozim;

  • depozitlarni jalb qilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan bog’liq bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko’rish zarur va boshqalar.

Pul qo’yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda depozitlar quyidagilarga bo’linadi:

  • yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) qo’yilmalari;

  • jismoniy shaxslar qo’yilmalari;

Mablag’larni olish shakliga ko’ra depozitlar quyidagilarga bo’linadi:

  • muddatli depozit mablag’lar;

  • talab qilib olingunga qadar depozit mablag’lar;

  • aholining jamg’arma qo’yilmalari.

O’z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi.
Muddatli depozit mablag’lar ularning muddatidan kelib chiqib;

Biz 2-bo’limda bank depozitlarining turlarini keng ko’rib chiqqanligimiz bois bu paragrafda depozitlarning ko’payish jarayoniga e’tibor qaratmoqchimiz.


Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim vosita bo’lib turlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qo’yilgan mablag’larga daromad olish mijozlarning qo’yilma qo’yishga undovchi muhim omil hisoblanadi. Depozit foiz stavkalari darajasini har bir tijorat banki O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki hisob stavkasi, pul bozori holati va o’zining depozit siyosatidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilaydi. Depozit schetlarining alohida ko’rinishlari bo’yicha daromad hajmi qo’yilma muddati, summasi, hisobvarag’ini amal qilish xususiyati, xizmatlar hajmi va xarakteri va, nihoyat, mijozning qo’yilma shartnomasi shartlariga amal qilishiga bog’liq.
Talab qilingungacha bo’lgan depozitlar bo’yicha hisobvaraqalari egalari tomonidan joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi va ular qoldiqning nomuntazamligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bunday schetlar guruhi daromadlik darajasi bilan ajralib turadi. Yuridik shaxslarga ochilgan talab qilinguncha hisobvaraqalaridagi mablag’lar qoldig’i bo’yicha foizlar umuman to’lanmasligi mumkin. Bunday foyda, odatda, mijozlarni hisob kassa xizmatlari uchun to’lov mablag’larini talab qilinguncha hisobvaraqalarda mablag’larni minimallashtirish va ortiqcha summalarni qo’yilmalarning daromadliroq shakllariga joylashtirishga undaydi.
Jismoniy shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar bo’yicha foizlar deyarli majburiy tartibda o’rnatiladi, ammo u bo’yicha daromad hamisha muddatli qo’yilmalarga qaraganda pastroq bo’ladi.
Muddatli qo’yilmalar bo’yicha foiz stavkasi hajmini o’rnatishdagi muhim omil bo’lib, mablag’lar joylashtirilgan muddat hisoblanadi.
Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy darajadagi pul aylanishi hamda bank tizimining likvidliligi nuqtai nazaridan tijorat banklarining ular tomonidan jalb qilingan mablag’lardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy ravishda tartibga solib turadi.
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning rivojalanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni (dastlabki yoki real depozitlar Markaziy bank tomonidan chiqarilgan naqd pullar asosida shakllanganlikni taqozo qiladi) cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka o’tkazish, shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada bu jarayon depozit multiplikatsiyasi (ya’ni mablag’larning bir bankdan boshqasiga zanjirsimon shaklda o’tkazilishi) va kredit ekspantsiyasi deb nom olgan.
Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan majburiy zaxira talablari bank tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi bo’lib xizmat qiladi.
12-jadval

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish