MAVZU: PUL-KREDIT SIYOSATI
MUNDARIJA:
I. Kirish…………………………………………………………………………2
II. Asosiy qism:
1.Pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va ko’rinishlari……….5
2.Pul-kredit va fiskal siyosatning o’zaro bog’liqligi, uning yetkazish mexanizmi. Qattiq va yumshoq pul-kredit siyosati………………………....12
3. Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi kanallari…………..17
4. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari. O’zbekistonning pul-kredit siyosati bo’yicha kelgusidagi rejalari…….….22
III. Xulosa…………………………………………………………………..….29
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………………………………...33
Kirish.
Pul muomilasi iqtisodiyotning eng qiziqarli, munozarali mavzularidan. Pul iqtisodiy xayotni yengillashtiruvchi oddiy vosita emas, balki o’zida iqtisodiyotni qamrab olgan daromad va xarajatlarni doiraviy aylanishini amalga oshiruvchi mexanizm sifatida yuzaga chiqadi.
Pul, pul aylanishi, pul tizimi iqtisodiyotning eng asosiy markaziy muammolaridan biri, ya’ni «qon tomiri» hisoblanadi. Pul tizimining to’g’ri faoliyati daromadlar va xarajatlarning doiraviy aylanishiga hayotiy kuch beradi. Yaxshi ishlayotgan pul tizimi ishlab chiqarish quvvatlari va bandlikdan to’liq foydalanish imkonini beradi. Aksincha, yomon ishlayotgan pul tizimi iqtisodiyotdagi inqirozlarga, ya’ni, ishsizlik, inflyatsiya va shuningdek,boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi.
Har bir mamlakat o’zining puliga egadir. Chunonchi, dollar, funt sterling bir necha mamlakatlarning puli bo’lib xizmat qiladi. Lekin ularning qiymati bir xil emas. AQSH, Kanada, Avstraliya dollarining qiymat miqdori farqlanadi. Shuningdek, O’zbekiston va Qirg’iziston so’mlari ham bir xil emas. Pul birliklari paydo bo’lganda ma’lum miqdordagi qadr-qiymat asos qilib belgilangan. Milliy pullarrning qadrliligi, boshqa pullarga nisbatan qiyosiy miqdori doimo o’zgarib turadi. Chunki, bu iqtisodiyotdagi ko’p tomonlar, hatto siyosiy o’zgarishlar, hatto mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar kabi ta’sirlar natijasidir.
O’zbekistonning o’z milliy puliga ega bo’lishi davlat mustaqilligi, uning mustahkam iqtisodiyotini yaratishda katta o’rin egallaydi. Milliy pulimiz bo’lgan so’mning qadrini oshirib borish, uning iqtisodiy ta’sirini kuchaytirishga erishish va boshqa mamlakatlar puliga tenglashtirish darajasini ta’minlash juda zarur va muhim vazifadir.
2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Ushbu yo’nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asaosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog’liq amaliy qadamlar bo’ladi.
Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanishi, o’z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkonini beradi.
Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.
Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi.
Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan. Shu o’rinda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi gaplarini eslash o’rinlidir:” Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.”1
Do'stlaringiz bilan baham: |