Unga ko‘ra, mahsulotlarning qiymati 341,5 trln so‘m, xizmatlar esa 194,4 trln so‘mni, shuningdek, soliqlar 44,3 trln so‘mni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga hisoblangan YAIMning hajmi esa 16,9 mln so‘mni tashkil qilgan. Bu 2019 yilgigaqaraganda 0,3 foizga balandroq.
Shu o’rinda shuni esga olishimiz kerakki, 2020 yil aprelida Jahon banki O‘zbekiston YAIMining o‘sish darajasi 1,6% bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi. Keyinchalik Jahon banki O‘zbekiston YAIM hajmining o‘sishi bo‘yicha prognozini 1,6 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirdi.2019-yilga nisbatan qishloq ho’jaligi 3 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 0.7 foizga o’sgani kuzatildi. Inflyatsiya darajasi esa 11.1 foiz darajasini ko’rsatdi.
Bu ko’rsatkichlar mamlakat iqtisodchilari tomonidan o’rganilib, oldindan prognoz qilinadi. Mutahassislar holatni o’rganib kelgusi 3 yil uchun quyidagicha prognoz qilishdi va Markaziy bank Boshqaruvining 2021 yil 21 oktyabrdagi yig‘ilishida “Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”ning dastlabki konseptual loyihasi ma’qullandi.
Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyasiya darajasini 2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.
Jahon iqtisodiyoti 2020 yilda koronavirus pandemiyasi va uning ta’sirida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz sharoitida qat’iy karantin cheklovlarining kiritilishi sababli iqtisodiy faollikning pasayishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlar hamda pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarining sezilarli darajada yumshatilishini boshdan o‘tkazdi.
2021 yilda esa pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning nisbatan yaxshilanishi, karantin choralarining yumshatilishi, iqtisodiyot sub’yektlarining pandemiyaga moslashuv darajasining ortishi hisobiga iqtisodiy faollikning sezilarli tiklanishi kuzatilib, yalpi talab hajmining pandemiyagacha bo‘lgan darajasiga yetishiga xizmat qilmoqda.
Bunda, global iqlim sharoitlarning o‘zgarishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlarning saqlanib qolishi fonida yalpi taklif hajmining talabga nisbatan sekinroq tiklanishi jahon miqyosida inflyasion jarayonlarning tezlashishiga olib keldi.
2020 yilning so‘nggi choragidan boshlab asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va 2021 yil boshidan energiya resurslari narxlarida kuzatilgan sezilarli o‘sish aksariyat davlatlarda inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichidan yuqori shakllanishiga sabab bo‘ldi.
2020 yil va 2021 yilning o‘tgan 9 oyida mamlakatimizda fiskal, monetar va tarkibiy iqtisodiy islohotlar borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar iqtisodiy faollikni va yalpi talabni rag‘batlantiruvchi omillardan bo‘ldi. Natijada, 2020 yil yakunlari bo‘yicha real iqtisodiy o‘sish sur’ati 1,7 foizni va 2021 yilning dastlabki 9 oyligida 6,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yil yakunida 6,5-7,2 foizga teng bo‘lishi kutilmoqda.
Pandemiya sharoitida 2020 yilda iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash va narxlar barqarorligini ta’minlash vazifalari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash maqasadida Markaziy bankning asosiy stavkasi 16 foizdan 14 foizgacha pasaytirildi hamda pul-kredit sharoitlari biroz yumshatilib nisbatan qat’iy fazaga o‘tkazildi. 2021 yilning o‘tgan 9 oyida esa mazkur pul-kredit sharoitlari o‘zgarishsiz saqlab qolindi.
Ta’kidlash lozimki, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning kelgusidagi o‘zgarishi bo‘yichanoaniqliklar hali ham yuqori darajadasaqlanib qolmoqda. Shu bois o‘rta muddatli makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari tashqi va ichki omillarning ta’siri ko‘lami va davomiyligini inobatga olib asosiy va muqobil ssenariylari ishlab chiqildi.
Ssenariylarni shakllantirishda tashqi iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishlari, xalqaro moliya tashkilotlarining jahon iqtisodiyoti va asosiy eksport tovarlari narxlari bo‘yicha prognozlari, asosiy savdo-hamkor davlatlarda kutilayotgan vaziyatlar, ichki iqtisodiy sharoitlardagi ehtimoliy tendensiyalardan kelib chiqildi. Jahonda vaksinatsiyalash jarayonining borishi rivojlangan davlatlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tezroq tiklanishi, rivojlanayotgan davlatlarda esa nisbatan sustroq tiklanishini belgilovchi asosiy omillardan bo‘layotgan sharoitda ssenariylar shartlarini belgilashda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhim omil sifatida qaraldi.
Shuningdek, bu yilgi hisob-kitoblarda iqlim o‘zgarishlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari taklifi, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan islohotlar va ularning kutilayotgan natijalari shartli omillar sifatida inobatga olindi.
Makroiqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysidatashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning bosqichma-bosqich yaxshilanib borishi kutilayotgan bo‘lib, keskin tashqi xatarlar yuzaga kelishi ko‘zda tutilmaydi. Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat normallashib, inson resurslari migratsiyasi va transchegaraviy harakatlar bo‘yicha uzoq muddatli cheklovlar joriy etilmaydi.
Mazkur ssenariyga ko‘ra, iqtisodiy faollik yuqori sur’atlarda jadallashib borib, investitsion va iste’mol talabi pandemiyagacha bo‘lgan darajaga to‘liq tiklanadi.
Ushbu ssenariy doirasidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022 yilda yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zining potensial darajasiga ko‘tarilib, real iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5-6,5 foizni tashkil etadi va 2023-2024 yillarda 6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, pul-kredit siyosati bu - to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomiladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuyi tushuniladi. Pul-kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi. Pul-kredit siyosati 2 vosita orqali amalga oshiriladi. Bular bevosita va bilvosita.
Bevosita vositalar – moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular hajmini to’g’ridan-to’g’ri boshqarish orqali olib boriladi. Bevosita vositalar – moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular hajmini to’g’ridan-to’g’ri boshqarish orqali olib borilad.
Valyuta siyosati – davlatning mamlakat ichida va undan tashqarida valyutaga, valyuta kursiga, valyuta operatsiyalariga ta’sir ko’rsatish chora tadbirlari; davlat iqtisodiy siyosatining va tashqi iqtisodiy faoliyatining tarkibiy qismi bo’lib, Valyuta siyosatining asosiy dastaklari – valyuta intervensiyasi, valyuta cheklashlari, valyuta subsidiyasi, valyuta pariteti, valyuta rezervlari, devalvatsiya, revalvatsiya va boshqalardan tashkil topadi. Mamlakatda valyuta siyosatini hukumat, markaziy bank, markaziy moliya muassasalari amalga oshiradi. Pul-kredit siyosatining oqibati to’g’risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatli davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM miqdori o’sishini rag’batlantirilgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishilgan bo’lsa, uzoq muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.
Pul-keredit siyosatini yuritish vositalarining yana ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasi turlari ham mavjud. Ochiq bozordagi operatsiyalar – Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (qimmatli qog’ozlarni) tijorat banklaridan va aholidan sotib olish va ularga sotish bo’yicha operatsiayalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki aholidan bu qiimmatli qog’ozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko’paytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya’ni yuqori quvvatli pullar bo’lganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko’payadi. Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligatsiyalarni sotish bilan zaxiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu holda pul taklifi qisqaradi.
Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta’sir etishi jarayonlarini o’rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iqtisodchilar o’rtasida ko’p yillardan beri tortishuvlar bo’lib kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonaviy pul miqdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal YaIMga ta’sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta’sirning ahamiyatiga har xil baho beradilar. Keynschilar fikricha, monetarist siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb hisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb hisoblaydilar.
Markaziy bank bir vaqtning o’zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini o’zgartirmasdan ushlab turolmaydi. Pulga talab o’sgan holatlarda maqsad foiz stavkasining barqarorligini ta’minlash bo’lsa Markaziy bank pul taklifini oshirishga majbur bo’ladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul massasining ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini qo’llash foiz stavkasining ko’tarilishiga olib keladi va bu siyosat qattiq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Fiskal siyosat davlatning soliqlardan tushadigan daromadlari va turli loyihalar bo'yicha xarajatlari bilan bog'liq siyosatdir. Pul-kredit siyosatiboshqa tomondan, asosan iqtisodiyotdagi pul aylanishi bilan bog'liq. Fiskal siyosat iqtisodiyotning maqsadlariga erishish uchun hukumatning soliqqa tortish, xarajatlar va turli moliyaviy operatsiyalar sxemasini nazarda tutadi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi bu o’zida Markaziy bank foiz stavkalari o’zgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga ta’sir o’tkazish jarayonini aks ettiradi. Pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’siri alohida transmission kanallar orqali amalga oshiriladi. Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi va yalpi talab orasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik mavjud bo’lmasada, foiz stavkasi o’zgarishining ta’siri boshqa kanallar orqali ham amalga oshadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining iqtisodiyotdagi foiz stavkalariga ta’siri bo’yicha tahlillar ular orasida barqaror bog’liqlik mavjudligini ko’rsatmoqda.
Ayni vaqtda transmission mexanizm foiz kanalining ta’sirini O’zbekiston sharoitida cheklanganligini banklararo pul bozorining shaffof emasligi va yetarlicha rivojlanmaganligi bilan izohlash mumkin.
Yaqin o’tmishda, mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga to’sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat kamchiliklarini namoyon qildi. Uzoq davrlar mobaynida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida moliya va aktiv moliyaviy siyosatning ahamiyatiga yetarlicha baho berilmadi. Iqtisodiyotda moliyaviy munosabatlarning ahamiyatini buzib ko’rsatish sodir bo’di, moliya va moliyaviy dastaklarining aktiv ahamiyati inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo’ljallangan konseptsiyalarni ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko’zlab qo’yilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni og’ir ahvolga olib keldi.
O’zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga o’tishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo’lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to’g’ri keldi.
Jahon iqtisodiyoti 2020 yilda koronavirus pandemiyasi va uning ta’sirida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz sharoitida qat’iy karantin cheklovlarining kiritilishi sababli iqtisodiy faollikning pasayishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlar hamda pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarining sezilarli darajada yumshatilishini boshdan o‘tkazdi. 2021 yilda esa pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning nisbatan yaxshilanishi, karantin choralarining yumshatilishi, iqtisodiyot sub’yektlarining pandemiyaga moslashuv darajasining ortishi hisobiga iqtisodiy faollikning sezilarli tiklanishi kuzatilib, yalpi talab hajmining pandemiyagacha bo‘lgan darajasiga yetishiga xizmat qilmoqda. Bunda, global iqlim sharoitlarning o‘zgarishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlarning saqlanib qolishi fonida yalpi taklif hajmining talabga nisbatan sekinroq tiklanishi jahon miqyosida inflyasion jarayonlarning tezlashishiga olib keldi. 2020 yilning so‘nggi choragidan boshlab asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va 2021 yil boshidan energiya resurslari narxlarida kuzatilgan sezilarli o‘sish aksariyat davlatlarda inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichidan yuqori shakllanishiga sabab bo‘ldi.