Toshkent moliya instituti sh


Bankni davlat ro’yxatidan o’tkazish bosqichi



Download 0,49 Mb.
bet15/125
Sana29.05.2022
Hajmi0,49 Mb.
#617069
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125
Bog'liq
4-y-Bank-ishi-darslik-Sh.Abdullaeva-T-2003

Bankni davlat ro’yxatidan o’tkazish bosqichi.


Bu bosqich uch davrni o’z ichiga oladi:
Bank ochish haqidagi ariza bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmog’i kerak:
-yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo’yicha xujjat.
-muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis etuvchilar jismoniy shaxs bo’lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi.
-muassis aktsiyadorlar yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi.
-bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o’z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tadiqlangan ta’sis yig’ilishining bayonnomasi.
Qayd etib o’tilgan xujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi.
Bulardan tashqari, Markaziy bankka muassislar to’g’risidagi ma’lumotlar: bank kengashi a’zolari ro’yxati (kengash raisi, uning birinchi o’rinbosari) ko’rsatilgan holda ushbu shaxslarning Markaziy bank talablariga muvofiq kelishlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar, yangi tashkil etilayotgan bankning tashkiliy tuzilishi, ichki audit to’g’risidagi Nizomi, kredit siyosati to’g’risidagi Nizomi, biznes rejasi, ariza topshiruvchining muassislar nomidan ariza topshirish vakolatini tasdiqlovchi xujjat, tashkil etilayotgan joydagi Markaziy bank bosh boshqarmasining bank tashkil etishning maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosasi, muayyan hududda bank tashkil etish mo’ljallanayotganligi haqida mahalliy xokimiyat va boshqaruv organlariga berilgan bildirishning nusxasi ham topshirilishi lozim.
Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar (ta’sis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo’ladi.
Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banki tashkil etilayotganda yuqorida ko’rsatib o’tilgan hujjatlarga qo’shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim etilishi talab etiladi:
*tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etishda ishtirok qilishi haqidagi qarori;
*norezident bankning O’zbekiton Respubilkasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan ustavi;
*bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan muassis bank faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga egaligi va xususan, qaytarib berish sharti bilan o’z mamlakatida pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga egaligini tasdiqlovchi xat;
*bank nazorati organining muassis Bankning o’zi joylashgan va ro’yxatdan o’tkazilgan joyda nazorat ostida ekanligi haqidagi yozma tasdiqnoma;
*muassis bankning oxirgi uch moliya yili uchun tuzilgan, auditorlik firmasi tasdiqlagan yillik hisobotlari, shu jumladan, foyda va zarar haqidagi konsolidatsiyalangan balansi va hisoboti;
*bank nazorati organining muassis bankning tashkil etilayotgan bankning ustav kapitalida ishtirok etishi uchun bergan yozma ruxsatnomasi yoki bunday ruxsatnoma muassis bank mansub bo’lgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq talab etilmasligining yozma tasdig’i.
Faoliyat yuritib turgan banklar ustav kapitalidagi hissa horijiy shaxslar tomonidan sotib olinayotganda ham ushbu hujjat horijiy shaxs tomonidan Markaziy bankga taqdim etilishi lozim bo’ladi.
Bulardan tashqari, horijiy muassislar O’zbekiston Respublikasida yangi tashkil etilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan banklarning ustav kapitalida ishtirok etgan taqdirda;
*horijiy norezidentning to’lovga qobiliyatliligi to’g’risida unga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan berilgan tasdiqnoma;
*O’zbekiston Respubilkasi xududida bank tashkil etilishida ishtirok etish uchun mazkur mamlakat nazorat organining roziligi;
*muassis mansub mamlakatning savdo reestridan ko’chirma yoki yuridik maqomini tasdiqlovchi boshqa muqobil hujjat.
Xorijiy kapital ishtirokidagi banklarda bank kangashining kamida bitta a’zosi O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lishi lozim. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank tashkil etish uchun zarur bo’lgan barcha zarur hujjatlarni talab qilishga haqli bo’ladi. Taqdim etilgan hujjatlari Markaziy bank tomonidan ikki oylik muddat ichida ko’rib chiqishi kerak.
Markaziy bank bank faoliyati bilan shug’ullanishi uchun dastlabki ruxsatnoma berish masalasini hal etish jarayonida tashkil etilayotgan bank muassislarining moliyaviy imkoniyatlari va nufuziga, bank rahbarligiga taklif etilayotgan shaxslarning kasbiy mahoratiga, biznes va moliyaviy reja ko’rsatkichlariga, tashkil etilayotgan bankning binolar va uskunalar bilan ta’minlanlangik darajasiga ham e’tibor qaratadi.
Bankning ochilgunga qadar lokal tarmoq bilan ta’minlangan bo’lishi «BOK» dasturiy ta’minotning tarmoq variantining Markaziy bank tomonidan litsenziyalanishi, bank hisob-kitoblar markazi bilan barqaror ishlaydigan alohida aloqa kanali bilan ta’minlanishi, kamida beshta kompyuterga, modemlarga, dasturiy ta’minot va texnikani ishlatish bo’yicha ta’lim olgan mutaxassislarga ega bo’lishi shart.
Muassislar bank tashkil etish uchun dastlabki ruxsatnomani olganlaridan keyin litsenziya olish hamda bankni davlat ruyxatidan o’tkazish uchun zarur bo’lgan tashkiliy-texnikaviy talablarni bajaradilar. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan dastlabki ruxsatnoma bir yil davomida yuridik kuchga ega bo’lib, muassislar ushbu vaqt ichida barcha tashkiliy tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishlari va bankni davlat ro’yxatidan o’tkazishni yakunlashlari lozim bo’ladi.
Tijorat banki aktsiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilayotgan muassislardan biri yoki o’zaro bog’liq bo’lgan shaxslar tomonidan bank aktsiyalarining 5 foizdan ortig’ini sotib olayotganni haqidagi xabar, agar bank aktsiyalarining 20 foizidan ortig’i sotib olinayotganida esa bunga rozilik berishni so’rovchi iltimosnoma taqdim etilayotgan hujjatlar.
Davlat ro’yxatidan o’tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshirishga litsenziya olish uchun muassislar oldiga quyidagi talablar qo’yiladi:
*litsenziya berish va bankni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida vakolatlari muassislar tomonidan yozma ravishda tasdiqlangan vakil shaxs tomonidan imzolangan arizani taqdim etilishi;
*davlat ro’yxatidan o’tkazish va litsenziya olish uchun berilgan barcha talablarni bajarish;
*barcha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirishlari, binolar va uskunalarni tayyorlashlari, bank operatsiyalarini avtomatik amalga oshirish maqsadida dasturiy-texnikaviy vositalarni tayyorlashlari, kassa uzelini Markaziy bank talablariga muvofiq tayyor holda keltirishlari;
*O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan eng kam miqdordan kam bo’lmagan miqdorda ustav kapitalini to’lashlari va ustav kapitali to’lanlanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari;
*bankni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun bank ustav kapitali eng kam miqdorning 0,1 foizi miqdorida, filiallar ro’yxatga oliniyotganida esa ushbu mablag’ning yarmi miqdorida haq to’lanishi, ustav kapitalining 30 foizidan ortig’i xorijiy shaxslarga tegishli bo’lgan banklar va shu’ba banklarini ruyxatdan o’tkazishda 5000 AQSh dollariga teng summada haq to’langanligini tasdiqlovchi xujjatlar taqdim etilishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi hududida shu’ba banki ochishni yoki bank kapitalida ishtirok etishni xohlovchi chet el banki uchun ustav kapitalining oxirgi eng kam miqdori 30 mln. AQSh dollari muqobil miqdorda belgilangan bo’lib, faqat mustahkam moliyaviy mavqega ega bo’lgan nufuzli norezident banklargina shu’ba banklarini ochishlari mumkin. Bunda qisqa muddatli majburiyatlari IBCA Moody`s standart and Poor tasnifi bo’yicha kamida AV reytingiga ega bo’lgan norezident banklargagina afzallik beriladi.
O’zbekiston Respublikasining tijorat banklar o’z ustav kapitalllarini norezident hisobidan ko’paytirishlari yoki aktsiyadorlar tomonidan aktsiyalarning norezidentlarga sotilishi uchun belgilangan tartibda Markaziy bankning oldindan roziligini olishlari shart. Ushbu talabga rioya etilmay tuzilgan bilimlar haqiqiy emas deb topiladi va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya bekor qilinadi.
Bankni ro’yxatdan o’tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish masalasi Markaziy bank talab qilgan barcha hujjatlar to’liq taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida hal etilishi kerak.
Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor beriladi:
-bank biznes rejasining maqbulligi;
-bank kapitalining adekvatligi;
-daromadlikning kelgusidagi istiqbollari;
-ko’zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro’ e’tibori;
-bankni ochish uchun taqdim etilgan xujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
-monopoliyaga qarshi choralar;
Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo’lgan zarurat bankni mamlakat iqtisodiy to’lov qobiliyatiga ta’sir etishi bilan bog’liq. Bank operatsiyalarini o’tkazuvchi amalga oshirishi va ro’yxatga olinishi lozim. Tijorat bankni tashkil etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini o’tkazish xuquqiga ega bo’ladi. Agar, bank O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank
tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro’yxatdan o’tmay faoliyat ko’rsatsa bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi.
Tijorat banki O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida davlat ro’yxatidan o’tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tijorat bankni ta’sis etuvchilari hisoblanadi va ular bank va uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar. O’zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi” qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat xokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondlar mablag’lari, shuningdek kreditga olingan mablag’lar va garovga olingan mablag’lar foydalanish man etiladi.
Bank ta’sischilari o’z zimmasiga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, ustav kapitalini shakllantirish, material-texnik bazasini yaratish, mijozlar ko’lamini aniqlash, o’tkaziladigan bank operatsiyalar turini aniqlash va boshqa qator masalalarini hal etishlari lozim.
Ta’sischilar ta’sis shartnomasi yoki aktsioner jamiyatni tuzish shartnomasini rasmiylashtiradilar. Bu shartnomada bank boshqaruv shakli, ustav kapitalining taxminiy miqdori va ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalar ulushi aniqlanadi. Shartnomada tomonlar majburiyati, huquqlari va boshqalar aks ettiriladi.
Bankni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro’yxatga olish va litsenziyalash tegishli talablar amalga oshirilgandan keyin bir oy muddat ichida hal etiladi.
Banklar mulkchilikning har qanday shakli asosida aktsiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etilishlari mumkin. Har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari sifatida ishtirok eta oladilar. Har bir aktsiyadorning ustav kapitalidagi ulushi “Banklarni ro’yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to’g’risida”gi Nizomda ko’rsatilishicha 2000 yilning 1 yanvaridan boshlab ustav kapitali umumiy miqdorining 20 %, 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab 13% , 2002 yilning 1 yanvaridan boshlab 7% dan oshmasligi belgilangan. Shuningdek banklarning boshqa banklar ustav kapitalida ishtirokiga ruxsat etilmaydi (ammo sho’’ba banklar tashkil etish bundan mustasno).
Banklarning aktsiyalarini olish qonun xujjatlarida alohida ko’rsatiladi. Bank muassislarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, bank aktsiyadorlari tarkibidan u ro’yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.
Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo’lishlari va o’z ustavlari asosida faoliyat ko’rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar o’z aksini topgan bo’lishi kerak:
-bankning (to’la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili;
-bank ko’rsatadigan operatsiyalari ro’yxati;
-ustav kapitalining miqdori, muassislar ro’yxati va ularning ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimlanishi;
-bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;
-bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan xisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko’rsatmalari.
Bulardan tashqari bank ustavida boshqa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo’lishi kerak.
Qonunda ko’rsatilishicha kreditga va garovga olingan mablag’lardan va soliqqa jalb etilgan mablag’lardan bankning ustav kapitalini shakillantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan xollarda qonunlarda ko’rsatilgan bo’lsa byudjet mablag’laridan foydalanishga ruxsat berish mumkin.
Bank kapitalning eng kam miqdori bankni ro’yxatga olgunga qadar uning muassislari tomonidan to’lanishi kerak. Bu to’lanish kerak bo’lgan mablag’lar O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki yoki boshqa banklarda ochiladigan jamg’arma xisob varag’iga o’tkaziladi. Bank ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan Tijorat Banklari kapitalning etarliligiga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi nizomda (№949-sonli, 2000 yil 25 iyul) ko’rsatib berilgan.
Bu nizomga ko’ra faoliyat ko’rsatgan banklar ekvivalenti 2 mln. AQSh dollaridan kam bo’lmagan summada umumiy kapitalga ega bo’lishi lozim. Yangi ochilayotgan banklar uchun esa ustav kapitalining eng kam miqdori jadvalda berilgan1.






Aholisi 0,5 mln. kishidan ko’p bo’lgan shaxarlarda ochilayotgan tijorat banklari uchun

Aholisi 0,5 mln. kishidan kam bo’lgan shaxarlarda ochilayotgan tijorat banklari uchun

Chet el kapitali ishtirokida ochilayotgan banklar uchun

Xususiy banklar uchun

2002 yil
1 yanvardan

2,5 mln AQSh dollari, ekvivalentida

1,25 mln AQSh dollari, ekvivalentida

5 mln AQSh dollari,
ekvivalentida

1,25 mln AQSh dollari, ekvivalentida

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 1 noyabridagi 22-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Bankni ro’yxatdan o’tkazish va litsenziyalash tartibi»ning 16.5 –bandiga ko’ra quyidagi hollatda litsenziya berish va bankni davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi arizaning rad etilishiga asos bo’la oladi:


*Markaziy bank talablarining bajarilmasligi;
*ta’sis hujjatlarining mavjud qonun talablariga muvofiq emasligi;
*bir yoki bir necha muassisning moliyaviy ahvoli qoniqarsiz ekanligi;
*muassis jinoiy shaxs bo’lganida o’z mablag’larining manbai haqidagi ma’lumot bermaganligi;
*biznes reja va moliyaviy reja puxta tuzilmaganligi;
*bankni ro’yxatdan o’tkazish paytida eng kam ustav kapitalining shakllantirilmaganligi;
*bank rahbar xodimlari va bosh buxgalterning o’z kasbiga noloyiqligi;




1 *Манба: “Ўзбекистон банк тизимини ислоҳ қилиш ва эркинлаштириш бўйича қонунчилик хужжатлари тўплами”, Тошкент, Ўзбекистон 146 бет.
*tashkiliy-texnikaviy tadbirlarning bajarilmasligi;
*Markaziy bank tomonidan bank tashkil qilish uchun berilgan dastlabki ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganligi.
Bank tashkil etilguncha, ya’ni u davlat ro’yxatidan o’tkazilgunicha qadar uning nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi.
Bank ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin o’n kunlik muddat ichida soliqqa tortishni tashkil etish uchun moliya-soliq organiga zarur hujjatlarni taqdim qilish zarur.
Bank ustaviga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish uchun bank aktsiyadorlar yig’ilishi yoki muassislarning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilinadi va quyidagi xujjatlar:
*ustavga o’zgarishlar kiritish haqida bank kengashi raisi imzolagan iltimosnoma:
*bank aktsiyadorlarining ustaviga o’zgarish va qo’shimcha kiritish haqidagi majlisi bayoni (3- nusxada);
*bank kengashi raisi imzolagan ustaviga kiritilgan o’zgarish va qo’shimchalar ro’yxati (3 nusxada) taqdim etiladi.
Mazkur o’zgarishlar va qo’shimchalar Markaziy bankda ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Fkning 49-moddasiga ko’ra, bank muassasini, ya’ni yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo’shib yuborish, qo’shib olish, bo’lish, ajratib chiqarish, o’zgartirish) uning muassislari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Bankni qayta tashkil etish aktsiyadorlar umumiy majlisi qaroriga ko’ra amalga oshirilishi mumkin. Bu quyidagi xujjatlar taqdim etilgan holda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
*bank kengashi raisi imzolangan iltimosnoma;
aktsiyadolar umumiy yig’ilishining bankni qayta tashkil etish to’g’risidagi qarori;
bankni qayta tashkil etishning taxminiy shartlari, shakllari, tartib va muddatlarini aks ettiradigan xujjatlar;
qayta tashkil etishning natijalari haqidagi moliyaviy taxminlar, shu jumladan, bankning u qayta tashkil etilganidan keyin hisob-kitob balansi va bankni qayta tashkil etish natijasida vujudga keladigan yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlar.
Mazkur xujjatlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ikki oy davomida ko’rib chiqiladi.
Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish ancha murakkab huquqiy tadbir bo’lib, tijorat banklari faoliyatining to’xtalishi va tugalishida muhim asosdir.
Bank faoliyatini to’xtatish va banklarni tugatish “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonunda hamda Markaziy bankning 240-sonli “Banklarni tugatish tartibi to’g’risidagi nizom”da ko’satib o’tilgan. Jumladan bank quyidagi xollarda o’z faoliyatini to’xtatadi: aktsiyadorlar yig’ilishining qaroriga ko’ra, Markaziy bank
litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb e’lon qilinganda. O’z faoliyatini to’xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro’yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati to’xtatilganligi matbuotda e’lon qilinadi. Faoliyatni to’xtatish va uni tugatish tartibi nizomda belgilab berilgan.
Ammo bu nizom bank bankort deb e’lon qilinganda amalga kiritilmaydi.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish