Toshkent moliya instituti sh


Qo’yidagi tayanch so’zlarga ta’rif bering



Download 0,49 Mb.
bet113/125
Sana29.05.2022
Hajmi0,49 Mb.
#617069
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   125
Bog'liq
4-y-Bank-ishi-darslik-Sh.Abdullaeva-T-2003

Qo’yidagi tayanch so’zlarga ta’rif bering





Qisqa muddatli krediitlash Moliyalashtirish Investitsiyalar
Kreditning tamoyillari Ta’minlanganlik Kreditlash usullari
Kreditning ob’ekti Kreditning sub’ekti Kreditor
Qarz oluvchi Kredit liniya Konosoment



O’z bilimini tekshirish uchun savollar:





  1. Kreditlashning asosiy tamoyillarini tushuntiring?

  2. Kreditning ta’minlanganligi deganda nimani tushunasiz?

  3. Kreditning ob’ekti va sub’ektlari nimalardan iborat?

  4. Kreditlashning qanday usullarini bilasiz?

  5. Hozir O’zbekiston Respubliksi amaliyotida kreditlashning qanday usullaridan foydalaniladi?

  6. Kreditlashning qaysi usuli sizning fikringizcha samaraliroq va nima uchun?

XII-BOB. QISQA MUDDATLI KREDITLASH JARAYONI.




1-§. Kredit paketini tashkil qilish.


Bank mijozdan kredit olish uchun ariza qabul kilgach kredit paketini shakllantirish va uni tahlil qilishga kirishadi. Bu jarayon quyidagi bosqichda amalga oshiriladi:



    • kredit olish to’g’risidagi arizani ko’rib chiqish va kelgusidagi qarz oluvchi bilan muloqotda bo’lish;

    • kredit narxini aniqlash;

    • kredit shartnomasini tayyorlash.

Kredit olish uchun qarz oluvchi o’zining moliyaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini quyidagi mazmunda tahlil qilishi lozim:

    • o’z mahsulotini sotish bozori, unga talab va taklifni o’rganish;

kredit olish uchun asos bo’luvchi tovar-moddiy boyliklarni etkazib berish, ishlab chiqarish harajatlari va tovarlarni sotish bo’yicha shartnomalar bilan ta’minlanganligi;

      • kreditlanadigan tadbirning samaradorligi;

      • qarz oluvchi hisob varag’iga pul mablag’larining kelib tushish davriyligi;

      • kreditni va unga tegishli foizlarni to’lash manbalari;

      • kredit uchun to’lanishi mumkin bo’lgan foiz hisob-kitobi va uning davriyligi;

      • oldingi davr (yil, chorak, oy)dagi moliyaviy xo’jalik faoliyatining respektiv tahlili;

      • joriy davr uchun biznes-reja.

Xo’jalik sub’ekti kredit olish uchun tahliliy va xomcho’t ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, kredit olish uchun iltimosnomasini tuzadi.
Kredit olish uchun arizada kredit olish zaruriyati, uning samaradorligi, qaytarilishi, to’lovligi va ta’minlanishi, shuningdek, o’z kapitali tarkibi va uning kreditlanayotgan tadbirdagi ishtiroki batafsil bayon qilinadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  1. Pul oqimi tahlili ko’rsatilgan biznes-reja;

  2. Oxirgi hisobot davri uchun buxgalterlik balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlari va to’lov muddati 60 kundan oshgan qarzlarni qiyoslash dalolatnomalari talqini bilan birga;

  3. Foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot;

  4. Aylanma mablag’larini aylanishi hisob-kitobi;

  5. Boshqa kreditlar, qarz mablag’lari mavjudligi va boshqa banklarda saqlanadigan bo’sh mablag’larning mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotnoma;

  6. Kapitali bilan ishtirok etganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma.

Kredit xodimi yoki kredit paketini o’rganuvchi shaxs yuqorida qayd etilgan hujjatlarni olgach, uch kunlik muddatda quyidagilarni aniqlaydi:

    • sub’ektlarning kreditga va to’lovga qobiliyati, uning reyting bahosini, shuningdek, kredit maqsadlarining ustav faoliyatiga muvofiqligi, kreditning turini aniqlaydi, bunda u majburiy tartibda likvidlilik, qoplash, muxtoriyat, qarz

mablag’larini jalb qilish, foyda va aylanma mablag’lari aylanishi koeffitsentilarini o’rganib chiqishi lozim.
Kredit paketini tahlil qilishda nafaqat kredit bitimlarinining turli sohalariga, balki rahbarning shaxsiy sifatlariga ham baho beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o’rganib chiqqach, bank xodimi kredit bitimini tuzish uchun xulosani rasmiylashtiradi. Bunda quyidagilar ko’rsatiladi:

  • kreditning maqsadi, muddati va miqdori;

  • kredit qaytarilishining ta’minlanishi;

  • foiz miqdori va boshqalar.

Bank xodimining xulosasi rahbar tomonidan imzolangan va hujjatlar ilova qilingan holda kredit qo’mitasiga ko’rib chiqish uchun yuboriladi. Qo’mita o’z vakolatlaridan kelib chiqqan holda uch kun mobaynida tegishli qaror qabul qiladi. Mazkur xulosa kredit qo’mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Shundan so’ng kredit shartnomasi tuziladi yoki kredit bitimini tuzish va ssuda berishdan bosh tortish sabablari ko’rsatilgan holda qarz oluvchiga yozma ravishda rad javobi beriladi.
Kredit qo’mitasining ijobiy xulosasi keltirilgan holda bank bilan mijoz o’rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasiga bank rahbari va qarz oluvchi imzo qo’yganidan so’ng u yuridik kuchga ega bo’ladi.
Kredit shartnomasida quyidagilar ko’zda tutiladi:

  • kreditning maqsadi va summasi;

  • uni berish tartibi hamda to’lash tartibi va shakli;

  • majburiyatlarni ta’minlash shakllari, foiz stavkalari, ularni hisoblash tartibi va to’lash shakli;

    • kredit berish va uni to’lash vaqtida tomonlarning huquq va majburiyatlari;

    • kredit berish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar, hisob-kitob va hujjatlarning ro’yxati hamda ularning davriyligi;

    • bank tomonidan joyida hisob yuritish, kreditning qaytarilishini ta’minlash yuzasidan tekshiruvlar o’tkazish imkoniyati va boshqa masalalar(Bu haqida keyingi bobda to’xtalamiz).

Kredit xodimi kredit shartnomasi tuzilganidan so’ng kreditni to’lash muddati va foiz stavkalarini ko’rsatgan holda ssuda hisob varag’ini ochish to’g’risida qaror qabul qilgach, qarz oluvchiga kredit varaqchasi ochilib, unga asosan kredit yuzasidan nazorat amalga oshiriladi.
Bank kreditidan foydalanilgan vaqt uchun haq to’lash kredit narxini tashkil etadi, u hisobot oyi boshlangunga qadar bank bo’yicha yuzaga keladigan o’rtacha foiz stavkasi va marjani o’z ichiga oladi.
Kredit narxi Markaziy bankning «qayta moliyalash» stavkalarini me’yorlari bilan tartibga solinadi, hamda mahsulot va xizmatlar tan-narxi darajasini hisobga olgan holda belgilanadigan chegara ko’rsatkichlaridan oshmasligi lozim. Amalda qayta moliyalash stavkasi «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi Qonunning tegishli moddasiga muvofiq Markaziy bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Hozirgi kunda qayta moliyalashtirish foiz stavkasi oyiga 1,7 foizni, hamda yiliga 20 foizni tashkil etadi. Bu foiz stavkasiga tijorat banklari 1,5 martagacha marja qo’yishi mumkin.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish