Toshkent moliya instituti sh


-§. Jalb qilingan mablag’lar



Download 0,58 Mb.
bet50/125
Sana29.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#594813
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   125
Bog'liq
Toshkent moliya instituti sh

4-§. Jalb qilingan mablag’lar


Jalb qilingan mablag’lar aktiv operatsiyalarni, avvalo kredit operatsiyalarini amalga oshirish uchun pul resurslariga bo’lgan ehtiyojni qoplaydi. Ularning roli juda katta bo’lib, bank resurslarining 70%dan ortig’ini tashkil qiladi. Yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtinchalik bo’sh mablag’laridan foydalanish orqali, tijorat banklari ular yordamida xalq xo’jaligining va aholining qo’shimcha aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini qondiradi, pullarni kapitalga aylanishiga yordam beradi.


Banklar mablag’larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo’lib, barcha mamlakatlarda bu jarayon Markaziy bank tomonidan tartibga solinib turadi. Jalb qilingan mablag’lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank kapitali bilan jalb qilingan mablag’lar orasidagi nisbatni bir qator zaruriy me’yorlar yordamida tartibga soladi. Bu quyidagi normativlar: kapital etarliligi, bir kredit oluvchiga to’g’ri keladigan maksimal risk miqdori, aholidan jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki yo’riqnomasiga muvofiq, aholidan pul omonatlarini jalb qilish miqdori bankning o’z kapitali miqdori bilan chegaralanadi.
Hozirgi kunda banklar amaliyotida mavjud me’yoriy hujjatlargi asosan:

    • davlat ixtisoslashtirilgan banklar bazasida tashkil topgan tijorat banklari uchun jalb qilinadigan mablag’lar hajmi o’z kapitalining 25 barobaridan oshmasligi kerak;

    • yopiq turdagi aktsioner banklar uchun 20 barobardan oshmasligi;

    • ochiq turdagi aktsioner banklar uchun 15 barobardan oshmasligi kerak.

Rejali iqtisodiyot davrida banklarda bo’sh turgan mablag’larini jalb qilishdan manfaatdorlik yo’q edi, chunki banklarning aktiv operatsiyalari miqdori jalb qilingan mablag’lar miqdoriga qarab emas, balki kredit qo’yilmalar bo’yicha o’rnatilgan limitga qarab aniqlanar, jalb qilingan mablag’lar bo’yicha rag’batlantirish bilan banklar shug’ullanmas edilar. Aksariyat hollarda yirik loyihalarni amalga oshirish uchun bank ssudalari o’rniga ko’proq byudjet mablag’lari jalb qilinar edi. Shu bois muddatli omonatlarni o’rta va uzoq muddatli kredit manbalari sifatida jamg’arishga ehtiyoj bo’lmagan.
Ikki pog’onali bank tizimiga o’tilishi, iqtisodiy mustaqil tijorat banklarining tashkil topishi, banklarning o’z-o’zini moliyalashtirish tamoyiliga o’tishi, passivlar va aktivlar muvofiqligiga erishish muammosi bank faoliyatida dolzarb masalalarga aylandi. Bozor munosabatlarining rivojlantirish bank resurslarining ham turli- tumanlashuviga olib keldi.
Banklar jalb qiladigan mablag’lar tarkibi turlicha bo’ladi. Ularning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: bank mijozlar bilan ishlash jarayonida jalb qilgan mablag’lar (depozitlar), o’z qarz majburiyatlarini chiqarish yo’li bilan mablag’larni to’plash (depozit va jamg’arma sertifikatlarini, veksellar, obligatsiyalar) va banklararo kredit vositasida boshqa kredit tashkilotlaridan olinadigan va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olinadigan ssuda mablag’lari va boshqalar kiradi. Xalqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig’ish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:

    • depozitlar;

    • nodepozit resurslar.

Jalb qilingan mablag’larni asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi.
Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag’larini qo’yilmalarga jalb qilish operatsiyalari depozit operatsiyalari deyiladi.
Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham manfaatlidir. Ko’pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo’jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo’sh pul mablag’larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo’lib hisoblanadi.
Bankning «Oltin qoidasi»ga ko’ra, bank moliyaviy talablarining hajmi va muddati bank majburiyatlari miqdori va muddatiga mos kelishi kerak. Bu qoidaga rioya qilib, banklar joriy schetlar bo’yicha qoldiqlarni kredit resursi sifatida ishlata olmaydilar, chunki mijozlar ularni xohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin. Vaholanki, mijozlar, odatda, o’z mablag’larining hammasini birdaniga olishmaydi, shuning uchun, bankning naqd pul rezervi omonatlarga nisbatan shakllanadi.
Bundan tashqari, aksariyat bank operatsiyalari naqd pulsiz ko’rinishda amalga oshiriladi. Kassa zahiralari ko’rinishida bo’lmagan naqd pullar bank likvidligini oshiradi va u boshqa mijozlarga yoki bankka kredit sifatida yo’naltirilishi mumkin. Kassa zahiralaridan tashqari tijorat banklari tomonidan depozitlardan kredit resursi sifatida foydalanishda boshqa cheklovlar bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o’rnatiladigan majburiy zaxiralar shaklida ifodalanadi.
Depozit hisobvaraqalari turlicha bo’lishi mumkin va ularning tasniflanishi asosida qo’yilmalar manbai, ularning maqsadli yo’naltirilganligi, daromadlilik darajasi va boshqa shu kabi mezonlar etadi, ammo aksariyat hollarda mezon sifatida pul qo’yuvchi toifasi va qo’yilmani olish shakllari inobatga olinadi.

Pul qo’yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar quyidagilarga bo’linadi:



    • yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar);

    • jismoniy shaxslar;

Mablag’larni olish shakliga ko’ra depozitlar quyidagilarga bo’linadi:

    • muddatli depozit mablag’lar;

    • talab qilib olingunga qadar depozit mablag’lar;

    • aholining jamg’arma qo’yilmalari.

O’z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi.
Muddatli depozit mablag’lar ularning muddatidan kelib chiqib tasniflanadi;

    • 3 oy muddatgacha depozitlar;

    • 3 oydan 6 oygacha depozitlar;

    • 6 oydan 9 oygacha depozitlar;

    • 9 oydan 12 oygacha depozitlar;

    • 12 oydan yuqori bo’lgan depozit mablag’lar.

Bank tomonidan jalb qilingan mablag’larning yuqori likvidlik darajasini ushlab turish va ma’lum yuqori daromad olish ehtiyojini belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqib turli aktivlarga joylashtiriladi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish