5-§. Kreditga layoqatlilikni baholashning qo’shimcha ko’rsatkichlari
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mijozning moliyaviy holatini baholashda aniq bir xulosaga kelish uchun kreditga layoqatlilikning asosiy ko’rsatkichlariga qo’shimcha sifatida kreditga layoqatlilikning qo’shimcha ko’rsatkichlari tahlil qilinadi. Korxonaning kreditga layoqatlilikning qo’shimcha ko’rsatkichlari asosan mijozning aylanma aktivlari holatini yanada chuqurroq tahlil qilishni ko’zda tutadi. Ma’lumki, qisqa muddatli kreditlar xo’jalik sub’ektlarining aylanma aktivlariga beriladi. Shuning uchun mijozning kreditni o’z vaqtida bankka qaytara olish qobiliyati ham uning aylanma aktivlaridan foydalanishidagi samaradorlik darajasiga qarab belgilanadi. Xo’jalik sub’ektlari aylanma aktivlardan qanchalik samarali foydalanayotgan bo’lsa va aylanma aktivlarning aylanish tezligi qanchalik yuqori bo’lsa, kreditdan foydalanish samarasi va uni o’z vaqtida bankka to’lash imkoniyati ham shunchalik yuqori bo’lishi mumkin. Biz aylanma mablag’larning samaradorlik ko’rsatkichlari to’g’risida oldingi paragraflarimizda kengroq to’xtalgan edik. Shu bois biz qisqacha bo’lsada kreditga layoqatlilikning qo’shimcha ko’rsatkichlarini keltirib o’tmoqchimiz. Bu ko’rsatkichlardan biri bu aylanma aktivlarning aylanish koeffitsienti hisoblanadi.
Aylanma mablag’larning aylanishi koeffitsienti (Kl) joriy aktivlarning aylanish tezligi va aktivlarga qo’yilgan mablag’larning pul mablag’lariga aylanish tezligini xarakterlab, u ma’lum davr(oy, kvartal, yil) ichida aylanma mablag’lari necha marta aylanganligini ifodalaydi :
Realizatsiya qilingan mahsulot xajmi Kob =––––––––––––––––––––––––––––––––––––
aylanma mablag’larning o’rtacha xronologik qoldig’i
Kob. ni hisoblash aylanishni prognozlash va kreditlash muddatini aniqlashga imkon yaratadi. Aylanma aktivlarning aylanishi koeffitsienti aylanma aktivlarning harakati tezligini ifodalaydi va tahlil qilinayotgan davrda mahsulotni sotishdan tushumlarning cheklanishi hamda aylanma aktivlarning o’rtacha qiymatini hisoblab borishga imkon yaratadi.
Shuningdek, aylanma aktivlarning kunlarda aylanishini ham hisoblash mumkin. Bu ko’rsatkich korxona aylanma mablag’larining bir marta aylanishi (P-T-I/Ch-T-P) uchun necha kun ketishini ko’rsatadi.
(O kunlarda Aylanma mablag’larining o’rtacha qoldig’i x 360 kun aylanishi) Ak= –––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––;
realizatsiya hajmi
Aylanma aktivlar aylanishiga qancha kam kun ketsa, korxonaning foyda olishi, binobarin kreditni bankka to’lashi shuncha tez amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |