Personal capacity - qarz oluvchining shaxsiy fazilatlari (odilligi, maqsadining jiddiyligi yaxshi ishchi sifatida tavsifi va boshqalar);
Revenues – mijoz daromadi, oilaning yalpi daromadi tahlili. Bunda mijozning kreditni qoplash xarajatlari uning oylik daromadlarining 1/3 qismidan oshmasligi kerak.
Material capacity – ssudaning ta’minlanishi, mijozning ko’chmas va boshqa mulklari tahlili;
Ko’pincha mijozning pul oqimlari to’g’risida ma’lumot talab qilinadi.
Pul oqimi (cash flow) – bu mijozning xarajatlarini va majburiyatlarini qoplash uchun xususiy resurslarining etarliligi yoki yo’qligini o’lchaydi. Xorijiy davlatlarda mijozning kreditga layoqatliligini aniqlashda quyidagi tartibda pul mablag’lari hajmi aniqlanadai:
17-jadval
Qarz oluvchining pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot.
Ko’rsatkichlar
|
Jami
|
Joriy yil
|
30
kundan ortiq
|
60
kundan ortiq
|
60
kundan ortiq
|
1 yildan ortiq
|
1. Daromadlar:
Maosh;
Mukofot;
Gonorar;
Nafaqa;
Kompensatsiya;
Boshqalar.
|
|
|
|
|
|
|
2. Xarajatlar:
Soliqlar;
Kvartira to’lovlari;
Kommunal to’lovlar;
Bolalar tashkilotiga to’lovlar;
Kredit uchun foiz to’lovlari;
Boshqalar.
|
|
|
|
|
|
|
3. Ssudani qoplash uchun jami(1- 2)
Ortiqcha “q” Etishmovchilik “-”
|
|
|
|
|
|
|
Yuqoridagi jadval kelajakda ssudani qoplash imkoniyatini o’rganish uchun ishlatiladi.
Rivojangan mamlakatlarda mijozni kreditlashning muhim jihati kredit berish jarayonining (yuridik va jismoiny shaxslarga) markazida inson turadi. Masalan, Germaniyada qanday kredit olishdan qat’iy nazar, qarz oluvchi o’zining shaxsiy fazilatlari va to’lovga layoqatliligi to’g’risida bir qator hujjatlarni bankka berishi lozim.
Kredit berish jumbog’ini echishda nemis bankini qiziqtiradigan muammolar quyidagilardan iborat:
tadbirkorning shaxsiy xarakteri: xulq-atvori, qiliqlari, tashqi ko’rinishi, odati, ta’sirchan talaffuzi, odillik darajasi(iqtisodiy va moliyaviy holati to’g’risida ochiq so’zlashi), yoshi, oilaviy holati, jamoat ishlarida o’rni, mansabi va xobbisi;
umumiy ma’lumoti: o’quv yurtini tugatganligi to’g’risidagi diplom nusxasi, kvalifikatsiyasi, riskka qo’l urishi, iqtisodga qiziqishi, rejalashtirish qobiliyati;
jismoniy holati: sog’ligi holati, (oldingi kasalliklarini xisobga olgan holda), sport bilan shug’ullanishi;
texnik bilim saviyasi: maxsus o’quv yurti, tajribasi, ishga ixtisoslashuvi;
mulki: tashkilot ishlarida qatnashish darajasi, shaxsiy mulki, ko’chmas mulkka egalik qilishi, daromadning boshqa manbalari, korxona daromadidan shaxsiy foydasi, shaxsiy qarzlari, soliq majburiyatlari, oila a’zolarining mulkiy holati, musobaqalarda ishtiroki.
Savollarga javoblar bank bo’limida suhbat, telefon yoki anketa berish orqali aniqlanishi mumkin.
Nemis banklarida mijozning to’lovga layoqatliligini baholashda arizaning “Oylik daromad hisobi” bo’limi asosiy o’rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |