Tijorat bank bo’yicha riskka tortilgan aktivlarni hisoblash
Ko’rsatkichlar
|
risk 0%
|
risk 20%
|
risk 50%
|
risk 100%
|
Aktivlar
|
|
|
|
|
1. Naqd pullar va boshka kassa hujjatlari
|
683502
|
|
|
|
2. M.Bning Nostro korschetidan olishi
|
|
|
|
|
lozim aktivlar
|
5928150
|
|
|
|
3. M.Bning majburiy rezervlar schetidan
|
|
|
|
|
olishi lozim aktivlar
|
237544
|
|
|
|
4. Boshqa banklardan olinadigan aktivlar
|
|
|
|
|
5. Korschet Nostro
|
|
|
|
|
6. Xazina veksellari
|
|
|
|
|
7. Qimmatbaho metallar
|
1678797
246
|
1020766
|
|
|
Sotib olingan veksellar
Boshqa banklarga berilgan kreditlar
|
|
|
447943
|
300970
|
10. 1 sinf ta’minotga ega bo’lgan kreditlar
|
|
|
|
|
Ta’kinlangan kreditlar
Sud jarayonidagi kreditlar
|
|
3990879
|
|
|
Investitsiyalar
Bank binosi va aslahalar
Boshqa aktivlar
|
|
|
|
4611503
39544
358490
|
|
|
|
|
2878040
|
|
|
|
|
2149420
|
Jami aktivlar
|
8528239
|
40929745
|
447943
|
10337967
|
16. Berilgan garov va kafolatlar
|
|
|
|
|
17. Akkreditivlar
|
|
|
207181
|
38515
|
18. Jami balansdan tashqari schetlar
|
|
|
207181
|
38515
|
19. Jami aktivlar
|
8528239
|
40929745
|
655124
|
10376482
|
20. Jami riskli aktivlar
|
|
8185949
|
327562
|
10376482
|
21. Jami riskni inobatga olgandagi aktivlar
|
18889993
|
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarning bank amaliyotida aktivlarning sifatini aniqlashning asosiy mezoni bo’lib riskka tortilgan aktivlarning kapitalga nisbati maydonga chiqayotir va shunga asosan banklar reytingi belgilanadi. Reyting besh tipdagi baholar turkumiga ega.
reyting (kuchli).
Agar tortilgan aktivlarning aktsioner kapitaliga nisbati 5 foizdan oshmasa, ba’zi hollarda bu nisbat 5 foizlik chegaradan ozroq oshsa ham, agar bankning iqtisodiy sharoiti baquvvat bo’lsa va boshqaruv organlari o’zlarining muammoli kreditlar bilan ishlashda bilimdonligini ko’rsatsa, bu aktivni kuchli aktivlar sifatida keltirish mumkin.
reyting (qoniqarli).
Rezervning o’rtacha tortilgan miqdori jami kapitalga nisbatan 15 % dan yuqori bo’lmasligi lozim. Bu holda ham ssudalar bo’yicha muammolar bo’lmasa, bankning kredit siyosati talab darajasida olib borilsa shu guruhga kiritish mumkin.
reyting (o’rtacha).
Tortilgan aktivlar jami kapitalning 30 foizidan oshmasligi kerak. 4 reyting (muammoli)
Tortilgan aktivlar jami kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. 5 reyting (qoniqarsiz).
Tortilgan aktivlar jami kapitalning 50 foizidan oshgan holda qo’llaniladi.
Daromad keltirishga qarab bank aktivlari: daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan aktivlarga bo’linadi.
Daromad keltiruvchi aktivlarga quyidagilar kiradi:
Barcha berilgan kreditlar (jumladan banklararo kreditlar)
investitsiyalar (o’ziniki)
v) xazina veksellari
g) davlat obligatsiyalari
d) qimmatli qog’ozlar.
Daromad keltirmaydigan aktivlarga quyidagilar kiradi:
pul aktivlari guruhi
asosiy vositalar
v) kapital harajatlar
g) barcha moddiy aktivlar va boshqa aktivlar
d) nomoddiy aktivlar kiradi.
2 guruh aktivlariga bank faoliyatida katta e’tibor berilishi lozim. Chunki bu guruhda aktivlarni sifatini pasaytiruvchi aktivlar, muddati kechiktirilgan, foizsiz ssudalar, muddati o’tgan ssudalar va foizlar to’lanmagan ijara va boshqalar bo’lishi mumkin. Aktivlarning maqsadga muvofiq joylashishi bo’yicha umumiy ko’rsatkich - daromad keltiruvchi aktivlarning umumiy aktivlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi. Tijorat banklarining daromad keltiruvchi asosiy aktivlari – mijozlarga berilgan kreditlardir. Banklarning ikkinchi daromad keltiruvchi aktiv turi – davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) ga jalb qilingan banklararo kreditlar va investitsiyalar kichik salmoqni tashkil qiladi.
Muddati o’tgan aktivlarning salmog’i umumiy aktivlar hajmidan 3 foizdan oshmasligi lozim.
Agar bu aktivlar miqdori 2 va undan ortiq marta o’rnatilgan normadan ko’p bo’lsa, bank faoliyati juda muammoli, uning kredit siyosati juda zaif deb baholanadi.
9-jadval
Daromad keltirish darajasiga qarab Tijorat banki aktivlarini guruhlash
Aktivlar
|
01.01.2001
|
01.01.2002
|
farq q -
|
Daromad keltiruvchi aktivlar
|
|
|
|
Summa
|
17353
|
52593
|
+35240
|
Foiz
|
55
|
80,2
|
+25,2
|
Daromad keltirmaydigan aktivlar
|
|
|
|
Summa
|
14224
|
1296
|
-1262
|
Foiz
|
45
|
19,8
|
-25,2
|
Jami
|
31577
|
65555
|
+ 33978
|
Jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, 2002 yilda 2001 yilga nisbatan bankning daromad keltiruvchi aktivlari 25,2 punktga oshgan, shunga muvofiq ravishda daromad keltirmaydigan aktivlar miqdori esa 1262 mln. so’mga kamaygan.
Bu bankning moliyaviy ahvoli yaxshilanganligidan dalolat beradi.
Tijorat banklarida daromad keltiruvchi aktivlar qatorida kreditlardan tashqari qimmatli qog’ozlar, chet el valyutasida jalb qilingan mablag’lar ham mavjud.
Agar aktivlar tarkibida daromad keltiruvchi aktivlar salmog’i qancha ko’p bo’lsa, bu holat bank o’z aktivlaridan daromad olish maqsadida samarali foydalanayotganini bildiradi.
Tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozorida investitsion institut sifatida faol ishtirok etadilar. Banklar qimmatli qog’ozlar bozorida broker va diller sifatida ishtirok etadilar.
Tijorat banklari faoliyatining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular qimmatli qog’ozlar bozorining boshqa qatnashchilaridan farqli o’laroq, shu bozorda ayni vaqtda eng salmoqli investorlar va eng ishonchli emitentlar sifatida o’zini namoyon eta oladilar. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida kompaniya aktivlarining 40-80 % bank kapitali hisobidan ta’minlanadi, qimmatli qog’ozlar bilan o’tkaziladigan operatsiyalardan tushadigan daromadlar esa bank foydasini shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Tijorat banklari o’z aktivlarini diversifikatsiyalash, qo’shimcha daromad olish va balansining likvidliligini ta’minlash maqsadida DQMO dan keng foydalanadilar. Bu qimmatli qog’ozlar bo’yicha olinadigan daromad kafolatlangan va ular yuqori likvidlilikka egadir.
Daromad keltirmaydigan aktivlar guruhiga kassa, Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisobvarag’idagi mablag’lar, asosiy vositalar kiradi. Bank aktivlari hajmida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog’ini yuqori bo’lishi bankning resurslar bazasida samarasiz likvidlilik darajasini ko’rsatadi.
Bankda daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan aktivlarni tahlil qilish, ularning funktsiyalari iqtisodiy sharoitga bog’liq holda ularning tarkibini o’zgartirib turish kerakligi to’g’risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida faoliyatsiz aktivlarning ko’pgina qismi faoliyat qilayotgan aktivlarning elementlariga aylanadi, ko’pincha bu valyuta va harakatsiz aktivlarga tegishlidir.
Agar tijorat banklari o’zlarining balanslari tarkibini o’zgartirmasa, bu bank faoliyatida muammolar yuzaga kelishiga olib keladi.
10-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |