Mahsulotni sotish maqsadidagi tadbirlarning boshqaruv chizmasi
Marketing majmuasi elementlari
|
Marketing majmuasi elementlariga ta’sir etuvchi tadbirlar
|
Mahsulot
|
Mahsulot ishlab chiqarish siyosatini yaratish, mahsulotning assortimentini aniqlash va kengaytirish. Mahsulotlar tavsifini iste’molchi talabiga binoan yaxshilash. Yangi mahsulot
yaratish
|
Narx
|
Narx siyosatini aniqlash va xizmat ko‘rsatish. Narx setkasini sotuv bozorining ahvolini hisobga olib, mahsulot hayoti davri uchun yaratish. Mahsulot raqobatbardoshligini oshirish chora-
tadbirlarini ko‘rish
|
Harakatlanish
|
Mahsulot va xizmatlarning taqsimlanish siyosatini ishlab chiqish. Taqsimlanish kanalini boshqarish. Taqsimlanish hajmini rejalashtirish va nazorat qilish. Mahsulotni omborga joylash,
upakovkalash, yetkazish
|
|
Sotuvni rag‘batlantirish siyosatini shakllantirish. Sotuv natijalarini tahlil qilish. Savdo agentlari faoliyatini muvofiqlashtirish, reklama faoliyatini amalga oshirish
|
Bunyod etiluvchi vaziyatni kenglikda faraz qilish uchun 3 ta o‘lchamni ajratib ko‘rsatish mumkin:
taklif etiladigan mahsulot turi;
iqtisodiy jarayonlarda ishtirok etuvchilar soni;
almashuv jarayonlarining tarkibi.
Bu yerda har bir o‘lcham bir xil turdagi vaziyat to‘plami ko‘rinishida tavsiya etiladi. Shunday qilib, iqtisodiy maydon shu so‘zning qisqa ma’nosida bir xil vaziyatlar to‘plami ko‘rinishida tavsiya etiladi. Ular har xil “o‘yig‘ qog‘ozlari” ko‘rinishida qonunlarda, yo‘riqnomalarda, shartnomalarda tavsiflanishi va belgilanishi mumkin.
Ammo har bir turdagi vaziyat uning o‘ziga xos xususiyatlariga ega, ular albatta korxonaning istiqbolli ishlab chiqarish masalasi jarayonida e’tiborga olinishi kerak. Faqat bu kabi sharoitlarni baholashdan keyin korxonaning davlat bilan bo‘ladigan moliyaviy munosabatlar masalasini (mulk shakli, soliqlar, kimga bo‘ysunish
masalasi, shaxsiy va hal etiluvchi kapital va boshqalar) mulohaza qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ammo bu masalalar ikkinchi darajali hisoblanadi. Ular muvaffaqiyat sharoitini belgilaydi. Chunki har qanday tijorat faoliyati asosini mahsulot va xizmatlar sotish jarayoni tashkil qiladi. O‘yig‘ qanday qoidalar bilan olib borilishi taktik saviyada hal qilinishi lozimligi o‘z manfaati eng ko‘p darajada qondirilishi uchun qanday mulk shaklini tanlagan holda amalga oshirilishi bilan aniqlanadi.
Bozorda yuzaga keladigan har qanday vaziyat ayirboshlash jarayoniga ma’lum talablar qo‘yadi. Chunki ma’lum vaziyatlarda qat’iy, aniq iqtisodiy sharoit yuzaga keladi, bunday davrda ishtirokchilar manfaatlariga rioya qilinadi. Shartlarni buzish yoki “o‘yin qoidasining” buzilishi iqtisodiy zararga olib keladi (qoidani buzganligi uchun to‘lov). Ayirboshlash jarayonining tarkibi to‘rtta bir turdagi vaziyatni ajratib ko‘rsatishga imkon yaratadi, ular zaruriy miqdorda holatni tavsiflaydi va bozordagi o‘yig‘ sharoitini xulq strategiyasini aniqroq belgilashga imkon yaratadi.
Umumiy vaziyat ikkita asosiy o‘lchamning birlashtirilishi bilan izohlanadi: bozorning to‘ydirilishi va bozor talabini qoplash usullari. Bir necha o‘lcham bo‘yicha ikkita asosiy vaziyatni ajratib ko‘rsatish mumkin: bozorning to‘ydirilgan bo‘lishi yoki bozordagi yetishmovchilik, qondirilmagan talabning mavjud bo‘lishidir. Bozorda turli talabni qondirish usuli bo‘yicha yondashuvlar, ya’ni bitta firma barcha talablarni qondirishga harakat qilishi va segmentli yondashish - bir necha va ko‘p firmalar bir turdagi mahsulotni va xizmatni ishlab chiqarib, ular hisobiga barcha talablarni qoplashga urinishlar bo‘ladi. Shunday qilib, bozor munosabatlarida to‘rtta asosiy vaziyat paydo bo‘ladi, ular iqtisodiy maydonning chizma ko‘rinishida rasmda o‘z aksini topgan. O‘z ishini boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkor uchun to‘ydirilgan bozorlar nima bilan tavsiflanishi, qanday sharoitlarda bu bozorlarga kirish, qanday harakatlar qilish kerakligini bilish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |