Toshkent moliya instituti sh. To‘laganova



Download 152,1 Kb.
bet20/83
Sana27.01.2022
Hajmi152,1 Kb.
#413396
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Bog'liq
7 Marketing asoslari Sh To laganova va boshq 2007 o quv qo llanma.doc

Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi. Bu sotuvchilar tomonidan qo‘llanadigan eng qadimgi usullardan biridir. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi shunday talqin etiladi: iste’molchilarning xohishi bu keng tarqalgan va narxi arzon mahsulotlarning mavjud bo‘lishidir. Bu esa boshqaruvchilarga yangi vazifalarni yuklaydi, ya’ni endi ular ishlab chiqarishni mukammallashtirish, zamonaviylashtirish va taqsimot tizimini natijalarini olishga harakat qilishlari zarur bo‘lib qoladi.
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi ikki xil holatda ishlatiladi. Birinchisi, agar tovarga bo‘lgan talab taklifni oshirgan holatda. Bunday paytda rahbariyat ishlab chiqarishni kengaytirish yo‘llarini izlashga e’tiborini qaratishi zarur. Ikkinchisi, agar tovar tannarxi judayam yuqori bo‘lsa va uni kamaytirish zarur bo‘lib qolgan holatda. Buning uchun esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish kerak. Genri Fordning konsepsiyasi shundan iborat ediki, u «T» modelni ishlab chiqarishni cho‘zib, mashina tannarxini pasaytirib, narxni hamma iste’molchilar olishi uchun to‘g‘ri keladigan qilib qo‘ydi. Bugungi kunda bu usuldan «Teksas instruments» korporatsiyasi foydalanmoqda. Bu korporatsiya ishlab chiqarish hajmini kengaytirib, xarajatlarni kamaytirib, o‘z tovarlarining narxini tushirishga erishdi. Bu konsepsiyani tatbiq etgan firma Amerika bozorida qo‘l kalkulyatorlari ishlab chiqarish bo‘yicha 1-o‘ringa chiqib oldi. Shundan keyin bu firma xuddi shu strategiyani qo‘l soatlariga qo‘lladi, ammo u omadsizlikka uchradi. «Teksas instruments» soatlari arzon bo‘lsa ham ular iste’molchilarga yoqmadi.
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasini ayrim xizmat ko‘rsatish korxonalari ham qo‘llashadi. Ko‘pgina tibbiy va stomatologik
tashkilotlar konveyer usulida tashkil etilgan. Bu usulda yana ayrim davlat tashkilotlari, shu jumladan, mehnat birjasi va haydovchilik guvohnomasi beruvchi idoralar ishlatadi. Bu tashkilotlar har soatda juda ko‘p mijozlarga xizmat ko‘rsatsa ham bu xizmatlardan qoniqmay shikoyat qiluvchilar ham bor.

Download 152,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish