Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

18. Ichki nazoratchilarning majburiyatlarini doimiy ravishda qayta taqsimlash 

(rezervlarning,  ichki  auditorlarning  hamda  buxgalterlarning) 

nazoratning 

foydaliligini  oshirish  hamda  o’z  vazifalarini  suiste’mol  qilinishini  oldini  olish 

maqsadida xodimlar o’rtasida majburiyatlarni qayta taqsimlab borilishi lozim. 

Buxgalterning  majburiyatlarini  doimiy  ravishda  qayta  taqsimlanishi 

quyidagilarga yordam beradi: 

-buxgalter  tomonidan  har  bir  faoliyatning  o’zaro  nazorati  tufayli 

kamchiliklarning yuzaga kelishi ehtimoli kamayadi; 

-bitta  uchaskada  ishlash  orqali  bir  xil  ishdan  toliqishni  oldini  oladi  va 

buxgalter ishining samarasini oshiradi; 

-buxgalteriya xodimlarining uddaburonligini oshiradi. 



 

 

197 



19.  Har  tomonlama  nazorat.

  Korxonaning  boshqaruvi  va  uning  rivoji  uchun 

har  bir  tarmoqni  har  tomonlama  nazorati  muhimdir.  Tekshiruv  tadbirini 

rejalashtirishda,  iqtisodiy,  yuridik,  ilmiy-texnikaviy  hamda  ijtimoiy  bo’limlarini 

har 

tomonlama 



o’rganish  lozim.  Yo’riqnomani  noto’g’ri  tushunish, 

muhokamalarda 

xatolik, 

shaxsning 

beparvoligi, 

javobgar 

shaxsning 

parishonxotirligi  yoki  charchaganligi,  jamoa  o’rtasida  kelishmovchiliklar,  o’z 

lavozimini  suiste’mol  qilish  va  odobsizlik  qilish  hammasi  ichki  audit  menejeri 

yoki xodimlar bo’limi e’tiborida bo’lishi lozim. 



20.  Nazorat  obektlarning  o’zaro  bog’liqlarini  tushunish.

 

Agar  biror-bir 

obektning  nazoratida  oqsoqlik  yuzaga  kelsa,  bevosita  muammoni  yuzaga 

keltirgan  vaziyat  bilan  ish  olib  borish.  Bunday  yondashish  oqsoqlikning  yuzaga 

kelishi sababini aniqlash hamda kelgusida takrorlanmasligini ta’minlaydi. 

Tekshiruv  jarayonida  ichki  audit  tomonidan,  kompyuter  xotiralariga  saqlab 

qo’yilgan buxgalteriya operatsiyalarida pul harakatlari noto’g’ri hisob raqamlarda 

aks ettirilganligi aniqlansa, bu holatda quyidagi choralar amalga oshiriladi: 

a)  buxgalteriya  hisobi  shakli  bo’yicha  yo’l  quyilgan  kamchiliklarni  aniqlash 

hamda ularni bartaraf etish;  

b)  amaliy  buxgalteriya  dasturining  sifati  yoki  hajmi,  dastur-texnika 

kompleksiga baho berish; 

v) xatoni e’tibordan chetda qoldirgan buxgalterning professional bilimiga baho 

berish. 


21. Dastlabki nazoratning ahamiyati.

 

Boshqarilayotgan ob’ektning ahvolining 

yomonlashuvini 

yoki 


oqsoqlanishi 

borasida 

ogohlantirish 

maqsadida 

tekshiruvning  boshlang’ich  bosqichlarini  kuchaytirish  lozim.  Bu  holat 

nazoratdagi  ob’ektning  talab  qilingan  axvolga  olib  kelishda  yuzaga  kelishi 

mumkin bo’lgan yo’qotishlar va xarajatlarning oldini olishda yordam beradi. 

22.  Oldingi  tekshiruvda  kamchiliklar  bo’yicha  aniqlangan  ma’lumotlardan 

foydalanish.

 

Har  bir  nazorat  jarayonida  oldingi  tekshiruvda  aniqlangan 

kamchiliklardan foydalanish, ushbu kamchiliklarni qaytarilmasligini ta’minlaydi.  

23.  Uzluksiz  ravishda  rivojlanib  borish.

 

Vaqt  o’tishi  bilan  hattoki 




 

 

198 



boshqaruvning  ilg’or  uslubi  ham  eskirib  boradi.  Ichki  nazorat  tizimini  shunday 

tashkil  etishi  kerakki,  u  tashkilot  faoliyatining  ichki  va  tashqi  o’zgarishlari 

natijasida  yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan  yangi  muammolarni  hal  etishda 

moslashuvchan 

bo’lishi 

kerak 


hamda 

tashkilotning 

kengayishida 

zamonaviylashishini ta’minlab berishi kerak. 

Tashkilotda  ichki  audit  tizimining  muvaffaqiyatli  faoliyatini  ta’minlashning 

asosiy yo’li quyida keltirilgan tamoyillarga rioya qilishdir: 



1.

 

Mas’uliyatlilik  tamoyili:

 

Tashkilotda  faoliyat  olib  boruvchi  har  bir  ichki 

audit  xodimi  o’z  faoliyatini  olib  borishda  iqtisodiy,  ma’muriy  va  intizomiy 

mas’uliyatni  his  qilishi  kerak.  Agar  xodim  tomonidan  mas’uliyat  his  qilinmasa 

nazorat talab darajasida olib borilmaydi. 

2.

 

Muvozanatni  ushlab  turish  tamoyili:

 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib, 

korxonaning  nazorat  funktsiyasi  qanday  tarzda  olib  borilishi,  resurslar  bilan 

ta’minlanishi  va  bajarilishi  bo’yicha  auditor  tomonidan  buyruq  berilmasligi 

lozim.  Nazorat  sub’ektlari  tomonidan  majburiyatlar  korxonaning  ish  hajmi  va 

imkoniyatidan kelib chiqib belgilanishi lozim. 



3.

 

Yuzaga kelgan kamchiliklar bo’yicha o’z vaqtida malumot berish:

 Yuzaga 


kelgan  kamchiliklar  bo’yicha  malumot,  ushbu  kamchiliklar  bo’yicha  qisqa  vaqt 

ichida  qaror  qabul  qilish  vakolatiga  ega  kishiga  o’z  vaqtida  etkazilishi  lozim. 

Agar  ma’lumot  kechiqtirilsa  salbiy  oqibatlarga  olib  keladi.  Boshlang’ich 

nazoratda  oqibatlarning  yuzaga  kelish  ehtimoli  bo’yicha  malumot  o’z  vaqtida 

etkazilmasa, bu nazoratni amalga oshirilishidan mano qolmaydi. 

4.

 

Nazoratga  oluvchi  va  nazoratga  olingan  tizimning  mutanosibligi:

  Ichki 


audit  tizimining  murakkablik  darajasi  nazoratdagi  tizimning  murakkablik 

darajasiga  mutanosib  bo’lishi  kerak,  ya’ni  ob’ekt  bo’yicha  tekshiruvni 

muvaffaqiyatli  olib  borish  uchun  ichki  audit  shu  darajada  murakkab  bo’lmog’i 

lozim. 


5.

 

Butlik  tamoyili:

  Har xil turdagi ob’ektlar bir-biriga  aloqador bo’lgan ichki 

auditni  o’ziga  qamrab  olgan  bo’lishi  kerak,  ya’ni  audit  tor  doiradagi  obektlar 

bilangina chegaralanmasligi kerak. 




 

 

199 



6.

 

Javobgarlikning  taqsimlanish  tamoyili:

  Xodimlar  o’rtasida  vazifalar 

shunday taqsimlanish kerakki, bir xodimga bir vaqtning o’zida quydagi vazifalar 

yuklatilmasligi kerak: Belgilangan aktivlar bo’yicha operatsiyalarga ruxsat berish, 

berilgan  operatsiyalarni  ro’yxatga  olish,  operatsiyalarning  bo’lganligini 

ta’minlash hamda ularning inventarizatsiyadan o’tkazish. Salbiy oqibatlar yuzaga 

kelmasligini oldini olish maqsadida bu funktsiyalarni bir necha xodimlar o’rtasida 

taqsimlanishi lozim. 



7.

 

Ruxsat berish hamda ma’qullash tamoyili:

 

Har bir xo’jalik operatsiyalarini 

amalga  oshirilishida  vakolatli  shaxs  tomonidan  ruxsat  berilishi  rasmiy  ravishda 

ta’minlangan  bo’lishi  kerak.  Rasmiy  ruxsat  bu  umumiy  turdagi  xo’jalik 

operatsiyalar yoki aniq bir operatsiya bo’yicha rasmiy qaror hisoblanadi. Rasmiy 

ma’qullash  bu  boshqaruv  tomonidan  berilgan  ruxsatidir.  Yuqorida  qayd  etilgan 

tamoyillarning  barchasi  bir  biriga  bog’liqdir,  ularning  birikishi  aniq  bir 

vaziyatdan kelib chiqadi. 




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish