12.
O’zaro hamkorlik va muvofiqlik.
Nazorat tashkil etilish jarayonida,
tashkilotning har bir bo’g’inining aniq hamkorligi ostida bo’lishi lozim.
13.
Fayl va aktivlarga ruxsatsiz kirishga yo’l qo’yilmaslik.
Ma’lumotlarga
ruxsatsiz kirishga to’sqinlik qilish va nazoratni o’rnatish uchun quyidagi
choralarni ko’rish lozim:
-binoga ruxsatsiz kirmaslik (qo’riqlash, ruxsat berish rejimi, signalizatsiya,
kuzatuv tizimini yo’lga qo’yish);
-kompyuter va boshqa ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirilishiga (kompyuter
tizimini parollash) hamda texnik vositalar orqali ma’lumotlarning chetga
chiqishiga yo’l qo’ymaslik (eshitish va kuzatuv moslamalarini hamda
fotoaparatning ruxsatsiz olib kirilishi);
-korxonaning xo’jalik sirlarini xodimlar tomonidan olinishida belgilangan
tartibda ruxsatnoma olish orqali berilishini yo’lga qo’yish. Bunda korxonaning
xo’jalik sirlarini chetga chiqishini oldi olinadi.
14. Fayl va aktivlarning xavfsizligi.
Kutilmagan hodisalarni oldini olish
maqsadida, kerakli fayl va hujjatlarni yonmaydigan seyflarda saqlash, o’t
o’chirish moslamalariga ega bo’lishi va kerakli qo’llanmalar bo’lishi kerak.
Elektr tizimining uzilishi yoki texnika tizimining ishdan chiqishi hisobga olgan
holatda, kerakli ma’lumotlar va fayllarni qo’shimcha xotirada saqlab borish va
zaxira elektr ta’minoti bilan ta’minlash.
15. Vazifalarni bajarilish bosqichlarini belgilovchi maxsus sxemalar bilan
faoliyatni qat’iy belgilab berish.
Bu kabi sxemalar bo’limlarning javobgarligi,
ruxsat etilgan faoliyatlar bo’yicha, nazorat jarayonini hamda har bir faoliyatning
qoidalari bo’yicha ma’lumotni o’z ichiga olgan bo’lishi lozim. Sxemadagi
ma’lumotlar tushunarli holatda bo’lishi lozim va bu holat ma’lumotning
xodimlarga o’z vaqtida etib borishida muhimdir.
16. Hisobga olish va nazorat qilish tizimiga yangi informatsion
texnologiyalarni jalb qilish.
Korporativ turdagi yirik iqtisodiy salohiyatga ega
196
bo’lgan yirik korxonalarga, yangi va sifatli dasturlar bilan ta’minlangan
texnologiyalar bosqichma-bosqich o’tish maqsadga muvofiqdir. Bu holat
quyidagiga yordam beradi:
-mijozlar talablarini bajarish quvvatidagi muammolarni hal etish;
-xodimlarning faoliyat tizimidagi salohiyatini oshiradi;
-korxonaning boshqarish rejimini real masshtabdagi vaqtgda amalga
oshirishini ta’minlaydi;
-tarmoqlar o’rtasidagi o’zaro aloqadagi faoliyatni amalga oshirilish samarasini
oshiradi;
-ma’lumotlarni kompyuter tizimiga qo’l bilan kiritilishida yo’l qo’yiladigan
kamchiliklarni bartaraf etadi.
17. Nazorat faoliyatini amalga oshirilishini hujjat bilan tasdiqlanishi.
Muhim
nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi har bir mas’ul shaxs, nazoratni amalga
oshirilayotganligini tasdiqlash maqsadida muntazam ravishda yozma shaklda
imzo bilan tasdiqlagan holatda hisobot berib borishi lozim. Bu kabi hisobot
belgilangan koordinatsion markazga taqdim etilishi lozim. Hisobotni tekshirgan
shaxs tomonidan ushbu hisobot tekshirilganligini tasdiqlash maqsadida imzo
qo’yishi lozim. Bu qoida amalga oshirilishi ichki nazoratning har bir pog’onasini
nazoratini tekshirib borish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |