Birinchidan,
ichki audit faoliyati bilan bugungi kunda foydalanish
imkoniyati belgilangan. Shuningdek, etarlicha baholanmagan manbalardan biri
hisoblanib, uning to’g’ri ishlatilishi korxona samaradorligini oshirishi mumkin.
Ikkinchidan,
AQSh va G’arbiy Evropadagi bir qator yirik korporativ
boshqaruvdagi korxonalar tashqi audit faoliyati bo’yicha jiddiy kamchiliklarga
ega ekanligi, uning natijasida hatto eng yirik firmalarning ham bankrotlik
holatlari kuzatilgan.
Uchinchidan,
kompaniyada yaxshi korporativ boshqaruvning, uning
ajralmas bo’g’ini sifatida ichki auditning mavjudligi, investor va kreditor uchun
ijobiy belgi bo’lib, kompaniyaning investitsiyasini o’ziga jalb etish imkoniyatini
oshiradi.
Avvalambor,
bunga
xususiy
mulk
egalari
va
menejmentning
kompaniyadagi aktivlarining salmoqli ravishda tejalishiga olib keladigan biznes
jarayonning tizimini boshqarish va tashkil etishni tartibga solish hoxishi ham
kerak bo’ladi.
Bundan tashqari, ichki auditning mavjudligi xususiy mulk boshqaruvchilari
uchun zarurdir. Sababi, ular firmadagi ish yurituvidan bevosita uzoqlashadilar,
boshqaruv funtsiyalarini professional menejerlar qo’liga berishadi. Va oxir oqibat
kapitalning xalqaro bozorlarga qisqa yoki o’rtacha muddatlarda chiqish rejalarini
yaratish zarurligini uqtiradi. Xususan, eng katta fond birjalarining qonun-
qoidalari kompaniyada ichki auditning mavjudligi talab etiladi va ularni qimmatli
qog’ozlar bozoriga chiqish uchun zarur bo’lib, ularga shart sharoit yaratib beradi.
Xususan, mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishga katta
e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.09.2006 y. N
PQ-475 son «Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida»gi qaroriga muvofiq 2007 yilning 1 yanvaridan boshlab aktivlarining
balans qiymati 1 mlrd. so’mdan ko’proq bo’lgan korxonalarda kuzatuvchi
kengashlar tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan ichki audit
xizmatlari tashkil etildi. Bu esa o’z navbatida yirik korxonalar va aktsiyadorlik
jamiyatlarining moliyaviy xo’jalik faoliyatini, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini
167
o’z vaqtida va me’yoriy hujjatlar asosida yuritilishida, ichki nazoratni
kuchayishiga, korxonaning bankrotlik holatidan qutqarishga xizmat qiladi.
Korxonalarda ichki audit xizmatini tashkil etish yuzasidan O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215 sonli
Qaroriga 2-ilova “Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risidagi Nizom” ishlab
chiqilgan bo’lib, unda umumiy qoidalar, ichki audit xizmatining asosiy vazifalari
va funktsiyalari, ichki audit xizmatining huquq va majburiyatlari, ichki audit
xizmatiga qo’yiladigan talablar, ichki audit xizmatining mustaqilligi va uni
o’tkazish natijalari bo’yicha yig’ma hisobot tuzishga qo’yiladigan talablar, ichki
audit xizmatining javobgarligi belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra;
Ichki audit
deb korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy
bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga; ta’sis
hujjatlariga va ichki hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib
borish yo’li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishni to’liqliligi va
ishonchliligini ta’minlash, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning
belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarining saqlanishi hamda korporativ
boshqarish tamoyillari joriy etilishi bo’yicha korxona tarkibiy bo’linmasining
(ichki audit xizmati) faoliyati.
1
Ichki audit xizmati
- korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil
etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo’linmasi.
Ichki audit faoliyati mamlakatimizga 2007 yildan boshlab joriy etilgan
bo’lsada, uning mazmun mohiyati iqtisodchi olimlarimiz tomonidan ilgariroq
o’rganilgan. Ya’ni ichki audit tushunchasi va mohiyati yuzasidan bir qancha
iqtisodchi olimlar o’z fikr mulohazalarini ilmiy izlanishlarida bildirib o’tgan.
AQShdagi ichki auditorlar institutining ta’rifiga ko’ra
ichki audit
-
iqtisodiy sub’ektda shakllantirilgan, uning mulkdorlari manfaatlarini himoya
qiladigan va uning ichki hujjatlari tizimini tartibga soladigan, buxgalteriya hisobi
1
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qarori bo’yicha “Korxonalardagi ichki audit xizmati
to’g’risida NIZOM”
168
yuritish o’rnatilgan tartibining bajarilishi ustidan nazorat tizimini yaratish va
ichki nazorat tizimining faoliyat yuritishining mustahkamlaydigan tizimdir.
Ichki audit
deb korxonaning kuzatuv kengashiga bo’ysunadigan, ularni
doimo axborot bilan ta’minlab turadigan, moliyaviy hisobotlar ustidan doimiy
nazorat olib boradigan, korxonaning boshqarishda qabul qilinadigan iqtisodiy
qarorlar chiqarishda o’z hissasini qo’shadigan faoliyatga aytiladi.
Ichki audit xizmati deganda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ijroiya organi,
vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlari va
boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda
ma’lumotlarning to’liq hamda to’g’ri aks ettirilishi ta’minlanishini, xo’jalik
operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga
rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish
yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va
bu borada monitoring olib borish orqali xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ijroiya
organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Ichki audit xizmati o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan NIZOMga muvofiq
amalga oshiradi.
Mustaqillik- ushbu holatda ichki audit tashkiliy mazmunga ega bo’lib,
bunda kompaniyaning ijro organiga ichki audit xizmatining bo’ysinish darajasi
bilan aniqlanadi.
Ob’ektivlik deganda – ichki auditor korxonaning faoliyatini baholash va
qarorlar qabul qilishda xolisligi tushuniladi.
Tashkilot faoliyatini rivojlantirish, ta’kidlab o’tish kerakki, tashkilot
ishidagi kamchiliklar va tavakkalchilikni ko’ra bilish va baholash, tizim va
jarayonlarni samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berish.
169
Ichki audit xizmatining maqsadi tashqi auditorlik faoliyatidan farqli
o’laroq, ular korxonaning moliyaviy xo’jalik faoliyatini doimiy nazorat qilish
maqsadida oldiga bir qancha maqsadlarni qo’yadi:
-
Aktivlar holatining nazorati;
Do'stlaringiz bilan baham: |