Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


Nomoddiy  aktivlar  kirimi  va  chiqimini  soliqqa  tortishning  to’g’riligini



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

Nomoddiy  aktivlar  kirimi  va  chiqimini  soliqqa  tortishning  to’g’riligini 

tekshirish. 

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy 

hujjatlarga  muvofiq  nomoddiy  aktivlarning  ayrim  turlari  qo’shimcha  qiymat 

solig’i (QQS)dan ozod etilgan. Auditor bunga alohida e’tibor berishi zarur. 



 

№ 21 BHMS ga muvofiq nomoddiy aktivlar oldindan pul o’tkazish yo’li bilan 

sotib  olinganida  QQS  4410-«Soliqlar  va  yig’imlar  bo’yicha  bo’nak  to’lovlar» 

schyotida aks ettiriladi (hisob-kitob hujjatlarida alohida ajratib ko’rsatilganida).  




 

 

249 



Sotib  olingan  nomoddiy  aktivlar  bo’yicha  QQS  summasi  quyidagi  hollarda 

byudjetga o’tkaziladi.  

*

 

 sotib  olingan  nomoddiy  aktivlar  qiymati  mol  etkazib  beruvchilarga 



to’langanida; 

*

 



 nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida; 

*

 



 nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilganida.  

Agar  dastlabki  hujjatlarda  QQS  summasi  ajratib  ko’rsatilgan  bo’lmasa,  u 

holda hisob-kitob hujjatlarida QQS ajratib ko’rsatilmaydi.  

Nomoddiy  aktivlar  hisobdan  chiqarilganda  dastlabki  qiymatiga  0410-0490 

schyotlar  kredit  va  9220-«Boshqa  aktivlarning  chiqimi»  schyoti  debetlanadi. 

Hisoblangan  eskirish  summasiga  esa  0510-0590  schyotlar  debet  va  9220  schyot 

kreditlanadi. Hisobdan chiqarish natijasi (foyda yoki zarar 9220 schyotdan 9900 - 

«Yakuniy  moliyaviy  natija  (daromadlar  va  xarajatlarni  jamlash)»  schyotiga 

o’tkaziladi. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi, foyda byudjet bilan hisob-kitoblar 

ko’rsatkichlari, shuningdek xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari mulklarini 

baholashning  asoslanganligi  ko’p  jihatdan  nomoddiy  aktivlarning  mavjudligi  va 

baholanishi,  ular  eskirishlari  to’g’risidagi  ma’lumotlarning  haqqoniyligiga 

bog’liq.  

Shunga  ko’ra,  nomoddiy  aktivlarni  hisobda  ro’yxatga  olishning  texnik 

jihatlarini  tekshirish  juda  muhim  hisoblanadi.  Nomoddiy  aktivlar  o’z  nomiga 

ko’ra  moddiy  negizga  ega  bo’lmaganliklari  uchun  korxonada  u  yoki  bu 

ob’ektning  haqiqiy  kirimi  va  ishlatilishi  ustidan  buxgalterlik  nazoratini  tashkil 

etish muammosi tez-tez vujudga keladi.  

Buxgalterlik  hisobining  umumiy  printsiplariga  ko’ra  har  qanday  nomoddiy 

aktiv  kirimi  tegishli  dastlabki  hujjatlar  asosida  rasmiylashtiriladi.  Bunday 

dastlabki hujjatlashtirish o’zining mazmuni va tavsifiga ko’ra, asosiy vositalarni 

qabul  qilish-topshirish  dalolatnomasi  (AV-1)  kabi  hujjatlarga  o’xshash  bo’lishi 

lozim.  Hujjatlarda  ob’ektlarning  batafsil  xususiyatlari,  dastlabki  qiymati, 

foydalanishga  topshirilgan  vaqti,  eskirish  normasi  va  xarajatga  olib  borish  kodi, 




 

 

250 



nomoddiy  aktiv  foydalanadigan  bo’linma  va  boshqa  ma’lumotlar  ko’rsatilishi 

lozim.  


Nomoddiy  aktivlarni  kirim  qilishda  dastlabki  hujjatlar  bilan  birga  ularni 

indentifikatsiyalovchi (aynan o’xshatuvchi) hujjatlar ham bo’lishi zarur. Bunday 

hujjatlarga  nomoddiy  aktivlarning  o’zlarini  yoki  ulardan  foydalanishni 

tavsiflovchi  hujjatlar,  shuningdek,  korxonaning  u  yoki  bu  mulkiy  huquqini 

tasdiqlovchi  hujjatlar  kiradi. Boshqacha  qilib aytganda, buxgalterlik  hisobda  aks 

ettiriladigan  nomoddiy  aktivlarning  istalgan  ob’ekti  ob’ektiv  shaklda  mavjud 

bo’lishi lozim.  

Sanoat  namunalari  va  kashfiyot  huquqlarini  sotib  olish  patentlar, 

guvohnomalar  bilan  tasdiqlanadi.  Korxona  tomonidan  har  qanday  mualliflik 

huquqlarini  sotib  olish  faqat  ushbu  mualliflik  huquqlarini  sotuvchilar  jismoniy 

yoki  yuridik  shaxslar  bilan  tuzilib,  yuridik  jihatdan  kuchga  kirgan  to’laqonli 

shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin.  

Korxona  «nou–xou»  sotib  olishni  rasmiylashtirishi  uchun  uning  og’zaki 

(matnli)  yoki  tasviriy  tavsifiga  ega  bo’lishi  lozim.  Korxona  raqobat  sharoitida 

sanoat va intellektual mulklarni muhofaza qilish uchun chora-tadbirlarni ko’rishi 

lozim.  Bu  nomoddiy  aktivlar  ob’ektlarning  har  biri  uchun  konkret  xodimlarni 

javobgarlikka tortish va ko’rilgan zararni to’liq qoplash uchun imkon yaratadi.  

Korxonalar nomoddiy aktivlarni har xil yo’llar bilan sotib oladilar va shunga 

ko’ra ularning kirimi ham hisobda turlicha aks ettiriladi.  

Nomoddiy  aktivlar  korxona  ustav  kapitaliga  ishtirokchilarining  hissasi 

sifatida  qo’shilishi  mumkin.  Bunda  ular  imkon  qadar  haqiqiy  bozor  bahosiga 

yaqinlashgan  va  korxona  aktsiyadorlar  kengashi  (boshqaruvi)  va  aktsiyadorlar 

tomonidan belgilangan shartnoma bahosida kirimga olinadi.  

«Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot ishlab chiqarish 

(ish,  xizmat)  va  realizatsiya  xarajatlarining  tarkibi  va  moliyaviy  natijalarni 

shakllantirish tartibi haqida Nizom»ga muvofiq texnologiyalarni takomillashtirish 

va  yangilarini  yaratish,  shuningdek,  ilmiy-tadqiqot  va  tajriba  -  konstruktorlik 

ishlarini  o’tkazish  bilan  bog’liq  mahsulotlar  sifatini  yaxshilash,  xom  ashyo  va 




 

 

251 



materialllarning  yangi  turlarini  yaratish,  ishlab  chiqarishni  qayta  jihozlash 

xarajatlari  9420-«Ma’muriy  xarajatlar»  schyotida  aks  ettiriladi.  Agar  korxona 

qandaydir ishlab chiqarish va intellektual mulk (patentlar, guvohnomalar) yaratsa, 

ushbu  «Nizom»  dan  kelib  chiqqan  holda,  ularni  mulk  sifatida  hisobga  olib 

bo’lmaydi, chunki ularni yaratish bilan bog’liq xarajatlar kapitallashmaydi.  

Ushbu  savol  masalasida  turli  mamlakatlarda  qarama  -  qarshi  fikrlar  mavjud. 

Masalan,  ayrim  mamlakatlarda  nomoddiy  aktivlar  mablag’  sifatida  inobatga 

olinmaydi,  ularni  darhol  ishlab  chiqarish  sarflari  yoki  foyda  hisobiga  hisobdan 

chiqarish  ko’zda  tutilgan.  Ammo,  bunday  yondoshuvga  qarama-qarshi  gumon 

patentlar  olish  va  kashfiyotlar,  tovar  markalari,  savdo  belgilari,  «Nou-xou» 

ishlanmalari  va  dastur  ta’minotlarini  yaratish  bilan  bog’liq  ilmiy-tadqiqot  va 

tajriba-konstruktorlik  ishlari  (ITTKI)  kabi  aktivlarni  darhol  hisobdan  o’chirish, 

davr  oralig’ida  oladigan  daromadlarni  buzib  ko’rsatishga  olib  keladi  va 

korxonalar  tomonidan  ushbu  faoliyat  sohasiga  mablag’lar  sarflashni  to’xtatib 

turadigan  omil  bo’lib  hisoblanishidan  iborat.  Agar  nomoddiy  aktivlarni  yaratish 

bilan bog’liq xarajatlarni darhol hisobdan o’chirish fikriga qo’shiladigan bo’lsak, 

unda  bizning  korxonalarimizda  bunday  xarajatlarga  eng  oz  miqdorda  mablag’ 

ajratilib,  respublikamiz  xududida  ishlab  chiqarish  va  intellektual  mulkni 

(korxonaning o’z ishlab chiqarishini) umuman pasayishiga olib keladi, korxonalar 

esa  o’zlarining  mulkiy  huquqlari  (nomoddiy  aktivlari)ni  yaratmasdan,  xorijdan 

sotib olishga xarajat qiladilar.  

Nomoddiy  aktivlar  bo’yicha  amortizatsiya  hisoblash  va  amortizatsiya 

ajratmalarining  mahsulot  (ish,  xizmat)lar  tannarxiga  to’g’ri  olib  borilishini 

tekshirish  chog’ida  auditor  nomoddiy  aktivlarning  ishlab  chiqarish  faoliyatida 

foydalanilayotganligi va daromad keltirayotganligi to’g’risida isbotga ega bo’lishi 

lozim.  


Nomoddiy  aktivlar  bo’yicha  amortizatsiya  ajratmalari  baholash  miqdori 

bo’lib,  taxmin  qilinayotgan  foydali  xizmat  qilish  davriga  asoslanib  hisob-kitob 

qilinadi.  Shuning  uchun  auditor  o’rnatilgan  foydali  xizmat  qilish  muddatlari  va 

amortizatsiya  ajratmalari  normalarining  mosligini  №7  BHMS  46  bandiga 




 

 

252 



muvofiq tekshirib ko’rishi lozim. Bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun №1 

-  NMA  shakldagi  kartochka  va  nomoddiy  aktivlar  ob’ektlarini  hisobga  qabul 

qilishda asos bo’lgan dastlabki hujjatlardan foydalaniladi.  

№7  BHMS  39  bandiga  muvofiq  nomoddiy  aktivning  amortizatsiya 

qilinadigan  qiymati  muntazam  asosda  taqsimlab  borilishi  uchun  amortizatsiya 

muddatlari quyidagicha belgilangan: 

*

 

 nomoddiy  aktiv  ob’ektining  foydali  xizmat  ko’rsatish  muddati  davomida 



(lekin  bu  muddat  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektning  faoliyat  qilish  muddatidan 

oshmasligi lozim); 

*

 

 foydali  xizmat  ko’rsatish  muddatlarini  aniqlash  imkoni  bo’lmagan 



nomoddiy  aktivlar  bo’yicha  5  yil  hisobida  (lekin  bu  muddat  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektning faoliyat ko’rsatish muddatidan oshmasligi lozim).  

Amortizatsiya  hisoblanadigan  nomoddiy  aktivlar  bo’yicha  auditor 

quyidagilarni tekshiradi: 

*

 

 qo’llanilayotgan amortizatsiya hisoblash usullari korxona hisob siyosatiga 



mos kelishi; 

*

 



 tanlangan  amortizatsiya  hisoblash  usuli  nomoddiy  aktivlar  ob’ektlari 

qiymatini  qolgan  foydali  xizmat  qilish  muddati  davomida  ishlab  chiqarish 

sarflarini hisobga oladigan schyotlarga to’g’ri o’tkazilishini.  

№7  BHMS  42  bandiga  muvofiq  nomoddiy  aktivlarga  amortizatsiya 

hisoblashning uch usuli ko’zda tutilgan. Ular: 

*

 



 to’g’ri chiziqli (yoki bir tekis); 

*

 



 kamayib boruvchi qoldiq; 

*

 



 ishlab  chiqarish  birliklari  summasi  bo’yicha  amortizatsiya  hisoblash 

(ishlab chiqarish usuli).  

Nomoddiy  aktivlarga  amortizatsiya  hisoblash  usullarining  mohiyati,  korxona 

moliyaviy  holatiga  ta’sirini  bilish  va  shu  asosda  malakali  auditorlik  xulosasi 

shakllantirish  maqsadga  muvofiq.  To’g’ri  chiziqli  usulning  mohiyati  muayyan 

nomoddiy  aktivning  jami  foydali  xizmat  qilish  muddati  davomida  eskirish 

summalari bir me’yorda hisoblab yozib borilishidan iborat.  



 

 

253 



Kamayib  boruvchi  qoldiq  usulidan  foydalanish  chog’ida  muntazam  hisoblab 

boriladigan  amortizatsiya  summalari  foydali  xizmat  qilish  davri  davomida 

kamaytirib boriladi.  

Bajarilgan ishlar hajmiga  mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli (ishlab 

chiqarish  usuli)  ga  muvofiq  amortizatsiya  hajmi  nomoddiy  aktivdan  necha 

marotaba  foydalanilishi  yoki  nechta  mahsulot  birligi  ishlab  chiqarilishi 

kutilayotganligiga bevosita bog’liqdir.  

Amaliyotda  amortizatsiya  hisoblashning  to’g’ri  chiziqli  usulidan  foydalanish 

afzalroq.  Qolgan  usullardan  muayyan  holatlarda  foydalanilishi  maqsadga 

muvofiqdir.  

Auditor  hisoblangan  amortizatsiya  ajratmalarining  schyotlarda  to’g’ri  aks 

ettirilganligini  ham  aniqlashi  lozim.  Bunda  №21  BHMS  ga  muvofiq  quyidagi 

test-jadvaldan foydalanish mumkin: 

Auditor  amortizatsiya  ajratmalarining  har  oyda  hisoblanayotganligini  ham 

tekshirishi lozim. Chunki amaliyotda nomoddiy aktivlarga har chorakda bir marta 

amortizatsiya  hisoblash  hollari  uchraydi.  Shuningdek,  korxona  zarar  ko’rgan 

davrlarda  ham  amortizatsiya  hisoblanganligini  tekshirish  zarur.  Qoidaga  ko’ra 

korxona faoliyatining hisobot davridagi natijalari qanday bo’lishidan qat’iy nazar 

(foyda  oladimi  yoki  zarar  ko’radimi)  nomoddiy  aktivlarga  amortizatsiya 

hisoblashi shart.  

Nomoddiy  aktivlar  bo’yicha  amortizatsiya  ajratmalari  hisoblashni  tekshirish 

chog’ida: 

*

 

 nomoddiy  aktivlar  ob’ektlarining  o’rtacha  qiymati  va  o’rtacha 



amortizatsiya  normasidan  foydalangan  holda  hisoblash  yo’li  bilan  amortizatsiya 

ajratmalari summalarini prognozlash; 

*

 

 bir  necha  hisobot  davrlaridagi  hisoblangan  amortizatsiya  ajratmalari 



summalarini taqqoslash va aniqlangan farqlarni nomoddiy aktivlar ob’ektlarining 

mavjudligi hamda ular kirimi va chiqimining ta’sirini inobatga olgan holda tahlil 

qilish kabi analitik amallardan ham foydalanish mumkin.  



 

 

254 



 

Amortizatsiya 

ajratmalarini 

batafsil 

tekshirish 

chog’ida 

auditor 

amortizatsiya  ajratmalari  hisoblash  usullaridagi  o’zgarishlarning  korxona  hisob 

siyosatida  aks  ettirilganligini  aniqlashi  lozim.  Chunki  bunday  o’zgarishlar  bir 

qancha  davrlar  oralig’idagi  ma’lumotlarning  taqqoslanuvchanligiga  sezilarli 

darajada  ta’sir  ko’rsatadi.  Bunda  joriy  sharoitga  yangi  baho  berish  kerak. 

Nomoddiy  aktivlarning  foydali  xizmat  muddatlari  o’zgargan  hollarda  o’zgarish 

sabablari o’rganilib, ularning №1 - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» va №7 

- «Nomoddiy aktivlar» nomli BHMS talablariga muvofiqligi o’rganiladi.  

Nomoddiy  aktivlardan  qancha  muddatda  foydalanish  va  ularga  eskirish 

hisoblash zarurati haqidagi masalaga ko’pchilik davlatlarning ancha ehtiyotkorlik 

bilan  yondoshishi  bu  sohadagi  mavjud  xalqaro  standartlarga  muvofiq  keladi. 

Chunki,  hisobning  xalqaro  standartalari  komiteti  yoxud  ishbilarmonlik  aloqalari 

qiymati  kapitallashtirishni,  yoxud  birdaniga  korxonaning  xususiy  kapitali 

hisobiga hisobdan chiqarishga ruxsat beradi.  




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish