B. Mohiyati bo’yicha tekshirish muolajalar.
1.
Inventarizatsiya;
2.
Shartnomalarni ko’rib chiqish (tekshirish);
241
3.
Nomoddiy aktivlarni kirimi va chiqimi hisobini hujjatlashtirilishini to’g’ri
rasmiylashtirilganligini tekshirish;
4.
NMA kiritilish kriteriyasiga mosligini tekshirish;
5.
NMA baholash va kirimini hisobda qayd etilishini qonunchilikka va hisob
siyosatiga mosligini tekshirish;
6.
NMA hisobi va amortizatsiya hisoblashning to’g’riligini va hisob
siyosatiga mosligini tekshirish;
7.
Tekshirilayotgan davr muomilalarining to’g’riligini tekshirish;
8.
Sotib olingan va chiqib ketgan NMA bahosini hisob ma’lumotlari bilan
solishtirib tekshirish;
9.
Hisobotlardagi muhim axborotlarning oshkor qilinishini tekshirish;
10.
Xato va kamchiliklarni taxminiy ro’yxati;
11.
Tizimli (sistemali) kamchiliklar to’g’risida ma’lumot;
12.
Tanlab tekshirish natijalarini tahlili;
13.
Me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ro’yxati;
14.
Nomoddiy aktivlarni auditi bo’yicha xulosa.
Nomoddiy aktivlar auditi jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi:
1. Nomoddiy aktivlar mavjudligi ustidan nazorat o’rnatilishini aniqlash
(mulkiy ob’ektlarni nomoddiy aktivlar qatoriga olib borishning to’g’riligi;
mavjudligini va muomalalarni hujjatlashtirishning to’g’riligini tekshirish;
nomoddiy aktivlarni baholashning to’g’riligini tekshirish; inventarizatsiya qilish;
hisobot ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligini
aniqlash);
2. Sintetik hisobni yuritish, nomoddiy aktivlarning kirimi va chiqimiga doir
muomalalarni soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish (nomoddiy aktivlar
kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirilishi;
nomoddiy aktivlar kirimga olinishi va chiqim qilinishiga doir muomalalarni
soliqqa tortish masalalari);
242
3. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish
(foydali
xizmat
muddatini
belgilashning
asoslanganligi;
amortizatsiya
hisoblashda qo’llanilgan usullarning qonuniyligi va asoslanganligi; amortizatsiya
ajratmalarining hisobda aks ettirilishi).
Yuqorida keltirilgan masalalar bo’yicha etarli ma’lumotlarga ega bo’lish
auditorga nomoddiy aktivlar hisobining holatini mustaqil baholash va
qoidabuzarliklar hamda amaldagi qonunchilik va belgilangan qoidalardan chetga
chiqishlarni aniqlashga imkon beradi.
Auditor nomoddiy aktivlarni tekshirish chog’ida quyidagi ma’lumot
manbalaridan foydalanadi:
*
nomoddiy aktivlarni hisobga olishni va ular bilan bog’liq muomalalarni
soliqqa tortishni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy
hujjatlar;
*
korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’i (farmoyishi) (nomoddiy
aktivlar hisobiga taalluqli qismi);
*
nomoddiy aktivlar sintetik va analitik hisobi bo’yicha korxonada
qo’llaniladigan hisob registrlari;
*
nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga oladigan dastlabki
hujjatlar;
*
buxgalteriya hisobotlari.
Dastavval, auditor korxona hisob siyosatining nomoddiy aktivlarni hisobga
olish uslubiyoti bayon qilingan asosiy qoidalari bilan tanishib chiqadi. Bular
xususan quyidagilardan iborat:
amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari (bir butunligicha yoki nomoddiy
aktivlarning har bir turi bo’yicha);
*
amortizatsiya hisoblanmaydigan nomoddiy aktivlar ro’yxati;
*
nomoddiy aktivlarni hisobga olish uchun qo’llaniladigan namunaviy qabul
qilingan va korxonaning o’zida tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari;
*
nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish muddatlari;
*
nomoddiy aktivlar hisobiga doir hujjatlar aylanishi;
243
*
nomoddiy
aktivlarga
taalluqli
muomalalarni
hisobga
olishda
qo’llaniladigan schyotlar ro’yxati.
Nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni tekshirish uchun sintetik va
analitik hisob registrlari qo’llaniladigan hisob shakllariga bog’liq holda
foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida nomoddiy aktivlarning sintetik
hisobi 13-ASK jurnal-orderda va «nomoddiy aktivlarni hisobga olish
vedomosti»da yuritiladi.
Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida korxonaga mulkiy huquq asosida
tegishli bo’lgan nomoddiy aktivlarning miqdori va harakati to’g’risidagi
ma’lumotlarni umumlashtirish uchun 0400-«Nomoddiy aktivlarni hisobga
oladigan schetlar»(0410-0490) schyotlar mo’ljallangan. Bu schyotlar balansga
nisbatan aktiv bo’lib, ularning debet tomonida mavjud nomoddiy aktivlarning
qoldig’i, kirimi va kreditida xo’jalikdan chiqishi aks ettiriladi.
Mulklar nomoddiy aktivlar qatoriga olib borilganligining to’g’riligini
tekshirish chog’ida huquqlar va shunga o’xshash fuqarolik-huquqiy shartnomalar
tuzilish natijasida sotib olinadi va patent to’g’risida, tovar belgilari, xizmat
ko’rsatish belgilari, mualliflik huquqlari to’g’risidagi qonunlar bilan tartibga
solinadi.
Mavjud nomoddiy aktivlarni quyidagilar asosida sotib olish mumkin:
*
litsenzion shartnoma;
*
«nou-xou»ni qabul qilish-topshirish shartnomasi;
*
ta’sis shartnomasi.
Nomoddiy aktivlarni korxonaning o’zida yaratish quyidagilar doirasida
amalga oshiriladi:
*
asarni yaratish to’g’risidagi shartnoma;
*
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish to’g’risida
shartnoma;
*
ilmiy-texnik mahsulotni yaratish (berish) to’g’risida shartnoma.
244
Ekspertiza o’tkazish chog’ida e’tibor qaratish zarur bo’lgan ayrim
shartnomalarning xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz.
Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish usullari mazkur shartnomaga
muvofiq beriladigan muayyan huquqlar;
foydalanish uchun beriladigan huquq muddati;
mukofatlash ko’lami yoki uni aniqlash tartibi, to’lash tartibi va muddatlari.
Litsenzion shartnoma predmeti bo’lib shunday nomoddiy aktivlar
hisoblanadi-ki, ular tegishli organlarda maxsus ro’yxatdan o’tkaziladi (kashfiyot,
foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisi).
Litsenziyalovchi (barcha zarur hujjatlarni beruvchi tomon) va litsenziat litsenzion
shartnomaning tomonlari bo’lib hisoblanadi. Litsenzion shartnomada ob’ektdan
foydalanish usullari (sanoat mulki ob’ektidan foydalanishga doir muayyan
huquqlar); foydalanish uchun beriladigan huquq muddati; mukofatlash ko’lami
yoki uni aniqlash tartibi, to’lash tartibi va muddatlari. Mukofatlash litsenziatning
foydasidan ajratma ko’rinishida yoki qat’iy summa ko’rinishda, yoki ushbu
usullarni birgalikda qo’shib aniqlanishi mumkin. Shartnomada tomonlarning
majburiyatlari ko’rsatiladi. Litsenzion shartnoma patent idorasida ro’yxatdan
o’tkazilishi lozim.
«Nou-xou»ni bir-birovga o’tkazish shartnomasi bo’yicha «nou-xou»
(axborot)dan foydalanish uchun beriladigan huquq emas, balki uning o’zi
beriladi. Shartnomada «nou-xou»ni berish tartibi to’g’risidagi asosiy shartlar,
shartnomaning amal qilish muddati, bahosi va to’lov tartibi, maxfiylikni saqlash
bo’yicha tomonlarning majburiyatlari ko’rsatiladi. Berilayotgan «nou-xou»ni
bayon qilish shartnomaning muhim shartlaridan hisoblanadi. Shartnoma
ro’yxatdan o’tkazilmaydi.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish shartnomasida
ishlarning nomlari va ularning har bir bosqichi; ishni bajarish uchun asos (dastur,
reja, texnik topshiriqlar va shunga o’xshash); butun ishlarni bajarish muddati va
har bir bosqichni bajarish muddati; ish qiymati va to’lov tartibi; ishni qabul qilish
245
tartibi; ishlar natijalaridan foydalanish shartlari; tomonlarning mas’uliyatlari
ko’rsatiladi.
Nomoddiy aktiv ob’ektini hisobga qabul qilish kuchga kirgan shartnoma
asosida amalga oshiriladi. Shartnomalarni yuridik ekspertizadan o’tkazish uchun
auditorlik firmasining yuristi jalb qilinishi mumkin.
Auditor shartnomalarni tekshirish bilan bir qatorda nomoddiy aktivlarni qabul
qilish-topshirish dalolatnomasi (qabul qilish dalolatnomasi) va nomoddiy
aktivlarni hisobga olish kartochkasi (№1-NMA shakli)ni to’lg’azishni tekshiradi.
(majburiy rekvizitlarni to’lg’azishning to’g’riligi, foydali xizmat muddatining
ko’rsatilish, hisobga qabul qilish sanalari (foydalanishga topshirish, ob’ektni
ro’yxat qilish; dastlabki hujjatlarni hisob registrlarida aks ettirish).
Shartnomalar
va
dastlabki
hujjatlarning
yuridik
rasmiylashtirilishi
tekshirilganidan so’ng auditor nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatini
arifmetik tekshiruvdan o’tkazadi (ularning baholanishini). «Buxgalteriya hisobi
to’g’risidagi qonun»ning 12-moddasi va «Nomoddiy aktivlar» nomli №7
BHMSning 22-23 bandlariga muvofiq nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida
pul ifodasida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarni baholash ularning tegishli shartnoma qiymati va
rejalashtirilgan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish
xarajatlarini qo’shish tartibidan kelib chiqib aniqlanadi.
«Nomoddiy aktivlar» nomli №7 BHMS 11 bandiga muvofiq nomoddiy
aktivlarning boshlang’ich qiymati - bu aktivni sotib olishda haqiqatda to’langan
pul mablag’lari yoki uning ekvivalentlari yoki ishlab chiqarishda qilingan haqiqiy
xarajatlar qiymati.
Haqiqiy xarajatlar tarkibiga jumladan, nomoddiy aktiv ob’ektining o’zini
sotib olish xarajatlari, sotib olishda berilgan tijorat krediti bo’yicha to’lanadigan
foizlar, tashqi iqtisodiy va boshqa tashkilotlarga to’lanadigan komission to’lovlar
(xizmatlar qiymati), nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan boshqa
xarajatlar kiradi.
246
Boshqa mulklar singari nomoddiy aktivlarga taalluqli buxgalterlik
ma’lumotlar haqqoniyligi vaqti-vaqti bilan o’tkazib turiladigan inventarizatsiya
asosida tasdiqlanadi.
Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish quyidagi vazifalarni hal etadi:
ularning haqiqatda mavjudligini aniqlash; haqiqiy qoldiqni buxgalterlik hisob
ma’lumotlariga solishtirish yo’li bilan ularning butligini ta’minlash ustidan
nazorat o’rnatish.
Nomoddiy aktivlarning korxonada haqiqatan mavjudligi va ular ustidan ichki
nazoratni amalga oshirish uchun nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish
lozim. Bunda auditor №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli
BHMS (O’zR. Adliya Vazirligida 2 noyabr 1999 y ro’yxatga olingan №833) va
«Inventarizatsiya natijasida aniqlangan mulklar kamomadi va oshiqcha chiqishini
buxgalterlik hisobida aks ettirish va soliqqa tortish to’g’risidagi NIZOM» O’zR
Adliya Vazirligida – 2001 yil ro’yxatga olingan №1054) talablariga rioya
qilinganligini sinchiklab tekshirishi zarur.
Agar baholash natijasida ob’ektning bozor bahosi (undiriladigan summa) kam
chiqqan ob’ektning qoldiq qiymatidan past bo’lsa, ko’rilgan zarar summasi
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari»
scheti aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan bozor
qiymatiga.
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» scheti aybdor yoki moddiy
javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan bozor qiymati va qoldiq qiymati
o’rtasidagi farq summaga (ko’rilgan zarar summasiga)
Kredit 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar» scheti–kam chiqqan nomoddiy
aktivlar ob’ektining qoldiq qiymatiga.
Ko’rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig’ini hisoblashda umumiy
belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi.
247
Hisobga olinmay qolgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ular
nomoddiy aktivlar tarkibiga qo’shilgan paytdan boshlab umumiy belgilangan
tartibda hisoblanadi.
Nomoddiy
aktivlarni
inventarizatsiya
qilish
korxona
rahbarining
inventarizatsiya o’tkazish to’g’risidagi buyrug’i, «Nomoddiy aktivlarning
inventar ro’yxati nomli inventar ro’yxat (№ INV-1 shakli), 0410-0490
schyotlarning sintetik hisob registrlari va Bosh daftarga asosan amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya vedomostining ma’lumotlariga asosan inventarizatsiya
ro’yxatlarini rasmiylashtirishning to’g’riligi, korxonaning ko’rsatilgan nomoddiy
aktivlardan foydalanish uchun huquqini tasdiqlaydigan dastlabki hujjatlar
mavjudligi, sintetik va analitik hisob registrlarida hamda Bosh daftarda nomoddiy
aktivlarni aks ettirishning to’g’riligi va o’zaro mosligi tekshiriladi. Ko’rib chiqish
usulini qo’llash yo’li bilan auditor quyidagilar tengligini tekshiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |