Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

 

 

4. Ichki nazorat tizimini o’rganish.  

Auditor ichki nazorat tizimining ishonchliligini va tekshirish o’tkazishda unga 

tayanish  mumkinligi  haqida  asosli  qaror  qabul  qila  olishi  uchun  bu  tizimni 

o’rganadi.  Nazorat  tizimining  ishonchliligi,  uning  hisob  yuritishda  muayyan 

shaxslar qasddan qilishi mumkin bo’lgan, shuningdek tasodifiy yo’l qo’yiladigan 

xatolarning oldini olish va aniqlash layoqatidan iborat. Agar auditorning fikricha, 

ichki  nazorat  tizimi  ishonchli  bo’lsa,  bunda  u  tekshiruv  ob’ektlaridan  birortasi 

bo’yicha  schyotlar  yoki  muomalalarni  tekshirishni  to’liq  yoki  qisman  ichki 

nazorat tizimining ishlashini tekshirish natijasi bilan almashtirishi mumkin. Agar, 

ichki  nazorat  tizimi  ishonchli  va  sezilarli  darajada  izdan  chiqmasdan 

ishlayotganligini aniqlansa, u bunday tizimdagi buxgalterlik ma’lumotlarida ham 

katta  xatolar  yo’q  deb  taxmin  qilishga  haqlidir.  Agar,  ichki  nazorat  tizimi 




 

 

106 



samarasiz  bo’lsa,  auditor  uning  kamchiliklaridan  kelib  chiqadigan  xatarli 

vaziyatlarni bartaraf qilish uchun testlar soni va uni tanlash hajmini ko’paytirishi 

lozim.  Ichki  nazorat  tizimini  ko’rib  chiqishda,  auditor  avvalo,  korxona 

ma’muriyatining  ichki  nazoratga  munosabatini,  ya’ni  korxona  rahbarining 

fikrlash  xususiyatlarini,  ularning  rahbarlik  qilish  uslubini,  aniq  moliyaviy 

hisobotga munosabatini o’rganadi. Auditor korxona atrofidagi ishchanlik muhitini 

ham inkor qilmasligi lozim. O’rganishning ushbu bosqichida auditor mijoz bilan 

tuzilgan  shartnomadan  kelib  chiqadigan  tahlikali  vaziyatlarni  baholashda 

to’plagan ma’lumotlaridan foydalanadi. Rejalashtirish paytida ichki nazorat tizimi 

faoliyatining  barcha  tomonlarini  batafsil  tahlil  qilib  chiqish  lozim.  Auditor 

olingan ma’lumotlarni yagona tizimga keltirish uchun qisqacha hisobot tayyorlab, 

unda  quyidagilarni  bayon  qiladi:  korxonaning  faoliyat  qilish  sohasi  va 

printsiplari;  rahbariyatning  ishonchli  hisob  va  nazorat  tizimini  yaratishga  oid 

majburiyatlari; rahbariyatning korxona faoliyatini nazorat qila olish layoqati.  

Faoliyat  sohasini  bayon  qilishda  auditor  asosiy  diqqat-e’tiborini  ichki 

nazoratning  alohida  uchastkalariga  qaratadi.  To’g’ri  yo’lga  qo’yilgan  ichki 

nazorat tizimi xatolar vujudga kelishini bartaraf etib, natijada, noto’g’ri, befoyda 

qarorlar  qabul qilish  hamda  zararlar  vujudga  kelishini  imkon  qadar kamaytiradi. 

Buning  ustiga  ichki  nazorat  yaxshi  yo’lga  qo’yilganda  tasodifiy  xatolar  oson 

aniqlanadi,  ataylab  qasddan  qilingan  xatolar  esa  faqat  puxta  o’ylangan  doimiy 

tekshiruv  va  mas’uliyatlarni  taqsimlash  tizimi  yordamida  bartaraf  qilinishi 

mumkin.  

Ko’plab  mutaxassislar  ta’kidlashicha,  ichki  nazorat  tizimi  faqat  korxonada 

ichki  nazorat  ichki  audit  xizmati  tomonidan  amalga  oshirilgandagina  yaxshi 

samara  beradi,  jamoatchilik  taftish  komissiyasiga  yuklanganida  esa  yomon 

ishlaydi,  boshqalar  esa  ichki  audit  ichki  nazorat  tizimi  elementlaridan  birigina 

xolos deb tasdiqlaydilar.  


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish